3 topshiriq kompyuter arxitekturasi mavzu: cuda texnologiyasi va uning imkoniyatlari
Download 36.44 Kb.
|
3-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: Javliyev Shahzod
- 2 . Amaliy qism: Xulosa
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 3 - TOPSHIRIQ KOMPYUTER ARXITEKTURASI Mavzu: CUDA TEXNOLOGIYASI VA UNING IMKONIYATLARI Talaba: Xabibov Qudrat Tekshirdi: Javliyev Shahzod TATU - 2022 CUDA TEXNOLOGIYASI VA UNING IMKONIYATLARI Ishdan maqsad: CUDA texnologiyasini va uning samarali natijalarini o’rganish. I. Nazariy qism Hozirda har qanday sohani axborot tеxnologiyalarsiz tassavvur qilish qiyin. Ayniqsa hozirda jadal rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt tushunchasi ham o‘z o‘rnida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Sun’iy intellektning o‘sishi bizning kelajagimizni boshqa barcha texnologiyalarga qaraganda ko‘proq o‘zgartirishi mumkin. Sun’iy intellekt kompyuterlarga o‘zlarining tajribalarini o‘rganish, berilgan parametrlarga moslashish va faqat odamlar uchun mumkin bo‘lgan vazifalarni bajarish imkonini beradi. Shuningdek mashinali o‘qitish ham sun’iy intellektning asosiy va muhim yunalishlaridan biri hisoblanadi. Geterogen tizimlar deganda bir nechta turli protsessor yoki yadrolardan foydalaniladigan tizimlar tushuniladi. Ushbu tizimlar ishlashni yoki energiya samaradorligini nafaqat bir xil turdagi protsessorlarni qo‘shish orqali, balki bir-biriga o‘xshamaydigan koprotsessorlarni qo‘shish orqali amalga oshiradi, odatda ma’lum vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan ishlov berish imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. OpenCL, OpenMP, CUDA kabi texnologiyalari geterogen tizimlarining eng sara instrumental vositalari hisoblanadi. CUDA (Compute Unified Device Architecture) grafik protsessorlarga ma’lumotlarni parallel ravishda qayta ishlash imkonini beradi. Shuningdek CUDA dan foydalanib, Nvidia GPU quvvatidan shunchaki grafik hisob-kitoblar o‘rniga matritsalarni ko‘paytirish va boshqa chiziqli algebra operatsiyalarini bajarish kabi umumiy hisoblash vazifalarini bajarish uchun foydalanish mumkin. Ya’ni CUDA kompyuterning grafik protsessori GPUni qo‘llab-quvatlaydi. GPU CPU protsessoriga qaraganda yuzlab yadrolarga ega (1-rasm) CUDA dasturida GPU va CPU uchun mo‘ljallangan dasturlash tillari: C/C++ va Python dasturlash tillarida amalga oshirishimiz mumkin. Python mashinali o‘qitish vazifalari uchun juda yaxshi dasturlash tili hisoblanadi. Hisoblash mashinalari ko‘pgina vazifalarni bajarishda natijalarga tezkorlik bilan erishish uchun asosiy apparat ta’minotidan imkon qadar to‘liqroq foydalanishi kerak. Bu esa o‘z navbatida Python dasturlash tilida tegishli kodlarni kiritish orqali parallellashtirishni keltirib chiqaradi.
2. Amaliy qism: Xulosa: CPU va CUDA da soddagina misolni hisoblash umumdorligini yaxshi buladi. CPU da ishlash tezligi CUDA ga nisbatan tez emas. CUDA ishlash tizmi yuqori Download 36.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling