3 Xorazmshohlar Anushteginlar davlatida saroy boshqaruv tizimi, unvonlar va mansablar. Manbalarda Xorazmshohlar saroy boshqaruvi,turli mansablar haqida qiziqarli ma’lumotlar saqlanib qolgan


Download 18.35 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi18.35 Kb.

3.2. Xorazmshohlar - Anushteginlar davlatida saroy boshqaruv tizimi, unvonlar va mansablar. Manbalarda Xorazmshohlar saroy boshqaruvi,turli mansablar haqida qiziqarli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Hukmdorlarning a’yonlari va mulozimlari saroyda yashab turgan sulola a’zolari hamda saroy hayotiga oid tashriflarni tashkil etishga safarbar qilingan xizmatchilardan tashkil topgan.

Anushteginiylar davrida davlat mansablari ma’muriy, diniy va harbiy lavozimlarga bo’linar edi. Bu vazifalarni bajaruvchilarga davlat tomonidan tegishli maosh va mukofotlar berilgan. Xorazmshohlar davlatida Buyuk Devon hukumat idorasining eng oliy organi bo’lgan. Davlatda moliya - soliq, harbiy va boshqa mahkamalar juda muntazam amal qilardilar. Vazir, sohibi devon (vazirdan keyingi oliy mansab) mansablari bo’lgan. 191 Нон-туз хакки. Урта Осиёда мавжуд булган одатдир. Тантилик ва яхшилик рамзидир. Юкорида курганимиздек, Жалолиддин Хоразмшох гуржилар кушини таркибида булган кипчокларга нон-туз юборган ва улар жанг майдонини тарк этганлар. 107 Lavozimning ahamiyati, mavqeiga ko’ra quyidagi devonlar mavjud bo’lgan: Devoni insho, devoni istifo, devoni ishraf, devoni arz va devoni nazar. Shuningdek, Xorazmshohlar davlatida viloyat tashkiloti ham bo’lib, viloyatlarga noib va vazirlar hokim etib tayinlangan. Vazir viloyatning eng vakolatli boshlig’i bo’lgan. Xorazmshohlarning harbiy tashkiloti ham saroy va hukumat tashkiloti singari saljuqiylarnikiga o’xshash bo’lgan. Armiya qo’mondonlarining rutbalarida Alouddin Muhammad davridan boshlab bir qancha o’zgarishlar qilingan. Jaloliddin Xorazmshoh davrida ham sulton Alouddin Muhammad davriga nisbatan armiyaga bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Xorazmshohlar davrida qo’shinga oid boshqaruv ishlari bilan Buyuk devonning bo’limi - devoni arz shug’ullangan. Ba’zi katta viloyatlarda mahalliy harbiy boshqarmalar ham bor edi. Qo’shinda xizmat qilgan harbiylarning hammasi ma’lum qiymatdagi iqto’larga ega bo’lishgan. Iqto egalaridan tashkil topgan suvoriylar Xorazmshohlar davlatining turli tomonlariga yerlashgandi. Ular viloyat askarlarini tashkil etgan. Bundan tashqari hukmdorning gvardiyasi ham mavjud edi. Jaloliddin davrida viloyat armiyasini tashkil etgan unsurlarda ba’zi o’zgarishlar qilindi. Uning davrida viloyat qo’shinlarining ayrim qismlari turkmanlardan tashkil topdi. 192 Qazovat, qozilik mahkamasi . Xorazmshohlar davlatining adliya tashkiloti ilk davrlaridan boshlaboq mukammal va muntazam bir mexanizmga ega bo’lgan. Adolat tashkiloti butun o’rta asr turkiy - islom davlatlarida bo’lgani singari, shariat sudi va urf-odatga ko’ra hukm chiqarishga asoslangan edi. Xalq orasidagi doimiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar va da’volar shariat sudlarida ko’rilgan. Uylanish va taloq bilan bog’liq masalalar, nafaqa hamda meros 192 Низом ул-мулк. Сиёсатнома. - Б. 62-65. 108 da’volari, turli-tuman mulkiy ixtiloflar, foyda-ziyon da’volari ham shu mahkamada ko’rib chiqilgan. Qozilar sulton tomonidan ishga tayinlangan. 193 Qozi - hokim degan ma’noni anglatadi . Qadimiy turkiy qonunlardan “Majallai ahkami adliya”da “Hokim sodir bo’lgan da’vo va dushmanlik ahkomi mashruasiga ko’ra ularni hal etish uchun sulton tomonidan tayin etilgan zotdir” deb ta’rif etilgan. Qozi o’zi hukmdor bo’lgan viloyatga fiqxda “viloyati qozon” deyilgan. Bu ma’noda qozi umumiy siyosatdan tashqarida turgan. Xususan, ijro salohiyati bo’lmagan, so’zini ijro quvvati bilan bajo keltira olmaydigan qozilarning omma bilan aloqador masalalar to’g’risida hukm chiqarishi to’g’ri bo’lmas edi. Qozining kuchi uning hukm chiqarish qudratidir. Ijro qudrati bu doiraga kirmaydi. Adliya tashkilotining boshida “aqza’ al-quzot” turgan. U poytaxtning eng katta qozisi bo’lishi bilan bir qatorda davlatning butun sud ishlarini ham boshqargan. Bu maqomning egasi mamlakatdagi barcha qozilarni ishga tayinlagan yoki bo’shatgan, ular tomonidan chiqarilgan va e’tirozga uchragan hukmlarni qayta ko’rgan. U hatto o’zi chiqargan bir hukmning xato ekanligini bilib qolgan taqdirda, uni tuzatish vakolatiga ega bo’lgan. Qozilarning huzurida noib, kotib va vakil unvoniga ega bo’lgan xodimlar ishlagan. Ular qaror va hukmlarni yozar, muhofaza qilar edilar. Davlat tomonidan chiqarilgan ma’lum bir ta’rifga asosan, ko’rilgan har bir ish uchun xarj olingan. Sudlar chiqargan hukm va ajrimlar yozib boriladigan muntazam ro’yxat daftari bo’lgan. Akza’ al-quzotning sud devonida vaqf egalarining ishlarini ko’radigan mufattish va muhosib singari xodimlar ham ishlagan. Binobarin, bu devon keng miqyosdagi bir tashkilot edi. Shariat sudlaridan tashqari, urf va qonunga asoslangan ayrim sud masalalari ham mavjud bo’lgan. Ular osoyishtalikni buzgan, qonunlarga rioya etmaganlarni jazolar edilar. Armiyada esa qo’shin qozilari ish ko’rgan. Faqat ayb ish qilib qo’ygan askarlarni ularning o’z amiri jazolagan. Xuddi shuningdek, saroyda ham aybdor xizmatchini uning amiri jazolagan. Xoh fuqaro, xoh harbiy bo’lsin, yuqori 193 Низом ул-мулк. Сиёсатнома. - Б. 45-62. 109 martabali kishilarga nisbatan qilingan shikoyat da’volari hukmdor tomonidan boshqarilgan mazolim devonida ko’rilgan. Bu davrda “yulak” deb nomlangan bir mazolim devoni mavjud bo’lgan. Bu mahkamani harbiy tashkilot mansabdorlaridan xon boshqargan. Mazkur devon asli turkiy bo’lgan qo’mondonlarning aybi to’g’risida urug’ urf-odatlariga muvofiq hukm chiqargan. Bu o’sha zamonda shariat huquqidan tashqari, urf-odat huquqi ham mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Viloyat markazlari hamda viloyatga bog’liq shaharlarda ham qozilar va sud tashkiloti mavjud bo’lgan. Qozilik o’sha vaqtda muhim va hurmatga loyiq bir idora bo’lgan. Idoraviy da’volar, jumladan davlat arkonining da’volari vazir rahbarlik qiladigan devonda ko’rilgan. Jinoyat ishlari esa qozi boshchiligidagi sudda ko’rilgan. Qozi qotillikda ayblangan xonadon a’zosini, davlatga qarshi bosh ko’targanlarni, harbiy asirlarni sud qilar va ular ustidan hukm chiqarardi. Ayni zamonda eng oliy hukmdor sifatida sulton o’z xonadoni a’zosidan tortib, oddiy bir asirgacha istalgan bir shaxs ustidan bevosita hukm chiqara olar, lozim topganida esa ularning ishini qoziga oshirardi. Yuqorida aytilganidek, ustidan ish qo’zg’atilgan davlat arkonining ishi sultonning amri bilan va faqat u lozim topgandagina Buyuk devonga oshirilar, o’sha yerda ko’rilardi. Ajam noibi Sharafutdin Alining ishi Buyuk devonda ko’rilgani buning yorqin dalilidir. Isfahon shahrining nufuzli kishilari noibning idora usulidan vazir Sharafulmulkka shikoyat qildilar. Vazir bu masaladan sultonni ogoh etdi. Sulton esa masalani Buyuk devonga havola qildi. Faqat Buyuk devon sultonning ta’siri ostida noibni oqladi. Jaloliddin o’zi yaxshi ko’rgan Isfahon shihnasi Ibn Harmilni o’ldirgan ukasi G’iyosiddin Pirshohning ishini qoziga oshirdi va “Istasang qonga qon asosida hukm qil, istasang afv et” dedi194. Biroq G’iyosiddin qochib ketgani uchun uning ishi ko’rilmay qolgan. 194 Ойдин Тонарий. Курсатилган асар. - Б. 97. Яна каранг: ан-Насавий. Курсатилган асар. - Б 172­ 173. 110 Goho vazir ham isyonchilarga qanday jazo berish kerakligi to’g’risida qoziga murojaat qilib turgan. Ozarbayjonning sobiq otabegiga O’zbekning tarafdorlari isyon ko’taradi. Isyon bostirilib, qo’lga tushgan isyonchilar Tabrizga keltiriladi. Shunda Sharafulmulk qozidan: “Musulmonlar mo’g’ullarga qarshi jon olib - jon berib turgan bir paytda sultonimizdek bir insonga qarshi isyon ko’targanlarning jazosi nima?”,- deb so’raydi. Qozi unga javoban Qur’onning o’ttiz yettinchi surasini o’qiydi. SHundan keyin isyonchilarning ikkitasi chormixga yo’li bilan qatl qilindi. Boshqalari ham turli jazolarga mahkum etildi. Jaloliddin Ozarbayjonning sobiq otabegi O’zbekning xotiniga ham qozining qaroriga muvofiq uylangan. Tabriz qozisi Iziddin Qazviniy ayoldan O’zbekning ajrashlariga oid qaror chiqarganidan keyingina nikoh o’qitilgan195. Xorazmshohlar davlatida davlat tashkiloti, davlatchiligi negizini Saroy, Hukumat, O’rdu (Qo’shin) va Dor ul-qazo (sud mahkamasi) tashkil etgan. Xorazmshohlar davlatida davlat mansablari ma’muriy, diniy va harbiy lavozimlarga bo’lingan. Bu vazifalarni bajaruvchilarga davlat tomonidan tegishli maosh va mukofotlar berilgan. Markaziy moliya soliq mahkamasining tuzilishi juda muntazam bo’lib, unga vazir, sohibi devon, munshiy, sohibi devoni istifo yoki mustavfiy (ya’ni daftardor), sohibi devoni ishraf yoki mushrif, hojibi xos, sohibi devoni arz yoki ariz va nozirlar, boshliq bo’lishgan. Bu mahkama turli-tuman soliq to’lovchi tabaqalarning hisobini olishda, davlatning tashqi va ichki ishlari yuzasidan vasiqalar hozirlash, davlatning moliyaviy ishlarini yuritish, boshqarib turish, davlat darajalari, idoralarini taftish qilib turish, qo’shin boshqaruvi, harbiy qo’shinni to’plash, harbiy boshliqlarni tayinlash, xorijiy elchilarni qabul qilish kabi masalalar bilan shug’ullangan. Davlatda ta’sis etilgan vazir, sohibi devon, hojib yoki ulug’ hojib, mastavfiy, nozir va ariz lavozimlari saroydagi eng yuqori lavozimlardan hisoblanib, bosh vazirlik vazifasiga to’g’ri kelardi. Mamlakatning butun hududi ma’muriy jihatdan viloyat tashkiloti, ya’ni viloyat va viloyat vazirliklariga bo’lingan. Vazir viloyatning eng vakolatli boshlig’i bo’lib, poytaxtdagi singari, viloyatlarda ham vazirga qarashli bir oz 195 Ан-Насавий. Курсатилган асар. - Б.145-146. 111 kichikroq devonlar bo’lgan. Devoni istifo, devoni ishraf, devoni nazar va devoni arz kabi idoralar mavjud edi. Viloyatda vazirdan keyin eng nufuzli mansab egasi omil bo’lib, omil “voliy” ma’nosida ishlatilgan. Omil boshqaruvchi yoki noib kabi vakolatga ega bo’lgan va ason soliq to’plash bilan shug’ullangan. Uning bundan tashqari, ba’zi boshqaruv vakolatlari ham bo’lganligi ma’lum. SHuningdek, shixna, rais, muhtasiblar ham viloyatning jamoat tartibi, soliq yig’ish masalalari, shaharni boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajarganlar. Xorazmshohlar davlatining harbiy tashkiloti saroy va hukumat tashkiloti singari bo’lgan. Qo’shinga oid boshqaruv ishlarini Buyuk devonning bo’limi - devoni arz shug’ullangan. Hukmdorning gvardiyasi ham mavjud bo’lgan. U armiyaning bosh qo’mondoni edi. Xorazmshohlar davlatida viloyat markazlarida yetarli miqdorda harbiy qismlar turgan. Shuningdek, mamlakatning chegara qismlari, yo’llar va mudofaa ahamiyatiga molik qal’alarda mudofaa qismlari bo’lgan. Voliylar va qal’a qo’mondonlari keyingi davrlarda yirik urug’ beklari orasidan tayinlangan. Ularning qo’l ostida ba’zan (aksariyat hollarda) qullardan tarkib topgan xususiy harbiy qismlar ham bo’lgan. Urug’ beklari xizmatga o’z urug’i qismini olib kelgan. Iqto egalaridan (sohiblaridan) tashkil topgan mahalliy qismlar ham ularning qo’l ostida bo’lgan. Jaloliddin davrida viloyat armiyasida o’zgarishlar qilindi. Sulton Alouddin davrida armiya qipchoqlar, so’ng qalach, qarluq, uran, ug’raq kabi urug’lardan tashkil topgandi. Alouddin davrida urug’ beklari qo’l ostida bo’lgan qipchoqqanglilar gvardiyaning asosini tashkil etgan. Jaloliddin davrida ular armiyaga olinmagan. Chunki Jaloliddin valiahdlikka tayinlangandan so’ng unga qarshi bosh ko’tarishgan. Jaloliddin davrida viloyat qo’shinlarining ayrim qismlari turkmanlardan tashkil topgan. Xorazmshohlar davlatida markazlashgan adliya tashkiloti mavjud topgan bo’lib, bu tashkilot shariat sudi va urf-odatga ko’ra hukm chiqarishga asoslangan. Qozilar sulton tomonidan tayinlangan. Quyi sudlar yuqori sudlarga tobe edi. 112 Shariat sudlaridan tashqari, urf va qonunga asoslangan ayrim sud muassasalari mavjud bo’lgan. Xoh fuqaro, xoh harbiy bo’lsin, yuqori martabali kishilarga nisbatan qilingan shikoyat da’volari hukmdor tomonidan boshqarilgan mazolim devonida ko’rilgan. XIII asrning boshlariga kelib, Xorazm davlati tarixida muhim o’zgarishlar bo’ldi. Sulton Alouddin Muhammad va Jaloliddin davrlarida davlat hokimiyati ma’muriy boshqaruvning ancha takomillashgan tizimi qaror topdi. Davlatning iqtisodiy va harbiy qudrati mustahkamlandi. Lekin bu jarayon uzoqqa bormadi. 1220 yilning kuzida Chingizxon boshliq mo’g’ul qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Xorazmning gullab-yashnashi yuqori bosqichga chiqqanda qudratli Xorazmshohlar davlati atrofida eng kuchli turk qabilalari - qang’li, qipchoq, turkman va qoraqalpoq aholisi birlashib, jipslashayotgan bir paytda Chingizxon qo’shinlari vaxshiylarcha bostirib kirdi. Oqibatda buyuk Xorazm imperiyasi mo’g’ul istilosi tufayli yemiriladi, shahar va qishloqlarning deyarli hammasi talontaroj qilinib, aholisi qiriladi, qisman haydab olib ketiladi, minglab gektar unumdor yerlar esa xarobaga aylanadi, doimiy ravishda tozalab va qarab turishni talab qiladigan sug’orish tarmoqlari inqirozga uchradi.
Download 18.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling