30. Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlash


Download 18.55 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi18.55 Kb.
#1744585
Bog'liq
oraliq


30. Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi. Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305×244 mm o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX (229×191 mm). Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari, uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari, kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari, chipset mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish bilan apparat pog‘onasidagi asosiy elektron tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi. Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi interfeys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.
31.Ona plataga yangi haritani o’rnatish deganda biz unga boshqa qo’shimca qurilmalarni o’rnatish tushiniladi. Ona plataga yangi qurimalarni o’rnatganimizdan so’ng albatta bu qurilmani drayvarini o’rnatishimiz kerak bo’ladi.Ba’za hollarda qurilmalarni drayverini o’rnatmasak qurilmamiz ishlamasligi ham mumkin.Biz Ona plataga yangi haritani o’rnatishimizdan maqsad kompyuterimizni ishlashini tezlashtirish uchun o’rnatiladi.Bu qurilkmalarga operativ hotira (https://fayllar.org/muxammad-al-xorazimiy-nomidagi-toshkent-axborot-texnologiyalar-v20.html),video karta kiradi.Operativ va video kartani iloji boricha hotirasi kattaroq bo’lgan turini olganimiz maqsadga muofiq bo’ladi.Operativ va video kartalar asosan 250 Mbaytdan boshlanadi va bu hotira hozirgi kunda Terra baytgacha ishlab chiqarilmoqda.Qo’shimcha qurilmalar ona plataning orqa PCI portlariga ulanadi.qo’shimcha qurilmalar asosan USB portlariga ulanadi.
32. kompyuterni testlash
Testli dasturlar kompyuter konfiguraciyasini, uning tizimli resurslarini identifikaciyalash hamda nisbiy unumdorlikni diagnostikalash va baholash uchun ishlatiladi.
DOS dasturlari asosiy paketiga Microsoft Diagnostics (MSD.EXE) utilitasi kiradi. Uning yordamida bir qator murakkab bo’lmagan apparatura nosozliklarini va/yoki tizim fayllarining noto’g’ri konfiguraciyasini aniqlash mumkin. Bu dasturni tizimli disketada saqlash foydalidir.
Bu maqsadlar uchun ko’pincha Symantec firmasining Norton Diagnostic (Norton Utilites paketidan), Touchstone firmasining Checkit paketining turli versiyalari kabi dastur mahsulotlari ham ishlatiladi.
Checkit, odatda, SHK tizimli konfiguraciyasini aniqlash, uning asosiy komponentalarini testlash va alohida qims tizimlarning unumdorligini baholash imkonini beradi.
Checkit dasturining imkoniyatlari orasida quyidagi ko’rib chiqishlarni ta’kidlash mumkin:
� adreslanadigan xotira birinchi megabaytining ichidagi bor narsasini;
� uzulish liniyalarini va xotiraga bevosita murojaat qilish kanallarini;
� CMOS xotirasining ichidagi bor narsasini;
� tizimga O’rnatilgan DOS drayverlarining to’liq ro’yxatini.
� tizimga O’rnatilgan DOS drayverlarining to’liq ruyxatini.
Dasturda xotiraning barcha tiplari (standart, kengaytirilgan va qo’shimcha), tizimli plataning komponentalari (processor, soprocessor, nazoratchilar), haqiqiy vaqt soatlari, SHK ga ulangan printerning ketma-ket va parallel portlarining testlari mavjud. Qattiq disk uchun nazoratchi testidan tashqari, har bir fizik yo’lakchani tekshiruvchi, nazoratni bo’zmaydigan amallar qo’llaniladi. Videoqism tizimni nazorat qilishli matnli va grafikli rejimlar hamda videoxotira alohida tekshiril adi.
Dastur kiritish qurilmalarini: klaviatura, sichqonchani interaktiv-nazorat qilishni ko’zda tutadi. Bajarilishi mumkin: modemlarni, tarmoqli platalarni, CD-ROM yuritmalarini identifikaciyalash,еgiluvchan disklar yuritmalarini testlash, CMOS RAM ni taxrirlash. Va nihoyat, tizimli plata, qattiq disk (murojaat qilish vaqti va uzatish tezligi), videoqism tizim (alma
shish tezligi) uchun unumdorlikni baholashni bajarish mumkin.
Norton utilitalari (xususan 7.0 versiyasi) paketidan juda ommaviy SYSINFO.EXE (System Information) utilitasi taqdim еtadigan testlash imkoniyatlarini va kompyuterning asosiy reytingli parametrlarini ko’rib chiqaniz, bu utilitani qattiq; diskdagi, agar u erda bo’lmasa, disketadagi NU (Norton Utilites) katalogidan ishga tushirish mumkin.
SYSINFO utilitasi kompyuterning tizimli konfiguraciyasi, uning asosiy komponentalari va ularning tavsiflari tugrisidagi ma’lumotlarni taqdim еtadi, hamda butun kompyuterning va uning alohida qims tizimlarining kiyosiy unumdorligini (SHK ning tanlangan tipik modellariga nisbatan) baholash imkonini beradi.
Utilita ishlaganda videomonitor еkranida foydalanuvchi bilan muloqat qilish rejimida foydalanuvchiga qiziqarli bo’lgan malumotlarni o’z ichiga olgan ma’lumot kadrlari aks еttiriladi.
Har bir еkran quyidagilarga еga bo’ladi:
� umumiy sarlavxa � System Information
33 . kompyuterga ulangan texnik qurilmalarning ishlash xolatini tekshirish
.Diagnostik dasturlar, kompyuterni tekshirishga moljallangan. Uning yordamida, vaqtida bartaraf etilmagan muammolarni yechish mumkin
Lekin bu panatseya emas. diagnostik utilitni ishga tushirish uchun kompyuter disketadan yoki qattiq diskdan yuklanish lozim. Agarda, yoqib/o‘chirish tugmachani bosgandan so‘ng jimjidlik bo‘lsa siz (самостоятельно), shu kitob yordamida, nima bo‘lganini aniqlashingiz kerak.
Ba’zi bir diagnostik dasturlar DOS yoki Windows ish nusxasi mavjudligiga bog‘liq, boshqa dasturlar esa DOSdagi chegarali funksional analogi bilan birga etkizib beriladi yoki o‘rnatish jarayonida yuklanish disketani yaratadi.
Yana bitta manfiy tarafi shundaki, eng yetakshi (самой совершенной) diagnostik dasturga, diagnostik natijalarni interpretatsiya qiloladigan superkompyuter kerak. Bu superkompyuter- sizning miyangiz..
Diagnostik dasturlar qanchalik yaxshi bo‘lmasin, ulardan hech biri kompyuterning har bir komponentini sinalolmaydi. Antivirus dasturlarning faoliyat maydoniga tusholmaydigan muammolar quyida keltirilgan.
34. Markaziy protsessorning tuzulishi bilan tanishish
Mikroprotsessor, boshqacha nomi - markaziy protsessor.
Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) - kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bo‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi.
Aksariyat hollarda MzP o‘z ichiga:
arifmetik-mantiqiy qurilmani;
ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini;
registrlarni;
komandalar hisoblagichini;
kesh - kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 Kbayt ga qadar) saqlash qurilmasini;
nuqtasi o‘zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini mujassam etadi.
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi.
35. Markaziy protsessorni olib turini aniqlash.
Mikroprotsessor qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi
sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi vositasida mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv signallarini shakllantiradi. Mikroprotsessorlar yoki markaziy protsessorlar shaxsiy kompyuterlarning “miyasini” tashkil qiladi. Mikroprotsessorning quyidagi turlari mavjud: 8088/8086 protsessorlari, 80386 protsessorlari, 80486 protsessorlari, Pentium protsessorlari, Pentium MMX protsessori, Pentium Pro protsessori, Pentium II protsessolari, Pentium III protsessolari, AMD K-6 protsessori,Intel CoreI1,2,3,4,5,6,7,8,9,NVIDIA,Elburs,Philips.Harbir mikroprotsessorning ustiga firma nomi va turi yoziladi. Mikroprotsessorlar ham avlodlarga bo’linadi.Bular:1-avlod mikroprotsessorlari DDR1 plataga ishlab chiqarilgan,2-avlod mikroprotsessorlari DD2 plataga ishlab chiqarilgan,3-avlod mikroprotsessorlari DD3 plataga ishlab chiqarilgan.Hozirgi kunda 4-avlod mikroprotsessorlari ishlab chiqarilmoqda.
36. Arifmetik mantiqiy qurilma vazifasini tashkil etuvchilar bilan tanishish
Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga oid arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma sanaladi.
Funksional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan.
Summator - kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi bo‘lib, mashinaning ikkilangan so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega.
Uzunligi turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1) ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid razryadlik darajasiga ega. Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga yetgach - natija joylashadi;
Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib, operatsiya yakuniga yetgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi. 1- registr axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi mumkin.
Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallarga aylantiradi.
MQ arifmetik (+, - , *, :) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng qayd etilgan vergulli ikkilik axborotga, ya’ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan bajaradi.
O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli
sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus tuzilgan dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi.
37 . Ommabop mikroprotsessorlar bilan tanishish.
1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar muhandisi tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib, soniyada bor-yo‘g‘i 60 000 ta hisoblash operatsiyalarini bajargan xolos.
Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab mahsulot bo‘lib, o‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda. Intel firmasining asosiy yutuqlaridan biri Pentium rusumli protsessor yaratilishi bo‘ldi. Bu ish 1989 yil iyun oyida boshlandi. Pentium ni ishlab chiqish va sinab ko‘rish ishlarida shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqadigan va dasturiy ta’minot tuzadigan asosiy mutaxassislar faol ishtirok etishdi. Bu esa, o‘z navbatida, loyihaning umumiy muvaffaqiyatiga sezilarli omil bo‘ldi.
1991 yil intihosida protsessor maketi tayyor bo‘lib, unda muhandislar dasturiy ta’minotni ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldilar. Loyiha ishlari asosan 1992 yilning fevral oyida nihoyasiga yetkazilib, protsessorlarning tajriba uchun yaratilgan partiyasi keng qamrovli sinovdan o‘tkazila boshlandi. Pentium sanoatini o‘zlashtirish yuzasidan qaror 1992 yilning aprel oyida qabul qilinib, 1993 yil 22 mart kuni Pentium protsessorining keng qamrovli taqdimoti o‘tkazildi.
38. Tezkor xotira. Xotira turlari bilan tanishish
Xotira-ma’lumot va dasturlarni saqlash uchun xizmat qiladi va quyidagilarga bo’linadi:
1.Operativ xotira 2. Kesh xotira 3. BIOS xotira 4.CMOS(yarim doimiy xotira) 5. Video xotira
Tezkor hotira boshqaruv hotirasiningsignallariorqali ishlaydi va ular orasidagi ba’zi signallarning uzilishini tinimsiz ushlab turadi. Bu signallar hotira modulidagi buyruqlarni bajarishga ulgurishi va keyingilariga tayorgarlik ko’radi. Ushbu uzilishlar “Tayming” lar deb nomlanadi va odatda qattiq disk xotirasini o’lchaydi. Bu “Tayming” lar orasida CAS# Latency (tCL), RAS# toCAS# delay (tRCD), RAS# Precharge (tRP) va Active to Precharge Delay (tRAS) lar ko’p ahamiyatga egadirlar.
BIOS ni sozlash jarayonida barcha kerakli o’lchamlar xotiraga avtomatik ravishda joylashadi. Har bir modulda maxsus SPD (Serial Presence Detect) deb nomlangan kodli chiplar bor va ular og’ir topshiriqlarni modullarga yozib boradi. Tezkor xotirani jo’natish uchun avtomatik sozlanmalarni o’chirish kerak bo’ladi va barchasini qo’l sozlanmalariga ogirish kerak, barcha sozlanmalarni o’tkazgandan keyin protsessorning chastotasini oshirmaslik kerak, aksincha uni tushirish kerak. Kiritilgan parametrlar tezkor xotira sozlanmalari sistema platasidagi har xil modullardan ancha farq qilishi mumkin, hattoki bitta chipda ishlatilgan bo’lsada. Ko’plab platada jo’natish uchun tezkor xotiraning chastotasini va tayminglarni o’zgartirishi mumkin (rasm 1). Tezkor xotiraning o’lchamlari sozlash jarayonida jo’natilishi mumkin va Advanced Chipset Features yoki Advanced bo’limlarda bo’ladi.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bolib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter ochirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yoq bolib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disklarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan ochirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik olchovi sifatida bayt qabul qilingan bolib, 1 bayt 8 bit (ikkilik raqam)ga teng.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bolib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam boladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida kop joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bolsa, shuncha yaxshi albatta.
39. Registrlar – xotiraning turli uzunlikdagi tez ishlovchi yacheykalaridir (umumiy xotira yacheykalaridan farqli ravishda 1 bayt standart uzunlikka va nisbatan past tezlikka ega). Unda ko‘pincha kerakli konstantlar saqlanadi, ba’zi protsessorlarda ichki registrlar turli xil manzillashlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Flag – bu ma’lum shart bajarilganda 1 kiymatini aks xolda 0 kiymatini kabul kiluvchi
bitdir. Bir necha xildagi flaglar ishlatiladi. Ularning xar biri ma’lum nomga ega (ZF,CF va
xokazo). Ularning bari flaglar registrida joylashgan. Ba’zi flaglar shart flaglari deb ataladi,
ular buyruqlar bajarilganda ularning natijasining xususiyatini aniklab, shunga karab
almashinadi. Boshka flaglar xolat flaglari deb ataladi, ular dasturlar yordamida uzgartiladi va
protsessorning keyingi xolatiga ta’sir qiladi.
Download 18.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling