30 yillik urush xronologoyasi? 1618-1648-yillar


Download 17.68 Kb.
Sana05.07.2020
Hajmi17.68 Kb.

6-MAVZU

  1. 30 yillik urush xronologoyasi? 1618-1648-yillar

  2. Urush harakatlari asosan qaysi davlat hududida bo’lib o’tdi? Germaniya

  3. Urush kimlar o’rtasida boshlangan? Nemis katoliklari va protestantlari o’rtasida

  4. 30 yillik urush qaysi sulh bilan yakunlandi? 1648-yildagi Vestfal shartnomasi bilan

  5. Vestfal sulhiga ko’ra, … .gollandiyaning ispaniyadan mustaqiligi tan olindi, katoliklar va protestantlar o’rtasidagi dushmanlikka barham berdi, katolik va protestant cherkovlarining tengligi tan olindi.

  6. Ushbu sulhdan so’ng Yevropada qaysi davlatning ro’li oshdi? Fransiyaning

  7. Ispan qiroli Karl 2 qachon vafot etgan? 1700-yilda

  8. Karl 2 vasiyatiga ko’ra taxt vorisi kim edi? Fransiya qirolining nabirasi Filipp Anjuy

  9. Ispan taxti uchun kurash qachon o’z nihoyasiga yetdi? 1714-yilgi tinchlik sulhiga ko’ra

  10. Shimoliy urush qaysi davlatlar o’rtasida va qachon bo’lib o’tdi? Rossiya va Shvetsiya o’rtasida. 1700-1721-yillarda

  11. Ushbu urushda kim g’alaba qozondi? Rossiya

  12. Yevropaning deyarli barcha davlatlari ishtirok etga 7 yillik urush qachon bo’lib o’tgan?1756-1763-yillarda

  13. 7 yillik urushdan so’ng … . yevropadagi chegaralar o’zgarmadi, urushdan eng katta foydani Angliya oldi, hindiston va Shimoliy Amerikadagi Fransiya mustamlakalari Angliya qo’liga o’tdi. Angliya dunyoning yetakchi mustamlaka imperiyasiga aylandi.

  14. Rossiya va Usmoniylar o’rtasidagi urush xronologiyasi? 1768-1774-yillar

  15. Rossiyaga urush ochgan turk sultoni kim edi? Mustafo3

  16. Bu urush qaysi voqeadan so’ng yakunlandi? 1774-yilda Kuchukqaynarji shartnomasining imzolanishi bilan

  17. Ushbu shartnomaga ko’ra. Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi va keyinchalik Rossiya tarkibiga qo’shib olindi, Rossiya Qora dengizda harbiy flotga ega bo’lish huquqini qo’lga kiritdi

  18. Yangi davrning eng sharmandali hodisasi nima edi? Qul savdosi

7-MAVZU

  1. 17 asrda . fransiyaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti ziddiyatli xarakterga ega edi

  2. Fransiya jadal o’sish davrini qachon boshdan kechiradi? 16-asr oxiri 17-asr boshlarida

  3. Buyuk fransuz burjua inqilobi arafasida Yevropaning aholi bo’yicha eng katta davlati qaysi edi? Fransiya

  4. 1789-yil 5-may kuni …… . qirol Lyudovik 16 General shtatlar majlisini ochdi

  5. Ushbu majlisdan asosiy maqsad nima edi? Aholiga yangi soliqlar joriy qilish. Bu 3-tabaqa vakillarinng noroziligiga sabab bo’ldi.

  6. Uchinchi tabaqa vakillari qaysi voqeadan so’ng o’z yig’ilishini Milliy kengash deb atadi? Parij aholisining deputatlardan qat’iy qarorlar talab qilib, Versal tomon kelishi

  7. Uchinchi tabaqa qarashlarining ifodachisi kim edi? Gabriel de Mirabo

  8. Ta’sis majlisi - . konstitutsiya qabul qilish uchun yig’iladigan parlament

  9. Olomon qachon Bastiliyaga bostirib kirdi? 1789-yil 14-iyulda

  10. Inqilob nima bilan boshlandi? Olomonning shavqatsiz terrori bilan

  11. Fransiyada absolyut monarxiya qachon quladi? Bastiliyaning ishg’ol etilishi va qirol Lyudovik 16 ning tasis majlisini tan olishi bilan

  12. Absolutizmning qulashi bilan hokimiyat kimlarning qo’liga o’tdi? Yirik burjuaziyaning

  13. Ta’sis majlisi e’lon qilgan “ Inson va fuqaro huqulari deklaratsiyasi”ga muvofiq qanday burjua huquqlarini e’lon qildi? So’z va matbuot erkinliklari va xususiy mulkning daxlsizligi kabi

  14. Deklaratsiyaning mohiyati nima edi? Ozodlik, Tenglik, Birodarlik

  15. Ta’sis majlisi qachon fransiya tarixidagi ilk konstitutsiyani e’lon qildi? 1791-yil sentyabrda

  16. Inqilobning birinchi bosqichi qachon yakunlandi? Konstitutsiya qabul qilingandan so’ng

  17. Kons.ga muvofiq …. . qirol hokimiyati cheklandi, yirik burjuaziyaning hokimiyati o’rnatildi

  18. Ta’sis majlisi deputatlaridan qirol tarafdori bo’lgan o’nglar royalistlar(royal – qirol) va so’l deputatlarning ko’pchiligi Jironda viloyatidan saylangani uchun ular jirondachilar deb nomlangan.

  19. O’ta so’l oqim bo’lgan Yakobinchilar nima uchun bunday nom olganlar? Ular avliyo Yakob monastirining kutubxonasiga yig’ilganligi uchun.

  20. Yakobinchilar nima deb hisoblar edi? Inqilob oxiriga yetgani yo’q, o’rta va kichik burjuaziya hokimiyatga kelmadi, dehqonlarga yer berilmadi deb

  21. Fransiyada yangi qonun chiqaruvchi majlis qachon ish boshlagan? 1791-yilda

  22. Majlis nima uchun Avstriyaga qarshi urush boshladi? Zafarli urush mamlakatda vatanparvarlikni kuchaytiradi va inqiobiy holatni bartaraf etadi degan niyatda

  23. Fransiyaga qarshi urushda avstriyaliklar va prusslarga kim yordam berdi? Angliya

  24. Fransuz va prusslar o’rtasidagi jang qayerda bo’lib o’tgan? Valmi qishlog’I yaqinida

  25. 1792-yil 22-sentabrda Konvent monarxiyani bekor qilish va Fransiyada Respublika tuzumini o’rnatish to’g’risida dekret qabul qildi.

  26. Ushbu davrda Fransiya qiroli kim edi? Lyudovik 16

  27. Inqilobning nechanchi bosqichida monarxiya ag’darildi? 2-bosqichida

  28. Shundan so’ng ko’pgina monarxistik gazetalar yopildi, sobiq vazirlar qamoqqa olindi, 25 yoshga to’lgan barcha erkaklarga saylash huquqi berildi

  29. Lyudovik 16 konvent qaroriga ko’ra qachon qatl etildi? 1793-yil yanvarda

  30. Qirolning qatl etilishi qaysi davlatlarni Fransiyaga qarshi urushga chorladi? Ispaniya va Angliyani

  31. Yakobinchilarning yo’lboshchilari kim edi? Robespyer, Marat, Danton

  32. Robespyer qachon qamoqqa olindi? 1794-yil 27-iyulda

  33. Kommuna qanday bekor qilindi? Robespyer va uning tarafdorlarining qatl etilishi bilan

  34. Kommuna – mahalliy o’zini o’zi boshqaruv organi

  35. 1-tabaqa – ruhoniylar, 2-tabaqa – dvoryanlar, 3-tabaqa – savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlar va burjuaziya

Download 17.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling