301-guruh Mamatmusayeva Kamola O‘zbek tili tarixi 11-amaliy mashgʻulot Mavzu


Download 27.5 Kb.
Sana07.05.2020
Hajmi27.5 Kb.
#103855
Bog'liq
Til tarixi 11


301-guruh

Mamatmusayeva Kamola

O‘zbek tili tarixi

11-amaliy mashgʻulot

Mavzu: Chig‘atoy adabiy manbalari tili

Savol va topshiriqlar

  1. Chig‘atoy adabiy tili tushunchasini tavsiflang.

  2. «Mukaddimat-ul adab» asari tilining ahamiyati.

  3. «O‘g‘uznoma» tilining xarakterli jihatlari to‘g‘risida so‘zlab bering.

Javoblar

1. Čïğatay so‘zi atama sifatida XIII asrdan boshlab qo‘llanilgan. Manbalarga qaraganda, bu atama boshlab (XIII–XIV asrlarda) Chig‘atoyxon sulolasi (turk-mo‘g‘ullar), davlat hokimiyatining oliy tabaqa vakillari, shuningdek, cherikka nisbatan qo‘llanilgan. “Chig‘atoy tili” atamasi ham turkiy tilning (eski o‘zbek tilining) nisbiy atamasidir. XII asrdan to XIX asrgacha bo'lgan ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda o'zbek xalqiga va uning tiliga nisbatan noto‘g‘ri ravishda «chig‘atoy eli(xalqi)», «chig‘atoy tili», «chig‘atoy lahjasi», «chig‘atoy adabiyoti» kabi atamalar qo‘llanilgan. Bu davrlarda shakllangan o‘zbek adabiy tili, adabiyoti va xalqining nomiga nisbatan «chig‘atoy» atamasining hech bir daxli yo‘q. Shu jumladan, venger sharqshunosi G.Vamberi o ‘zining «Chig‘atoy tili grammatikasida» «chig‘atoy tili» atamasi ostida g‘ayriilmiy tatzda XII asrda tashkil topib to XIX asrgacha keng iste'molda bo‘lgan o‘zbek adabiy tilini nomlagan. V.V.Radlov «Temur Qutlug' va To‘xtamish yorliqlari» va P.M.Melioranskiy uyg‘ur hujjatlaridan «Sulton Umar Shayx maktubi» haqidagi ishlarida bu atamaning qo‘lianish doirasini XIV—XVI asrlar bilan chegaralaydilar (47/48). V.V.Reshetov bunday qarashlarni haqli ravishda rad etadi. U eski o‘zbek tiliga shu kabi o‘zbek xalqi nomiga nisbatan «chig‘atoy tili» yoki «chig‘atoy eli» atamasini, hatto shartli ravishda ham qo'llab bo‘lmasligini aytadi. Chunki Chig'atoy hukmronligi, umuman mo‘g‘ullar istilosidan ancha ilgari — qoraxoniylar davridayoq Movarounnahrda shakllanib taraqqiy etgan turkiy-o‘zbek tili va adabiyoti hamda elatiga «chig‘atoy» atamasini bog‘lashga hech qanday asos yo‘q. Buning ustiga oʻsha davr yozuvchi va shoirlari oʻz tillarini turkiy (til) deb nomlaganlar.

2. Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» («Adabiyot muqaddimasi» 1137) yirik asari ham bo`lib, alloma bu asarda o`z davridagi arab tilining iste`molda bo`lgan qator so`z va iboralarini jamlashga harakat qilgan, ularning etimologiyasi haqida qimmatli ma`lumotlar bergan. Mahmud Zamaxshariyning bu asari sof lug’at emas. Unda arab tilining Grammatik strukturasi ham o’z ifodasini topgan. Asar besh qismdan iborat:

1.Ismlar/otlar/

2.Fellar.

3.Ko’makchilar/yordamchi so’zlar/

4.Ismlar/otlarning turlanishi.

5.Fe’llarning tuslanishi.

Mahmud Zamaxshariyning ”Muqaddimatul-adab” asari faqat arab tili va tilshunosligi tarixini o’rganish jihatidangina emas, balki, turkiy xalqlar tillari tarixini o’rganish jihatidan ham muhim ahamiyatga egadir. Asarning lug’at qismida ko’pgina arabcha so’zlarning forscha, mug’ulcha tarjimalari bilan bir qatorda, turkiycha tarjimalari ham berib borilgan. Asarda ismlar /otlar/ bir qancha tematik gruppalarga ajratilgan. Masalan, ismlarning xayvon nomlari qismi, bu qism mashhur polyak sharqshunosi A.ZAYONCHKOVSKIY tomonidan e’lon qilingan, o’n bir kichik tematik gruppachalardan iborat. Bu tematik gruppachalar asarda fasllar deb berilgan. Lekin fasllarning konkret nomlari keltirilmagan. Ularning shartli ravishda quyidagicha nomlash mumkin:

1. Tuya nomlari /21nom/

2. Tuya a’zolarining nomlari /25nom/

3. Tuya jabdug’ining nomlari /32nom/

4. Eshak vaeshak jabdug’ining nomlari /42nom/

5. Qoramol va jabdug’ining nomlari /19nom/

6. Qo’y vaechki nomlari /42nom/

7. Qo’y va boshqa xayvon nishon /belgi/ larining nomlari /24/

8. Jun nomlari /11nom/

9. YOvvoyi xayvon nomlari/93nom/

10.Ilon –chayon nomlari/59nom/

11.X ashorat nomlari/52nom/

Mashhur sharqshunos V.V.Bartolg’tdning ko’rsatishicha, Mahmud Zamaxshariy lug’atining turkiycha qismida XII-XIII asrlar O’rta Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi aks etgan. Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asari fors, chig`atoy (o`zbek), mo`g`ul, turk keyinchalik esa Fransuz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilingan. Ushbu asarning qo`lyozmalari O`zFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.



3. «O‘g‘uznoma» dostoni qadimgi turkiy adabiyotning, xususan, kitobiy eposning bir namunasi bo‘lib, turkiy xalqlarning mushtarak merosidir. Bu doston «O‘g‘uz xoqon haqida doston» degan nom bilan ham yuritiladi. «O‘g‘uznoma» dostoni eski uyg‘ur-turk yozuvida ko‘chirib qoldirilgan va hozirda Parij milliy kutubxonasida saqlanadi.

Dostonni o‘rganishni 1815 yili nemis olimi Dits boshlab berdi. U asarni nemis tiliga tarjima qilib, chop ettirdi. X-XIV asrlar turkiy tilini ifodalaydigan yozuv manbasi hisoblanadi. yozma asarlarning yuzaga kelishi umumturkiy adabiy tilining shakllanishidan darak berar edi. Ularda o'sha davrlarda shakllangan umumturkiy adabiy tilga xos barcha xususiyatlar aks etgan. Bu davr turkiy tillar taraqqiyoti uchun muhim o'rin egallaydi. Bu davrda birinchidan, asrlar bo'yi kichik-kichik sheva va dialektlar sifatida shakllanib kelayotgan mahalliy adabiy tilning birlashgan holda umumturkiy adabiy tilga aylanishi yoki umumturkiy tilning shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchidan, bu davrda turkiy qavmlar asta-sekin eIat, xaIq sifatida shakllanib, mustaqil holda ajralib chiqishi va xalq tillarining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Demak, turkiy xalqlaming, jumladan, o'zbek xalqining va ular tilining alohida shakllanish jarayoni xuddi ana shu davrlar bilan o'1chanishi lozim bo'ladi.
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling