32-mavzu. O`rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi


Download 29.39 Kb.
Sana10.09.2022
Hajmi29.39 Kb.
#803915
Bog'liq
6-sinf. 32-mavzu
1-SINF Tarbiya, Xampp o\'rnatish, Tabiatshunoslikning muhim ilmiy muammolaridan biri, Султан, 11-sinf informatika dars ishlanma, 5-SINF MATEMATIKA, class Dog, 2022, 11-sinf testlar to`plami, pechat, 2-Mavzu, 5-Mavzu, 4-Mavzu, 6-тажриба Jaloliddin, etrologiya 2-mus ish

32-mavzu. O`rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi.

  1. Aleksandrga qarshi kurash olib brogan Spitaman qayerda makedoniyaliklarga qarshi pistirma qo`ygan edi?

  1. Zariasp shahri yaqinida C. Samarqand cho`llarida

  2. Zarafshon daryosi bo`yida D. Basileya shahri yaqinida

  1. Yunon-makedoniyaliklar armiyasi qachondan boshlab Baqtriya va So`g`diyona yoshlari hisobiga to`ldirila boshlandi?

  1. Mil.avv. 324-yildan C. Mil.avv. 323-yildan

  2. Mil.avv. 325-yildan D. Mil.avv. 326-yildan

  1. Aleksandr nima maqsaddaXo`jandyaqinida Aleksandriya Esxata (ChekkaAleksandriya )ni quradi?

  1. Massagetlarga qarshi kurashish uchun

  2. Saklarga qarshi kurashish uchun

  3. Maroqand shahrini egallash uchun

  4. Barcha javoblar to`g`ri

  1. Quyidagi qaysi tarixiy voqealar orasida 11 yil farq bor?

  1. Filipp II vafotivaAleksandr Makedonskiyining Hindistonga yurishi;

  2. Aleksandr Makedonskiyning sharqqa yurishi boshlanishi va vafoti;

  3. Korinfda yunon shahar-davlatlarining ittifoqi va Spitaman bilan Aleksandr o`rtasida hal qiluvchi jang;

  4. Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi va Salavka Bobil davlati hukmdori bo`ldi;

  1. 1,3,4 B. 1,2,3 C.1,2,4 D. 2,3,4

  1. Filipp II nechanchi yil o`lgan?

  1. Mil.avv. 335-yilda C. Mil.avv. 338-yilda

  2. Mil.avv. 336-yilda D. Mil.avv. 337-yilda

  1. Makedoniyalik Aleksandr nechanchi yilda Sharqqa yurish boshlagan?

  1. Mil.avv. 336-yil C. Mil.avv. 334-yil

  2. Mil.avv. 338-yil D. Mil.avv. 333-yil

  1. Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa yurishi necha yil davom etgan? A. 10 yil B. 11 yil C. 12 yil D. 13 yil

  2. O`rta Osiyo xalqlari orasida xanjar nima deb atalgan? A. Sagaris B. Aqinak C.Sagina D. Bargvuston

  3. O`rta Osiyo xalqlari orasida jangovar oybolta nima deb atalgan?

A.Sagaris B. Aqinak C.Sagina D. Bargvuston

  1. Jangovar otlar ustiga va ko`kragiga temirdan to`qilgan … yopilgan.

  1. Sagaris B. Tabar C. Bargustvon D. Aqinak

  1. Miloddan avvalgi 330-yilda …

  1. Otasi vafotidan keyin Aleksandr taxtni egalladi

  2. Makedoniyalik Aleksandr sharqqa yurishni boshladi

  3. MakedoniyalikAleksandr Doro III qo`shinlarini tor-mor etdi

  4. Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Amudaryodan kechib o`ta boshladi

  1. Ma`lumki, Makedoniyalik Aleksandr Hindistonga yurish qilishdan oldin qo`shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo`ysundirmoqchi bo`ladi. Birinchi bo`lib uning yo`lini to`sgan shahar … bo`ldi.

  1. So`g`diyona B. Naqshab C. Baqtra D. Kurushkat

  1. Makedoniyalik Aleksandr qo`shinlari Maroqandani nechanchi yilda egalladilar?

  1. Mil.avv. 331-yilda C. Mil.avv. 328-yilda

  2. Mil.avv. 329-yilda D. Mil.avv. 330-yilda

  1. Iskandarning ustozi kim edi?

  1. Diogen B. Arastu C. Suqrot D. Arrian

  1. Miloddan avvalgi 329-yil …

  1. Iskandar qo`shinlari Oksdan kechib o`tdi

  2. Iskandar fors shohi Doro III qo`shinlarini tor-mor etdi

  3. Iskandar qo`shinlari Baqtrani egalladi

  4. Iskandar qo`shinlari Misrni bosib oldi



  1. Nautaka viloyati qayerda joylashgan edi?

  1. Qashqadaryo vohasining g`arbida

  2. Qashqadaryo vohasining janubida

  3. Qashqadaryo vohasining shimolida

  4. Qashqadaryo vohasining sharqida

  1. Rivoyatlargako`ra, Kurushkat shahriga kim asos solgan?

  1. Kir II B. Doro I C. Iskandar D. Doro III

  1. Zariasp bu …

  1. Maroqandadir C. Kurushkatdir

  2. Baqtradir D. Buxorodir

  1. Politimet bu …

  1. Chekka Aleksandriyadir C. Zarafshonning yunoncha nomi

  2. Amudaryoning yunoncha nomi D. Srdaryoning yunoncha nomi

  1. Nima uchun Iskandar Sirdaryo bo`yida qal`a qurishni buyuradi?

  1. Saklarga qarshi kurashda tayanch kuchga ega bo`lish uchun

  2. Massagetlarga qarshi kurashda tayanch kuchga ega bo`lish uchun

  3. Hindistonga qarshi yurishda tayanch kuchga ega bo`lish uchun

  4. Oksiartning qizi Roksanaga uylanish uchun

  1. Aleksandriya Esxata qayerda joylashgan edi?

  1. Samarqand yaqinida C. Qashqadaryo vodiysida

  2. Amudaryo bo`yida D. Xo`jand yaqinida

  1. “Oks daryosidan ikki nafar shoh – Kir II va Doro I kechib o`tgan. Ikkalasi ham mag`lubiyatga uchradi”-ushbu so`zlar muallifi kim?

  1. Diogen B. Aflotun C. Arastu D. Suqrot

  1. Iskandar mil.avv. 328-yil qishni qayerda o`tkazdi?

  1. Maroqandada C. Baqtrada B.Kurushkatda D. Buxoroda

  1. Iskandar bilan Spitamen o`rtasida hal qiluvchi jang qachon bo`lib o`tdi?

  1. Mil.avv. 328-yil bahorida C. Mil.avv. 328-yil yozida

  2. Mil.avv. 328-yil kuzida D. Mil.avv. 328-yil qishida



  1. O`rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Iskandar …urindi.

  1. 2 yil B. 3 yil C. 4 yil D. 6 yil



  1. Iskandarga bo`ysunmay qolgan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.

  1. Xorazm B. Toshkent vohasi C. Farg`ona D. Xo`jand



  1. Qachon Iskandar siyraklashgan askarlarini Makedoniya tartibida qurollantirgan Baqtriya va So`g`diyona yoshlari hisobiga to`ldiradi?

  1. Mil.avv. 327-yil C. Mil.avv. 325-yil

  2. Mil.avv. 326-yil D. Mil.avv. 324-yil



  1. Bess kim bo`lgan?

  1. Xorazm hukmdori C. Baqtra satrapi

  2. Makedoniya hukmdori D. Marg`iyona satrapi



  1. Spitaman qanday halok bo`lgan?

  1. Ko`chmanchi qabila boshliqlari tomonidan xoinlarcha o`ldirilgan

  2. Oksiart uni tutib bergan, Iskandar qatl ettirgan

  3. Iskandar qo`shinlari qurshoviga tushib, jang payti halok bo`lgan

  4. Hisor tog`idagi qal`ada Xoriyen tomonidan o`ldirilgan



  1. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin u barpo etgan davlat necha qismga bo`linib ketdi?

  1. 3 ta B. 5 ta C. 2 ta D. 4 ta



  1. Makedoniyalik Aleksandr qachon vafot etgan?

  1. Mil.avv. 321-yil 13-may C. mil.avv. 325-yil 13-aprel

  2. Mil.avv. 324-yil 13-iyul D. Mil.avv. 323-yil 13-iyun



  1. Makedoniyalik Aleksandr tomonidan O`rta Osiyoning bosib olingan yerlari tog`ri ko`rsatilgan javobni toping?

  1. Marg`iyona; 2. Xorazm; 3. Baqtriya; 4. Toshkent; 5. So`g`diyona; 6. Sirdaryobo`ylari; 7. Farg`ona; 8. Naxshab;

  1. 1,3,5,6, B. 1,3,6,7 C. 1,2,5,6 C. 1,4,5,6



  1. Makedoniyalik Aleksandr Hindistonga yurishidan oldin O`rta Osiyoga yurish qildi. Bundan maqsad nima edi?

  1. Ustozi Aristotelning maqsadi

  2. Bessning So`g`diyonaga taklif qilganligi

  3. Qo`shin orqasini xavfsizlantirish maqsadi

  4. So`g`diyonada qo`zg`olon ko`tarilishi



  1. Makedonlar va yunonlar o`rtasida Xeroneya jangidan 10 yil o`tib …

  1. Makedoniyalik Aleksandr Hindistonga yurish boshladi

  2. Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo`lib o`tdi

  3. Makedoniyalik Aleksandr siyraklashib qolgan qo`shini safini so`g`diy va baqtriyalik jangchilar bilan to`ldirdi.

  4. Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa qilgan yurishi nihoyasiga yetdi



  1. Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangidan 4 yil o`tib …

  1. Makedoniyalik Aleksandr Hindistonga yurish boshladi

  2. Makedoniyalik Aleksandr siyraklashib qolgan qo`shini safini so`g`diy va baqtriyalik jangchilar bilan to`ldirdi

  3. Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa qilgan yurishi nihoyasiga yetdi

  4. Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi



  1. Mil.avv. 328-yilda Spitaman Aleksandr bilan hal qiluvchi jangda yengilib cho`lga chekinadi va bu yerda Spitaman …

  1. Massagetlar bilan ittifoq tuzadi

  2. Sak massaget qabilalari boshliqlari tomonidanAleksandrga tutib beriladi

  3. Kasallikka chalinib vafot etadi

  4. Ko`chmanchi qabilalar boshliqlari tomonidan xoinlarcha o`ldiriladi



  1. Makedoniyalik Aleksandrga O`rta Osiyoda bo`ysunmagan hududlarni ko`rsating?

  1. Toshkent vaFarg`ona C. Xo`jand va Farg`ona

  2. Bekobod va Xorazm D. Xorazm va Marg`iyona



  1. Xoriyen – bu…

  1. Yunon-makedon qo`shinlari bosqini davrida Hisor tog`idagi qal`alardan birining hukmdori

  2. Doro I hukmronligi davrida saklarning forslarga qarshi kurashi haqida yozib qoldirgan tarixchi

  3. Kir II ga qarshi kurashgan Marg`iyona sarkardasi

  4. Aleksandr Makedonskiyning Maroqandada qoldirgan garnizoni qo`mondoni



  1. Iskandar uylangan Ravshanak kimning qizi edi?

  1. Skunxa B. Xoriyen C. Oksiart D. Spitaman



  1. Quyida xato berilgan ma`lumotni toping.

  1. Mil.avv. 327-yil IskandarHindistonni bosib olish uchun jo`nadi

  2. Iskandar Xorazm, Toshkent vohasi va Farg`onani bosib olmadi

  3. Iskandar Marg`iyona, Baqtriya va So`g`diyona va Sirdaryo bo`ylarini bo`ysundirdi

  4. Mil.avv. 330-yil Iskandar qishni Zariaspda o`tkazdi

Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling