32-sonli umumta’lim maktabi geografiya fani o’qituvchisi daniyeva sayyoraning 6-“B” sinfda


Download 34.45 Kb.
Sana22.06.2020
Hajmi34.45 Kb.
#120909
Bog'liq
Dars ishlanma 6-sinf


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIM BOSHQARMASI

JARQO’RG’ON TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI

32-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI

DANIYEVA SAYYORANING 6-“B” SINFDA

SHIMOLIY AMERIKA MATERIGI VA AHOLISI.” MAVZUSIDA O’TILGAN



BIR SOATLIK OCHIQ



JARQO’RG’ON

Mavzu: Shimoliy Amerika materigi va aholisi.


Dars maqsadi:
Ta’limiy:Shimoliy Amerika haqida bilimlarni o’quvchilarga yetkazish. Uning asosiy xususiyati , o’rganilish tarixi , relyefi haqida o’quvchilarga bilim ko’nikma hosil qilish.
Tarbiyaviy:O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash , o’quvchilarni fanga qiziqtirib borish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni izlanuvchanlikka , o’z fikrlarini so’zlay olishiga diqqatini fanga qaratishga , o’rgatib borish.
Dars turi: no’ananviy.
Dars usuli: guruhlar bilan ishlash.
Dars metodi: “Aqliy hujum” , “Xarita tuzish” , “Tez top” “Men kimman”.
Dars jihozi: Jahon tabiiy xaritasi , 6-sinf atlasi , globus , Sh. Amerikaning tabiiy haritasi.
Texnik vositalar: Kompyuter slaydlar.
Darsning borishi va taqsimoti.

1.Tashkiliy qism. 2 daqiqa.

Salomlashish , davomatni aniqlash , o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish ob-havo ma’lumoti.

2.Uyga vazifani tekshirish. 20 daqiqa.

O’tilgan mavzuni o’quvchilardan so’rab ularni guruhlarga bo’lamiz.
1-guruh:Afrika
2-guruh:Avstraliya
3-guruh:Janubiy Amerika

Guruhlar 3 ta shart bo’yicha bellashadilar.


1-shart. Savollarga javob.
2-shart. Berilgan hudud haqida umumiy ma’lumot yig’ish.
3-shart. Xarita bilan ishlash.
1-shart.

Har bir guruh a’zosidan bittadan o’quvchi chiqib yashiringan savollardan 1 tadan tanlab olishadi. Konvertda berilgan savollarga guruh a’zolarini har biri javob berishi lozim. Agar guruh o’quvchilardan birontasi javob bera olmasa guruh bahosi kamayib boradi.


1-guruh savoli: J.Amerika ga ta’rif bering.
2-guruh savoli: J.Amerika iqlimi va ichki suvlariga ta’rif bering.
3-guruh savoli: J.Amerika iqlim mintaqa va tabiiy zonalari haqida gapiring.
Berilgan javoblarni fan o’qituvchisi kuzatib guruhlarni baholab boradi. Ya’ni davlatlarni bayroqlaridan foydalanib guruhlarga berib boriladi.
2-shart.

Guruh a’zolaridan biri chiqadi va konvertlardan birini tanlab berilgan topshiriqni guruh a’zolari bilan birgalikda bajarishadi.



Doskaga 3 ta materik xaritasi ilindi va stoldagi tartibsiz yotgan ma’lumotlardan qaysilari to’g’ri kelishiga qarab xarita pasiga ilintirib boriladi.


Afrika Avstraliya J.Amerika



Maydoni 30.3 mln km.
Eng uzun daryosi Nil.
Ekvator chizig’i kesib o’tgan.
Eng karra sahrosi . Kabir cho’li mavjud.
Eng yovvoyi hayvonlar makoni.
4 ta yarim sharda joylashgan.
Hududining 40 % savannalardan iborat.
Maydoni 7.6mln km.
Yagona Ery ko’li bor.
Materiklardan oxirisi bo’lib topilgan.
Materikni ma’nosi , Janubiy o’lka deb nomlanadi.
Yer yuzasini 90 % tekisliklardan iborat.
Kengruni Vatani.
Janubiy yarimsharda joylashgan yagona materik.
Maydoni 17,8 mln km.
Amazonka daryosi bor.
Eng uzun And tog’I bor.
Dunyodagi eng baland Anxel sharsharasi bor.
Eng yirtqich piranya balig’I bor.
Dunyodagi eng baland harakatdagi vulqoni bor.
Eng yirik Amazoniya botqoqligi bor.
3-shart.

Bu shartda berilgan topshiriqlarni bajarishda qatnashgan o’quvchilarni xaritaga chiqarib ularni savol-javob qilib boriladi. Bajarilgan topshiriqlar fan o’qituvchisi tomonidan baholanadi.


Yangi mavzu bayoni. 12 daqiqa

Fan o’qituvchisi tomonidan mavzu o’quvchilarga aytiladi. Slayd yordamida o’quvchilarga ko’rsatib ma’lumot beriladi.


Dunyodagi eng katta oroli bor materik (Grenlandiya , 2,2mln.km) , eng katta arxipelog shu materikda (Kanada Arktikasi) , eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin ,uzunligi 446 km) , eng uzun g’ori (Flint – Mamont , 500 km) , eng go’zal va maftunkor sharsharasi bor ( Niagara bir yilda 10 mln. Sayyoh keladi).

Shimoliy Amerika G’arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan Qutb tomon uzoq cho’zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi o’rinda turadi.

Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma’lum bo’lgan. Shimoliy Amerika X asrlardan boshlab o’rganilgan.

Shimoliy Amerikasining asosiy qazilma boyliklari temir , uran , mis , nikel , oltin , kumush , neft , gaz , ko’mir , tuz kabilardir.

Shimoliy Amerikani relyefi tuzilishiga ko’ra ikkita yirik qismiga : tekislik va tog’lik qismlarga bo’lish mumkin.
Men yer yuzining shimoliy qismlarini o’rganishga bel bog’laganman. XX asr boshida Sh. Amerika materigining shimoliy qismlarini o’rgandim. Men kimman?
(Amudsen)

Men juda ko’p fanlarni o’rgandim va rivojlanishida katta hissa qo’shdim. Ekvator chizig’ini qancha ekanligini fanda isbotladim. Men kimman?


(Al-Xorazmiy)

5.O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish. 3 daqiqa

Darsda qatnashgan guruhlardagi yig’ilgan natijalar fan o’qituvchisi tomonidan hisoblanib eng faol qatnashgan guruh belgilanadi va baholanadi. Fan o’qituvchisi tomonidan esdalik sovg’alari beriladi.

6.Uyga vazifa berish. 2 daqiqa.

1.Mavzuni o’qib Sh.Amerika materigini atlasdan foydalanib yozuvsiz haritaga tushuring.


2.Qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib yangi mavzuga ma’lumotlar to’plang.
Download 34.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling