34,5 mingta ish o‘rni ixtisoslashtirilgan uy-joy qurish-ta’mirlash tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyatini kengaytirish hisobiga


Download 19 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi19 Kb.

1)2009-yilda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq 932,6 mingta yoki 2008-yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko‘p yangi ish o‘rni tashkil etish nazarda tutilgan

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2009-yilning yanvar — sentyabr oylari mobaynida 743,5 mingta yangi ish o‘rni tashkil etildi, shundan:

62,6 mingta ish o‘rni — yirik ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarida, shu jumladan “O‘zbekyengilsanoat” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (3,4 mingta), “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi (2,9 mingta), “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (1,1 mingta), shuningdek yangidan ishga tushirilgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarida (13,0 mingta);

311,1 mingta ish o‘rni — kichik biznes sohasida, shu jumladan 203,0 mingta ish o‘rni — xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 50,4 mingta ish o‘rni — sanoatda, jumladan qishloq xo‘jaligi va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash (9,0 mingta), qandolatchilik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (8,5 mingta), tikuv buyumlari, poyabzal, mebel ishlab chiqarish (7,4 mingta), mahalliy xomashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish (6,5 mingta) sohalarida, 57,7 mingta ish o‘rni — iqtisodiyotning boshqa sohalarida;

77,9 mingta ish o‘rni — korxonalar (asosan tikuvchilik, ipakchilik, mebel, elektron sanoati korxonalari) bilan kooperatsiyaga asoslangan kasanachilikni rivojlantirish, 52,6 mingta ish o‘rni — xalq hunarmandchiligi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, 26,0 mingta ish o‘rni — pudrat shartnomasi asosida uyda ish bajarish hisobiga.

Tashkil etilgan ish o‘rinlarining umumiy sonidan 213,3 mingta ish o‘rni Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish hisobiga tashkil etildi, shu jumladan:

34,5 mingta ish o‘rni — ixtisoslashtirilgan uy-joy qurish-ta’mirlash tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyatini kengaytirish hisobiga;

11,7 mingta ish o‘rni — aholi punktlarini obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun qo‘shimcha ajratilgan shtat birliklari hisobiga;

14,9 mingta ish o‘rni — oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida;

14,1 mingta ish o‘rni — maqsadli davlat dasturlariga muvofiq avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar qurish hamda rekonstruksiya qilish hisobiga;

6,8 mingta ish o‘rni — melioratsiya va irrigatsiya ishlarining, shu jumladan kollektor tarmoqlari hamda suv xo‘jaligi obyektlari qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining ko‘lamlarini kengaytirish natijasida;

104,5 mingta ish o‘rni — “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining qo‘shimcha tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik bo‘yicha ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari, issiqxonalar, mahalliy xomashyodan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etish hisobiga;

26,8 mingta ish o‘rni — vaqtincha faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq tijorat banklari balansiga berilgan yirik bankrot korxonalarda 4 mingta ish o‘rnini tiklash natijasida tashkil etildi.

2009-yilda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar Samarqand (73 mingta), Qashqadaryo (72 mingta), Farg‘ona (71 mingta), Andijon (57 mingta), Namangan (52 mingta) va Xorazm (46 mingta) viloyatlari kabi ish o‘rniga ehtiyoj yuqori darajada bo‘lgan hududlarda tashkil etilgan yangi ish o‘rinlarining sonini ko‘paytirishga ko‘maklashdi.

2)

Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi:



birinchidan, daromad shakllari o‘zgardi, ya’ni uning an’anaviy turlari (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko‘chmas mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi;

ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o‘zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to‘planish va ajralish koeffitsiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo‘ldi;



uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishlari paydo bo‘ldi: majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog‘ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar shular jumlasidandir
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling