Sana01.01.1970
Hajmi
#37

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI
INSON HUQUQLARI UMUMIY NAZARIYASI
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 
Akademiya hamda IIV tizimidagi ta'lim muassasalarining tinglovchi 
va kursantlari shuningdek huquqni muhofaza etuvchi organlar 
xodimlari uchun “Inson huquqlari umumiy nazariyasi” fanidan 
darslik sifatida ruxsat berildi
TOSHKENT 2012

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tahririyat-noshirlik kengashi tomonidan 
ma'qullangan.
Mualliflar jamoasi: A. X. Saidov (Kirish so'zi, birinchi bob); M. T. Turg'unov (ikkinchi 
va oltinchi bob, paragraf 6.4. — Fazilov O.); A. A. Matchanov (yettinchi va o'ninchi bob); 
Sh. G'. G'oyibnazarov (beshinchi bob, paragraf 5.4. — T. T. Saidov); L. F. Isxakova (uchinchi 
bob va to'rtinchi bob U. Sh. Nurboyev bilan hammualliflikda); A. T. Niyozov (sakkizinchi 
bob); U. T. Tadjibayev (to'qqizinchi bob); A. A. Saidov (o'n birinchi bob); I. T. Turg'unov 
(o'n ikkinchi bob).
Mas'ul muharrir: yuridik fanlar doktori, professor A. X. Saidov
Inson huquqlari umumiy nazariyasi: IIV tizimidagi ta'lim muassasalari tinglovchi va kursantlari, 
shuningdek huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari uchun darslik. — T., 2012. — 276 b.
Darslikda inson huquqlari nazariyasi va tarixi masalalari, inson huquqlari bo'yicha 
xalqaro standartlar va ularning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementasiyasi, 
shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash va ularni himoya qilishda ichki ishlar 
organlarining vazifalari yoritib berilgan. Darslikda alohida e'tibor, inson huquqlari bo'yicha 
xalqaro standartlarni ta'minlash bo'yicha milliy va xalqaro mexanizmlar, shuningdek huquqni 
muhofaza qilish organlarining faoliyatiga bag'ishlangan xalqaro hujjatlarning tavsifiga qaratilgan.
Kitobda inson huquqlari nazariyasining asosiy tushunchalari ochib berilgan bo'lib, inson 
huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmlari umumiy tavsifi, shuningdek 
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquqlarini himoya qilishning 
o'zigi xos xususiyatlari ko'rsatib berilgan. Ilovalar sifatida jadvallar hamda inson huquqlari 
bo'yicha xalqaro paktlar berilgan.
Taqrizchilar:
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, Tergov bosh boshqarmasi boshlig'i, 
polkovnik S. O. Nurmatov;
Toshkent davlat yuridik instituti “Xalqaro va qiyosiy huquq” kafedrasi mudirasi yu. f. n., 
dosent G. Yuldasheva;
Mazkur darslik YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko'magida nashr etildi.
© O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012 y.

3
 KIRISH SO'ZI
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining Muqaddimasida O'zbekiston xalqi 
inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanali ravishda 
e'lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatini anglagan 
holda, o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya 
va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umume'tirof 
etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib 
hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini 
ta'minlash maqsadida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasi 
qo'yilganligi aytib o'tilgan.
Hozirgi dunyoda inson huquqlari yetakchi o'rinni egallashi umume'tirof etilgan 
haqiqatdir. Inson huquqlari masalasining har qanday sivilizasiyalashgan, adolatli 
fuqarolik jamiyatini qurishdagi rolini kamaytirib bo'lmaydi. Demokratik, huquqiy 
davlat qurishning bosh sharti asosiy huquq va erkinliklarni rag'batlantirish va himoya 
qilish hamda jamiyatda har bir insonning huquqlarini kafolatlashning haqiqiy tizimini 
yaratish hisoblanadi.
Mamlakat Prezidenti I. A. Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” 
yuzasidan qilgan ma'ruzasida shunday degan edi: “Mamlakatimizni demokratik 
yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo'nalishlaridan biri bu — qonun 
ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini 
ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish 
va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so'z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy 
davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va 
madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo'lib qolmoqda
1
.
Inson huquqlari yer yuzida hayotning to'laqonliligini belgilaydi hamda millatlar 
madaniyatlarining ajralmas qismi, insoniyat ma'naviy-huquqiy ideallarining eng 
yuqori darajada ko'rinishi bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham, hozirgi zamon 
dunyosining ma'naviy qadriyatlari orasida umume'tirof etilgan inson huquqlari 
eng muhim o'rinlardan birini egallaydi. BMT Nizomi va xalqaro konvensiyalarda 
hamda dunyoning turli mamlakatlari konstitusiyalarida mustahkamlangan inson 
1  Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqaro lik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi / Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shak-
llantirish — mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. — T. 19. — T.: O‘zbekiston, 2011. — B. 53.

4
huquqlari fundamental va ajralmas huquqlar sifatida ongimizga singib bormoqda. Shu 
munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamlakatimizda 
inson huquqlarini ta'minlash sohasidagi ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatib o'tmoqda. 
Xususan, «…Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish 
dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng avvalo huquqni muhofaza qilish va 
nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini 
ta'minlash, jamiyatda inson huquqlari bo'yicha madaniyatni shakllantirish va 
shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik 
monitoringini olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni o'zida mujassam 
etishi kerak»
1
.
Insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro'yxati va mazmuni Inson huquqlari 
umumjahon deklarasiyasida mustahkamlab qo'yilgan bo'lib, mazkur hujjat odatda 
dunyoning vijdoni, insoniyat ma'naviyatining etaloni deb nomlanadi. BMT Nizomi 
kabi, mazkur tarixiy hujjatda haqiqat o'z tasdig'ini topgan: barcha insonlar erkin 
va insoniy qadr-qimmat va asosiy, tabiiy huquqlarda teng tug'iladilar. Inson 
huquqlari umumjahon deklarasiyasida irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki 
boshqa e'tiqodlaridan, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat'i nazar har 
bir insonning ehtiyojlarsiz va o'z shaxsiy daxlsizligi uchun hadiksiramay yashash 
huquqi, so'z va e'tiqod erkinligi, adolatli va butun dunyoda tinchlikga bo'lgan huquqi 
mustahkamlab qo'yilgan.
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilingan kun — 1948 yil 
10 dekabr — butunjahon bayrami bo'lib qoldi, chunki, mazkur hujjat barcha uchun 
kamsitishlarsiz, insonga erkin va maqbul sharoitlarda ijtimoiy adolatni e'lon qilgan 
daslabki hujjatlardan biri edi.
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi asosida o'nlab hujjatlar: yuridik kuchga 
ega bo'lgan paktlar, konvensiyalar, protokollar ishlab chiqildi. Ularda demokratiya va 
bag'rikenglik, ya'ni boshqalarning fikrlari, dinga e'tiqod, ularning o'zini tuta bilishi, 
inson huquqlari va erkinliklari, tinchlik va taraqqiyot umume'tirof etilgan universal 
qadriyatlar maqomiga egaligi to'g'risida qat'iy fikrlar yuritiladi. Inson huquqlarini 
mustahkamlash va himoya qilishda ta'limning roli ko'plab xalqaro hujjatlarda 
qayd etiladi.
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilingandan keyingi o'n yilliklarda 
BMT, XST, XMT, YuNESKO, Yevropa Kengashi, YeXHT va boshqa xalqaro 
tashkilotlar ko'plab muhim fundamental hujjatlarni qabul qildiki, ularda inson 
huquqlari sohasidagi ta'limni insonparvarlik g'oyalari asosida qurish to'g'risidagi 
qoidalar rivojlantirildi. Xususan, 1974 yil 19 noyabr kuni YuNESKOning Bosh 
konferensiyasi tomonidan Xalqaro tushunish, hamkorlik va tinchlik ruhida 
tarbiyalash hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmat ruhida 
1  Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyat-
ini rivojlantirish konsepsiyasi / Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish — mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. — T. 19. — T.: O‘zbekiston, 2011. — 
B. 96–97.

5
tarbiyalash to'g'risidagi tavsiyanoma qabul qilindi. Bosh konferensiya YuNESKOning 
barcha a'zo-davlatlariga mazkur tavsiyanomani maktab ta'limi, oliy va maktabdan 
tashqari ta'lim uchun mas'ul bo'lgan organlar, idoralar yoki muassasalar bilan bir 
qatorda, yoshlar va katta yoshdagilar orasida tarbiyaviy ishlar olib boruvchi, talabalar 
va yoshlar harakati, o'quvchilarning ota-onalari assosiasiyalari, o'qituvchilar kasaba 
uyushmalari, shuningdek, boshqa manfaatdor tomonlarning e'tiboriga yetkazishni 
tavsiya qildi.
1985 yil 14 may kuni Yevropa Kengashining Vazirlar qo'mitasi a'zo-davlatlarning 
inson huquqlarini o'qitish sohasidagi majburiyatlarini hisobga olib va o'zining 
rezolyusiyalaridan kelib chiqib, Maktablarda inson huquqlarini o'qitish va 
o'rganish to'g'risidagi tavsiyanomani qabul qildi. Unda, xususan, “maktablarda 
inson huquqlarini o'qitishni va o'rganishni rag'batlantirish; maktab ta'limi 
bilan shug'ullanuvchi shaxslar va tashkilotlar e'tiborini Tavsiyanomaning... 
matniga qaratishni;... Yevropa kengashi a'zosi bo'lmagan Yevropa madaniy 
konvensiyasining a'zo-davlatlarining hukumatlariga Tavsiyanomani berishni” 
taklif etilgan.
Inson huquqlari bo'yicha ta'limga e'tiborning “hali ham boshlang'ich darajada” 
ekanligini hisobga olib, Inson huquqlari bo'yicha Ikkinchi butunjahon konferensiyasi 
(Vena, 1993 yil) o'zining Deklarasiyasi va Harakat dasturida “barcha davlatlar va 
muassasalarni inson huquqlari, gumanitar huquq, demokratiya va qonuniylik 
masalalarini barcha o'quv yurtlarining o'quv dasturlariga kiritish va inson 
huquqlari sohasida keng miqyosdagi ta'limni ta'minlab beruvchi inson huquqlari 
sohasida muayyan dasturlar va strategiyalarni ishlab chiqishga” chaqirdi.
1993 yil Monrealda bo'lib o'tgan Inson huquqlari, demokratiya ta'limi bo'yicha 
xalqaro kongress tomonidan inson huquqlari va demokratiyani o'qitish bo'yicha 
Butunjahon harakat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Harakat rejasi inson 
huquqlarining hurmat qilinishi, fuqarolik jamiyati esa barcha uchun maqbul bo'lgan 
modelga aylanishi uchun alohida shaxslar va guruhlarni inson huquqlariga o'qitish 
uchun oiladan boshlab BMTgacha bo'lgan energiya va resurslarni global mobilizasiya 
qilishga da'vat etdi.
1988 yildan boshlab BMT inson huquqlari madaniyatini shakllantirishning 
eng muhim vositalaridan biri sifatida o'quv yurtlariga yuksak ishonch bildirib
jamoatchilikni inson huquqlari to'g'risida xabardor qilish bo'yicha Butunjahon 
kampaniyasini o'tkazib kelmoqda. BMT shafeligi ostida YuNESKO, Yevropa kengashi, 
YeXHT va uning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB), 
Xalqaro inson huquqlari instituti va boshqa xalqaro hukumatlararo va nohukumat 
tashkilotlar va jamg'armalar tomonidan jahonda har yili inson huquqlari sohasida, 
inson huquqlari, demokratiya, bag'rikenglik, dunyo madaniyati va xalqaro tushunish 
masalalari bo'yicha aholini habardor qilish va o'qitish bo'yicha o'nlab butunjahon, 
mintaqaviy va milliy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, maktablar, o'quv 
kurslari o'tkazilmoqda.
BMT Bosh Assambleyasi 1995–2004 yillarni Inson huquqlari ta'lim sohasining 
o'n yilligi deb e'lon qildi. Shu bilan birga BMTning Inson huquqlari Oliy Komissari 

6
Boshqarmasi inson huquqlari ta'limi sohasi bo'yicha milliy harakat rejalariga taalluqli 
Rahbariy prinsiplarni ishlab chiqdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, a'zo-
davlatlarni inson huquqlari ta'lim sohasidagi bo'yicha Milliy harakat rejasini 
ishlab chiqishga chaqirmoqda.
Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish sohasidagi faoliyatda shaxs va 
davlatning o'zaro munosabati bo'yicha insoniyat tomonidan yig'ilgan tajribadan 
foydalanish zarur. Bunday tajriba esa, inson huquqlari bo'yicha asosiy xalqaro 
hujjatlarda aks etgan. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar g'oyasi — 
ulkan ahloqiy-huquqiy qadriyat hisoblanadi.
Ko'plab xalqaro shartnomalar mazkur shartnomaning mazmuni bilan aholini 
xabardor qilish majburiyatini davlatga yuklaydi. Misol uchun, BMT tomonidan 
qabul qilingan Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning 42-moddasida shunday 
deyilgan: “Ishtirokchi-davlatlar tegishli va ta'sirli vositalardan foydalangan holda 
Konvensiyaning tamoyillari va qoidalari haqida katta yoshdagilarni ham, bolalarni 
ham keng xabardor qilish majburiyatini o'z zimmasiga oladilar”
Xelsinki jarayoni doirasida, 1991 yil kuzida Moskvada bo'lib o'tgan YeXHTning 
Insoniylik mezonlari bo'yicha konferensiyasining yig'ilishida a'zo-davlatlar inson 
huquqlari ta'limi sohasida o'z zimmalariga qator majburiyatlarni qabul qildilar.
Shunday qilib, inson huquqlari ta'limi, davlatning inson huquqlari sohasida 
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlari bo'yicha qabul 
qiligan majburiyatlarini amalga oshirishi bilan bog'liq bo'lgan to'g'ridan to'g'ri 
majburiyati hisoblanadi.
Inson huquqlarini o'qitish — fuqarolar yuridik ta'limining tarkibiy 
qismi hisoblanib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida liberallashtirish va 
demokratlashtirish jarayoni ketayotgan, huquqiy davlat qurilayotgan hamda 
adolatli fuqarolik jamiyati shakllantirilayotgan hozirgi sharoitlarda ayniqsa 
dolzarb ahamiyat kasb etadi.
“Aholida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish borasida yangi 
qadriyatlar va ko'nikmalarni shakllantirish va pirovardida millat darajasida inson 
huquqlarini hurmat qilish va ularga rioya qilishni rivojlantirishga qaratilgan 
madaniyatni shakllantirish lozimdir. Insonlarning o'z huquq va erkinliklarini 
bilishlari, shaxs huquqlarini konstitusiyaviy kafolatini amalga oshirishning 
zaruriy sharti bo'lishi kerak”
1
.
Mazkur darslik o'z oldiga huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida 
qo'llaniladigan umume'tirof etilgan inson huquqlarining murakkab muammolarini 
tushuntirishga yordam berishga qaratilgandir. U shaxsning ahloqiy va fuqarolik 
pozisiyalarining o'zaro aloqalariga bog'liq ravishda milliy hamda xalqaro darajada 
inson huquqlarining yuridik jihatlarini tahlil qilishga imkon beruvchi turli fikrlar 
integrasiyasiga qurilgan. Yetakchi g'oyalar — gumanizm, insonning sha'ni va qadr-
qimmatiga hurmat, erkinlik va ma'suliyatdir. O'quv materialini tanlashda inson 
huquqlari bo'yicha xalqaro deklarasiyalar va konvensiyalardan, shuningdek bu 
1  Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. — T. 5 — T.: «O‘zbekiston», 1997. — B — 115.

7
sohadagi xorijiy huquqiy tajribadan keng foydalanildi. Darslikda alohida e'tibor 
umume'tirof etilgan inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy jihatlariga, ya'ni: 
ularning mazmuniga, ularni ta'minlashning huquqiy asoslari bilan hyech bo'lmaganda 
minimal darajada tanishish zaruriyatini ko'zda tutuvchi, uni himoya qilish mexanizmi 
va proseduralariga qaratildi.
Mualliflar darslikda huquqiy tilning qat'iyligi bilan bayon qilinayotgan materialning 
oddiyligini o'zaro bog'lashga, siyosiy va ahloqiy tushunchalarga huquqning aniqligini 
berishga, fuqarolarga o'z huquqlarini himoya qilishning tinch va ma'rifiy huquqiy 
shakllarini ko'rsatishga harakat qilishgan.
Darslikning asosiy maqsadlaridan biri — o'z huquqlarini, ularning mohiyatini 
anglagan holda, mas'uliyat bilan yondashib va ulardan foydalanish, o'zining huquqiy 
va ahloqiy madaniyatini, inson huquqlari madaniyatini takomillashtirishdan iborat.
Darslikdan ta'limning turli bosqichlarida va turli shakllarida foydalanish mumkin. Ya'ni:
Birinchidan, ma'ruzalarga tayyorgarlik ko'rishda. Tegishli mavzuning materiallari 
bilan dastlabki tanishish, tezda ishchi rejimga kirishishga, o'rganilayotgan masalaga 
yaxshiroq tushunishga yordam bersa, boshqa tomondan esa, tinglovchilarda ma'ruzachi 
tomonidan bildirilayotgan, ko'pincha mulohaza qilish murakkab bo'lgan fikrlarni o'ylab 
o'tirmasdan yozib olishdan ozod qiladi. Qo'shimcha axborotlarni yozib olishning 
o'zi kifoya. Ma'ruzani eshitib bo'lgandan keyin barcha olingan axborotlarni tezda 
mantiqiy tizimga va ketma ketlikka keltirish mumkin.
Ikkinchidan, amaliy mashg'ulotlar paytida. Darslikdagi materillardan munozara, 
mustaqil ta'lim hamda mustaqil tayyorgarlik mashg'ulotlarida javob uchun o'ziga xos 
manba sifatida foydalanish mumkin.
Uchinchidan, mustaqil tayyorlanishda. Savollarni mumtoz usulda sodda yoritilishi, 
tafakurlarni sxemalashtirishga inson huquqlari mohiyati to'g'risidagi tasavvurlarni 
soddalashtirishga olib kelmaydi, yoki tayyor sxemalar doirasida fikr yuritishni 
rahbarlamaydi. Aksincha u, aksincha, mustaqil ta'lim vaqtida, o'rganilayotgan “Inson 
huquqlarining umumiy nazariyasi” kursining nazariy qoidalari ustida fikrlashni 
nazarda tutib, tinglovchilarda nazariy masalalardan ijtimoiy hayotning haqiqiy 
voqyeliklariga va huquqni muhofaza qilish organlarida bo'lajak faoliyatga “o'tuvchi 
ko'prik” bo'lib xizmat qilishi mumkin.
To'rtinchidan, taklif etilayotgan darslik davlat attestasiyasiga tayyorgarlik ko'rishda 
katta yordam berishi mumkin.
Mazkur darslikni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasida, shuningdek yaqin va 
uzoq xorijiy mamlakatlarda inson huquqlari bo'yicha tayyorlangan, shuningdek BMT, 
YuNESKO, Yevropa Kengashi, YeXHT, Demokratik institutlar va inson huquqlari 
bo'yicha byurosi (DIIHB) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan nashr etilgan shunga 
o'xshash kitoblarning yaratilish tajribasi hisobga olingan.

8
1-BOB.
«INSON HUQUQLARI UMUMIY NAZARIYASI» FANINING 
TUSHUNCHASI, METODI, TIZIMI VA UNING AHAMIYATI
1.1. «Inson huquqlari umumiy nazariyasi» fanining predmeti va vazifalari
O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurilishining asosiy shartlaridan biri 
shaxsning asosiy huquq va erkinliklari himoyasini rag'batlantirish va jamiyatdagi 
har bir inson huquqlarining amaliy kafolatlari tizimini yaratishdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta'kidlaginidek, «biz o'z 
oldimizga qo'ygan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsadidan 
voz kechmaymiz, muqaddas zaminimizda yashayotgan har bir inson uchun 
erkin, hyech kim va hyech nimadan kam bo'lmagan farovon hayot barpo etish 
yo'lidan qaytmaymiz»
1
.
O'zining tashqi va ichki siyosatida O'zbekiston Respublikasi 1993 yil BMTning 
Inson huquqlari bo'yicha Ikkinchi umumjahon konferensiyasida tasdiqlangan «inson 
huquqlari shak shubhasiz universal xususiyatga ega, ularning himoyasi esa 
tegishli davlatlarning qonuniy ehtiyojidir» degan prinsipga asoslanadi
2
.
Yurtimizda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash bo'yicha maqsadli ish olib 
borilmokda, qonun hujjatlarining butun bir tizimi ishlab chiqilgan hamda inson huquq 
va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha milliy institutlar muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qo'shilgan birinchi xalqaro-
huquqiy hujjat bu — Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi edi. Bu, O'zbekistonning 
inson huquqlarini rivojlantirish, himoya etish va kafolatlash bo'yicha xaqiqiy 
maqsadlarini bildiradi. Bugungi kunda, Respublika inson huquq va erkinliklari 
bo'yicha 70 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikasiya qilgan.
O'zbekiston Respublikasi inson huquq va erkinliklari bo'yicha asosiy hujjatlarga 
qo'shilishi bilan xalqaro huquqning asosiy umumiy e'tirof etilgan prinsiplari 
bosqichma bosqich milliy huquqiy tizimga implementasiya qilib borilmoqda.
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar implementasiyasida BMT 
konvensiyaviy hujjatlari bo'yicha hisobotlar mexanizmi muhim o'ringa ega. 2011 yil 
1  Karimov I. A. Jahon inqirozning oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va 
taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari. — T. 18. — T.: O‘zbekiston, 2010. — 280 b. B — 10.
2  Inson huquqlari va sen. Ko‘llanma. — Varshava: BDIPCHG‘OBSE. 2000. — B. 150–152.

9
boshida O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan BMTning asosiy hujjatlari bo'yicha 
Tashkilotning tegishli qo'mitalarida inson huquq va erkinliklari borasidagi asosiy 
hujjatlar bo'yicha milliy hisobotlar taqdim etilib, ko'rib chiqilgan, jumladan,
•  «Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish 
to'g'risidagi konvensiya»;
•  «Irqiy kamsitishning barcha turlariga barham berish to'g'risidagi konvensiya»;
•  «Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya»,
•  «Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki 
qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya»,
•  «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt»;
•  «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt» hujjatlari bo'yicha 
hisobotlar topshirilgan.
Shuni ta'kidlash joizki, xalqaro-huquqiy standartlarni O'zbekiston milliy 
qonunchiligiga implementasiya qilish jarayoni barqaror, tizimli va ortga qaytmas 
xususiyat kasb etmoqda.
Ushbu hodisaning natijasida bir qator qonun va qonunosti hujjatlarining xalqaro 
huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari talablariga mosligi bo'yicha 
qayta ko'rib chiqish amalga oshirilmoqda.
Tabiiyki, u yoki bu sohada rejalarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi hali 
muammoning yechilishini bildirmaydi, balki strategik ustuvorlikni aniqlab olish va 
qo'yilgan vazifalarni to'liq hal etilishi muammoning yechimidir.
Xalqaro hamjamiyat endilikda rivojlanishga bo'lgan huquqqa alohida e'tibor 
qaratmokda. Ushbu huquq xalqlar va inson uchun uzviy bo'lib, asosiy inson 
huquqlarining bir qismi hisoblanadi. Ushbu huquq yakuniy ravishda 1986 yilda 
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Rivojlanishga bo'lgan huquq 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling