4- bayonnomasi parkent shahri 28-noyabr 2020-yil Yig’ilish raisi: B. Xomidov Yig’ilish kotibasi: G. Ruzitayeva Qatnashdi: Xomidov. Baxtiyor, Sirojiddinova Shaxlo, Shamsiyeva Dilnoza, Mirakbarova Gavhar, Ruzitayeva Gulnoza


Download 17.41 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.41 Kb.
#191104
Bog'liq
Bayonnoma 4
5-6-7-8-9-sinflar-biologiya-fanidan-testlar, 5-6-7-8-9-sinflar-biologiya-fanidan-testlar, 1-topshiriq 1-amaliy, Курсовая Хакимова микро, Курсовая Хакимова микро, mpdf, 15 вопрос религия

4- BAYONNOMASI

Parkent shahri 28-noyabr 2020-yil

Yig’ilish raisi:B.Xomidov

Yig’ilish kotibasi: G.Ruzitayeva

Qatnashdi: Xomidov. Baxtiyor, Sirojiddinova Shaxlo, Shamsiyeva Dilnoza, Mirakbarova Gavhar, Ruzitayeva Gulnoza, Alimboyeva Mohira.

Kun tartibi:

1.Fan olimpiadasining 2-tuman bosqichi yakuni bilan tanishish. Ma’ruzachi: B.Xomidov

2.Ma’ruza:” Yosh o’qituvchilarning malakalarini oshirib borishda “ustoz-shogird” tizimining o’tgan o’quv yilida bajarilgan ishlari va yangi o’quv yilida bajariladigan ishlar.”.Ma’ruzachi: M.Alimboyeva.

Eshitildi:

Kun tartibidaig 1-masala yuzasidan uslub birlashma rahbari B. Xomidov so’zga chiqdi. U o’z so’zida noyabr oyida Fan olimpiadasining 2-tuman bosqichi bo’lganligi ,ammo bizning maktabimizdan aniq fanlar yo’nalishidagi fanlardan hech qaysi o’quvchi faxrli o’rinlarni ololmaganligi, Matematika fanidan 9-sinf o’quvchisi Xusniyev Azamat 24 ball, 10-sinf o’quvchisi Rustamova Madina 44 ball,11-sinf o’quvchisi O’rinboyeva Laylo esa 40 ball, Informatika fanidan 10-sinfdan Nishonboyev Ixtiyor, Kimyo fanidan 9-sinf o’quvchisi Zokirova Sevinch 64 ball, 10-sinfdan Bahtiyorov D 70 ball, 11-sinfdan Umarboyev Abram, Biologiya fanidan 9-sinfdan Topilov Xojiakbar, 10-sinfdan Abdusamatova Anora 76 ball, 11-sinfdan Ma’murova Xonzodalar 76 ball olganligini aytdi. Ammo bu ballar yomon bo’lmasa-da, 3talikka ham kira olmaganini,ba’zi fanlardan o’quvchilar maktabdagi balini ham oqlolmaganligini aytdi Ayniqsa Matematika va Fizika fanlaridan olingan ballar juda ham past ekanligini kuyunib gapirdi.



Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan uslub birlashma yig’ilishi qaror qiladi:

1.Kun tartibidagi 1- masala yuzasidan uslub birlashma rahbari B. Xomidovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.Har bir uslub birlashma a’zosiga o’quvchilarni kelgusida yanada Fan olimpiadasiga puxta tayyorlantirish va qo’shimcha mashg’ulotlarni vaqtida o’tish topshirig’i yuklatilsin .

Kun tartibidaig 2- masala yuzasidan uslub birlashma a’zosi M.Alimboyeva so’zga chiqdi. U o’z so’zida maktabda aniq fanlarining o’qitilishini ” Yosh o’qituvchilarning malakalarini oshirib borishda “ustoz-shogird” tizimining o’tgan o’quv yilida bajarilgan ishlari va yangi o’quv yilida bajariladigan ishlar. ” maruzasi misolida aytib o’tdi. Matematika, informatika, fizika va kimyo, biologiya ta’limining asosiy talablariga ko’ra o’quvchi mavzu bo’yicha belgilangan bilim ,malaka va ko’nikmalarni egallash uchun darslikdagi mashq va topshiriqlarni bajarishda mustaqil ,ijodiy fikrlashi ,kuzatishi ,umumiylikni topishi ,farqlarni aniqlashi ,qiyoslashi , xulosa chiqarishi ,aloqadorlikni ochishi ,amaliyotda qo’llay olishi kerak.O’quvchilarda mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirishda, “Sherigini top”,”Eng yaxshi taqdimot”,”Chalkash ma’lumotlar “kabi interfaol usullardan foydalanish juda yaxshi samara beradi .Bunda o’quvchilarning barchasi dars jarayoniga jalb etiladi,o’qituvchi ularning topshiriqni bajarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra mavzu qay darajada o’zlashtirilganligini aniqlab oladi.Xullas ,tavsiya etilgan usullar o’quvchialrda nafaqat mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash, balki kommunikativ ,shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish ijtimoiy faol fuqarolik kabi tayanch hamda nutqiy ,lingvistik xususiy kompetensiyalarni ham shakllantiradi. Maktabdagi yosh mutaxassis o’qituvchilar, ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan ustozlarning dars o’tish metodini o’rganishi va ularning darslarida ko’proq tahlilda bo’lishlari kerakligini aytib o’tdi.


Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan uslub birlashma yig’ilishi qaror qiladi:

1.Kun tartibidagi 2- masala yuzasidan uslub birlashma a’zosi, kimyo fani o’qituvchisi M.Alimboyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Maktabdagi yosh mutaxassis o’qituvchilar, ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan ustozlarning dars o’tish metodini o’rganishi va ularning darslarida ko’proq tahlilda bo’lishlari kerakligini barcha mutahassis fan o’qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.

Yig’ilish raisi: B.Xomidov



Kotiba : G.Ruzitayeva.
Download 17.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling