4 – Mavzu: Yaxlit pedagogik jarayon. Didaktika ta’lim nazariyasi


Download 309.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana24.02.2022
Hajmi309.78 Kb.
#590502
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Маъруза-4
biznesni tashkil etish, test ped tarixi, Sinf jurnal., 3-amaliy mashgulot test, 1973996, inqiroz, 3- tema PS, taqvim 1111-kurs, taqvim 1111-kurs, taqvim 1111-kurs, file, 11-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-5, Islomda ayollarga munosabat 2, ruslon taklifnoma


4 – Mavzu:Yaxlit pedagogik jarayon. Didaktika ta’lim nazariyasi. 
Reja. 
1.Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzulishi. 
2.Ta‟lim jarayoni, uning ikki tomonlama xususiyati, tuzilishi (bosqichlari) 
3.Didaktika, uning asosiy kategoriyalari 
4. Ta‟lim qonuniyatlari va tamoyillari 
Pedagoglik kasbining paydo bo„lishiga e‟tibor qaratilsa, shu narsa 
ko„rinadiki, dastlab uning doirasida differensiallashuv va integratsiYalashuv 
jarayoni chegaralangan bo„lsa, keyinchalik ochiqchasiga ta‟lim va tarbiya qarama-
qarshi qo„yila boshladi: o„qituvchi o„qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX 
asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda 
ob‟ektiv nuqtai nazardan ta‟lim va tarbiyaga bir butun, Yaxlit hodisa sifatida qarala 
boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta‟limda vosita bor, lekin maqsad 
yo„q, ta‟limsiz esa maqsad bor, vosita yetishmaydi. 
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta‟limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: 
“Ta‟lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo„ladi, yoki 
aksincha”. 
Pedagogik jarayonning yagonaligi g„oyasi K.D Ushinskiy g„oyalarida 
chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma‟muriy, o„quv 
va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning 
taraqiyparvar g„oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B 
Elniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o„z aksini topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug„ullandi. U 
pedagogik jarayonlarning ko„ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini tahlil 
qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta‟lim, o„qitish, o„rgatish, tarbiya, pand-
nasihat, o„git va boshqa bir qator so„zlar turli xususiYat, jihatlar, vosita va 
vaziYatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi Yagona pedagogik jarayondir.
N.K.KrupskaYa, A.P.Pinkvich, S.T.Shaskiy, P.P.Blonskiy, A.S.Makarenko, 
M.M.rubinshteyn Yagona pedagogik jarayonning taraqqiyotiga katta hissa 
qo„shishdi.
XX 
asrning 
70-yillarida 
Yu.K.Babanskiy, 
B.S.Ilin, 
V.M.Korotov, 
B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, YU.P. Sokolnikov va boshqalar Yagona pedagogik 
jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.
Birinchi prezidentimiz I.Karimov o‟zining “Yuksak ma‟naviyat – yengilmas 
kuch” asarida ta‟lim-tarbiya xususida quyidagi fikrlarni keltirib o‟tgan: “Ta‟limni 
tarbiyadan, tarbiyani esa ta‟limdan ajratib bo‟lmaydi – bu sharqona qarash, 


sharqona hayot falsafasi”
1
. Darhaqiqat ta‟lim va tarbiyani yaxlit pedagogik jarayon 
sifatida qarash Sharqda ustivorlik kasb etib kelgan, buni biz o‟rta asrlar 
mutafakkirlari asarlarida ham, jadid ma‟rifatparvarlari qarashlarida ham 
ko‟rishimiz mumkin. 
Pedagogik jarayonning mohiyat tizimli metodologik yondashuv asosidagina 
zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob‟ektlarni tizimlar 
sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi 
o„zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o„zida jamlaydi.

Download 309.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling