4- topshiriq. 1-mashq. Test


Download 15.82 Kb.
Sana17.05.2020
Hajmi15.82 Kb.
#107176
Bog'liq
dinshunoslik 4-topshiriq


4- topshiriq.

1-mashq. Test.

1.В 9.А

2.А 10.Б


3.А 11.А

4.С 12.Б

5.Б 13.С

6.Д 14.Д


7.С 15.А

8.Д


2-mashq. Xristianlik (yunoncha christos – “muqaddas yog’ surtilgan”, “xaloskor”) milodning I asrida Falastinda yuzaga kelgan jahon dinlaridan biri. Mazkur din izdoshlari bo’yicha birnchi o’rinda turib, Yer yuzi aholisining qariyb 2 milliard unga e’tiqod qiladi. Xristianlik ta’limotining paydo bo’lishi Iso Masih shaxsi bilan bog’liq. Isoning bolaligi haqida malumotlar juda kam. Xristianlikning muqaddas manbai “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd” deb nomlanuvchi ikki bo’limidan tarkib topgan “Bibliya”(yunoncha – kitoblar) kitobi hisoblanadi. “Qadimgi Ahd” “Tavrot”, “Zabur” va boshqa bir necha kitb va gimnlarni o’z ichiga olib, umumiy hisobda 39 kitob, ya’ni bo’limlardan iborat. “Yangi Ahd” to`rt “Xushxabar” (“Injil”, “Yevangeliya”), havoriylar faoliyati (bir kitob), havoriylarning maktublari (21 ta) va “Vahiynoma” ni o`z ichiga olgan 27 kitob, ya`ni bo’limlardan tashkil topgan. Mark, Matto(Matvey), Luko va Yuxanno(Ioan) xushxabarlarning muallifi hisoblanib, barcha xristianlar tomonidan teng kuchli va qonuniy kuchga ega, deb tan olinadi. Injillar orasida eng qadimiysi Matto injili hisoblanib, Isoning o`limidan 4yil keyin ibroniy- yahudiy tilida yozilgan. Mark, Matto Luko injillari bir-biriga juda yaqin bo’lgani sababli “sinoptik injillar” deb ham ataladi. Imperator Kanstantingacha Isoning o`gitlari kitob holiga keltirlmagan edi. Mil.avv. IV asrdan boshlab cherkov soborlar chaqira boshlagan. Bu Soborlarda diniy ta’limot tizimi ishlab chiqlidi va tasdiqlandi, muqaddas qonunchilik me`yorlari va ibodatlarni olib borish qoidalari shakllandi, bid`atga (yereslar – xristianlik aqidalariga qarshi harakat, ta’limotlar) qarshi kurashish usullari aniqlandi. Birinxhi Sobor Nikeya shahrida chaqirilgan bo`lib, unda e’tiqod timsoli deb nomlangan xristianlik ta`limoti asosini tashkil etuvchi bosh aqidalar majmuasi qabul qilindi.Insonning bunday talqini faqat xristianlikka xos bo`lgan “sirli marosimlar” (Din ta`limotiga binoan ushbu marosimlarda Muqaddas Ruh ishtirok etadi, va shuning uchun ular sirli deb ataladi) – inson hayotiga ilohiylikni kiritish maqsadida qilinadigan o’ziga xos topinish (kult) harakatlar – tushunchasi bilan bog’liq. Bular cho’qintirish, evraxistiya, ruhoniylik unvonini berish, tavba qilish, miro surtish, yeley moyi surtish, nikoh.

3-mashq.


1. Xristianlikning bosh ibodati – cho`qintirish hisoblanadi. Bu bilan xristianlikka kiriladi.

2. Yangi Ahd 4ta “Xushxabar”, havoriylar faoliyati jamlangan 1 ta kitob, havoriylarning 21 ta maktubi, va “Vahiynoma” ni o1z ichiga oladi. Jami 27 bo`limdan iborat.

3. Xristianlik marosimlarining o`ziga xos jihati inson hayotiga ilohiylikni kiritish hisoblanadi.

Xristianlik dini oqimlari, ularning maqsadi va mohiyati.

Milodning I asri o’rtalarida qator diniy aqidalar bo’yicha qizg’in bahslar olib borilgan va ular xristianlikda turli yo’nalishlarning shakllanishiga sababchi bo’ldi. Buning ta’sirida cherkovda bo’linissh – sxizmalar vujudga keldi.

1054-yilda xristianlik dini doirasida ilk yirik bo’linish ro’y berdi, natijada provaslav (Sharwiy xristianlik) va katolik (G’arbiy xristianik) cherkovlari yuzaga keldi.

Provaslavlik tarixan xristianlikning sharqiy shakli sifatida shakllandi. Asosan Shqarqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon yarim orolida joylashgan mamlakatlarda tarqalgan. Nomlanishi (yunoncha ortohodoxia – to’g’ri e’tiqod tushunchasining rus tilidagi tarjimasida) ilk bor II asrda xristian mualliflari asrlarida uchraydi. Uning marosimlari, aqidalari va ta’limoti u hukmron davlat dini bo’lgan Vizantiyada IV-XI asrlarda shakllandi.Povalavlikda sirli marosimlar muhim o’rin egallaydi. Odatda katta cherkov bayramlari arafasida ro’za tutiladi. Uning mohiyati “inson ruhining poklanishi va yangilanishi”, diniy hayotdagi muhim hodisaga tayyorlanishdan iborat. Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi.

Katoliklik xristian dinining eng yirik yo’nalishi hisoblanadi. Katolik so’zi butun jahon, butun dunyo degan ma’nolarni anglatadi. Bu yo’nalish asosan G’arbiy, Janubiy-G’arbiy va Markaziy Yevropa, Pribaltika, Ukraina va Belorussiya g’arbiy hududlarida, Lotin Amerikasi va AQSH da tarqalgan. Katoliklik tarixida Rim Papalarining yuksalishi va ag’darilishi, cherkovning ijtimoiy-siyosiy hayotga bo’lgan katta ta’siri o’z aksini topadi. Katolik ta’limoti asosini xristianlikda tan olingan Muqaddas Kitob – Bibliya va Muqaddas rivoyatlar tashkil qiladi. Katolik cherkovi jiddiy ravishda markazlashganligi bilan ajralib turadi. Rim Papasi cherkovning rahbari hisoblanadi. U din va axloq bo’yicha qoidalarni belgilaydi. Katolik ta’limoti Provaslavlik kabi yetti sirli marosimni tan oladi, ammo ularning talqinlarida farqlar mavjud. Rodjestvo katoliklarda “advent” deb ataladi. U 30-noyabrda boshlanadi. Isoning tug’ilishi bayrami eng tantanali bayamdir. Katolik iyerarxiyasida 3 darajadagi ruhoniy bor: diakon, ruhoniy(kyure, pater, ksendz), yepiskop.



Protesttantlik. Reformatsiya natijasida XVI asrda vujudga kelgan diniy ta’limot. Protestantlik dunyo kishilarini ruhoniylardan ajratmaydi, bu ta’limotga ko’ra, barcha dindorlar ruhoniydir. Sirli marosimlardan faqat cho’qintirish va non bilan tamaddi qilishni tan oladi. Dindorlar Rim Papasiga bo’ysunmaydilar. Martin Lyuter ta’limoti Protestantlikdagi yo’nalishlardan biri – lyuterchilikka asos soldi. Bu ta’limota ko’ra odamlar vijdoni va tavba tazarruni ongli ravishda va muntazam nazorat qilishi lozim edi. Lyuteranlik Germaniya, Daniya, Norvegiya, AQSH da tarqalgan. Dunyodagi 408 mln protestant ichida 75 mln lyuteranlar tashkil qiladi. Ularning faoliyaini 1947-yilda tashkil etilgan Butun Jahon lyuteranlar ittifoqi tomonidan muvofiqlashtirashtiradi.

Xristianlikning Sharqqan tomon tarqalishi. XI asrdan boshlab xristianlikning sharqqa tomon tarqalishi keng tus oldi. 280-yilda Talos(Merke)da xristian dini cherkovlari qurilgan bo’lib, Samarqandda (302-yildan), Marvda(334-yildan), Hirotda(430-yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Marvda (430-yilda), Hirotda(558-yilda) 6-12 yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan.
Download 15.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling