4- topshiriq Yusuf Xos Xojibning xayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot bering


Download 20 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi20 Kb.
#156485
Bog'liq
Yusuf Xos Hojib


4- topshiriq

1. Yusuf Xos Xojibning xayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot bering.

Javob.Yusuf Balasog‘uniy Yettisuv o‘lkasidagi Kuzo‘rda (Balasog‘un) shahrida 1021 yilda dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston o‘lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo‘l ostida edi. Bu sulola VI–IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari bo‘lib, IX asr o‘rtalaridan davlatni boshqarib keldilar.

Yusuf Xos Hojib turkigoʻy shoir, mutafakkir, davlat arbobi- "Qutadgʻu bilig" dostoni muallifi. Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham "Qutadgʻu bilig" kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniy adabiy hayotdan oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan.

Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga yoʻllovchi bilim", 1069—70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham koʻtardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti anʼanalari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy oʻzlashtirgan holda yaratilgan. "Shohnoma" kabi mutaqorib vaznida yozilgan va "Turkiy Shohnoma" nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va toʻrtliklardan iborat)."Qutadgʻu bilig" — 11-asr soʻz sanʼatining nodir namunasi boʻlib, unda oʻz davrining ilgʻor ijtmoiy-siyosiy, maʼnaviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va anʼanalari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil maʼlumot berilgan. Yusuf Xos Hojib uni Bolosogʻunda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavgʻoch Bugʻroxonga takdim etgan. Bugʻroxon muallifni taqdirlab, unga "Xos Hojib" ("Eshik ogʻasi") unvonini bergan. Shundan keyin shoir "Yusuf Xos Hojib" nomi bilan mashhur boʻlgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga toʻgʻri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham ogʻir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan.Davlat va jamiyat qurilishi masalalari, komil inson va ilm-maʼrifat targʻiboti asardagi toʻrt ramziy qahramon Kuntugʻdi (adolat), Oytoʻldi (baxt), Oʻgdulmish (aql) va Oʻzgʻurmish (qanoat) timsollari orqali ifoda qilingan.

2. “Qutadg‘u bilig” asari nechanchi yillarda yaratilgan?

Javob."Qutadg'u bilig“ -„Saodatga yoʻllovchi bilim“— Yusuf Xos Hojib asari, turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069—70 yillarda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar berishicha, bu kitob oʻz davridayoq keng tarqalib, mashhur boʻlgan.

3.Yusuf Xos Hojib qaysi tillarni mukammal bilgan?

Javob. Yusuf Xos Hojib arab va fors tillarini mukammal bilgan

4. “Qutadg‘u bilig” qanday ma’noni anglatadi?

Javob.Qutadgʻu bilig «Saodatga boshlovchi bilim» ma'nosini anglatadi.

5. Shimoliy Xitoyliklar “Qutadg‘u bilig” asarini qanday ataganlar?

Javob.Shimoliy xitoyliklar uni „Adab ul-muluk“

(„Hukmdorlar odobi“) deb ataganlar.



6. “Qutadg‘u bilig”ning nechta qo‘lyozma nusxasi fanda ma’lum?

Javob.Uch nusxasi -Vena, Qohira va Namangan nusxalari mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy yaʼni aruzning «mutaqoribi musammani mahzuf» vaznida yozilgan
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling