4. 1- mavzu. Xizmat ko‘rsatish sohalariga oid kasb- hunar turlari. Reja: (2-soat). Kasblar haqida umumiy ma’lumotlar


Download 206.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana03.10.2022
Hajmi206.53 Kb.
#830005
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 1 MAVZU XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARIGA OID KASB HUNAR TURLARI
Семинар к теме 3 (1), xaitova tex1 amaliy, Ma'naviyat asoslari, Aziza, download, diskret 5-amaliy, Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni, Қад.Хинд.цивилизацияси, Қад.Хинд.цивилизацияси, statistika 10, KT Laboratoriya, Nemis, Nemis, 4 seminar, fizika dior


4.1- MAVZU. XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARIGA OID KASB-
HUNAR TURLARI. 
 
REJA: (2-soat). 
1.Kasblar haqida umumiy ma’lumotlar. 
2.Kasblarning bo‘limlari va guruhlari.
3.Xizmat ko‘rsatishga oid kasb-hunar turlari 
 
Tayanch iboralar: xizmatchi lavozimi, funksional vazifalar, lavozim 
huquqlari, xizmat mavqei, ishchi kasbi, xizmatchilar, boshqaruv funksiyalari
mutaxassislar, ishchilar, mehnat quroli, mehnat jarayoni, mehnat predmeti 
 
1.Kasblar haqida umumiy ma’lumotlar. Kasb har bir shaxsning muntazam 
faoliyat sohasi. Ana shu faoliyat orqali o‘zining moddiy ta’minoti va ma’naviy 
o‘sishini ta’minlaydi. (shaxtyorlar, uchuvchilar, o‘qituvchilar). Xizmatchilarning 
asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari(XALIKK)da tegishli tariflar bilan 
birgalikda quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi: 
a) xizmatchi lavozimi — xodimning funksional vazifalari, lavozim huquqlari 
va javobgarlik xususiyati bilan belgilanadigan uning xizmat mavqei; 
b) ishchi kasbi — kasbga o‘qish yoki amaliyot natijasida egallangan jami 
bilimlar va ko‘nikmalar bilan belgilanadigan ishchining mehnat faoliyati turi; 
v) xizmatchilar — tashkilotda hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishni, 
hisob va nazoratni, boshqaruv funksiyalarini, shuningdek xo‘jalik xizmatini amalga 
oshiradigan lavozimni egallagan mutaxassislar; 
g) mutaxassislar — ishlab chiqarish va ma’muriy jarayonlarni rejalashtiruvchi, 
loyihalashtiruvchi va nazorat qiluvchi, murakkab texnikaga xizmat ko‘rsatuvchi, 
hujjatlarni ishlab chiquvchi, xodimlarni boshqaruvchi, tashkilot faoliyati 
jarayonlarini, shu jumladan, ularga farmoyish beruvchi vakolatlar berilmagan holda 
tartibga soluvchi, ta’lim beruvchi va sog‘lomlashtiruvchi, ijodiy va ilmiy faoliyatni, 
shu jumladan, boshqa o‘ziga xos funksiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar. 
Mutaxassislar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga tegishli bo‘lishi, farmoyish 
berish va ijro etish funksiyalarini bajarishlari mumkin; 
d) ishchilar — mehnat quroli yordamida mehnat jarayonida ishlov berilishi 
kerak bo‘lgan materiallarga (mehnat predmetiga) ta’sir ko‘rsatadigan, asosan 
jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan, mahsulot yaratadigan, mashinalarni 
kuzatadigan, sozlaydigan va saqlaydigan, mehnat predmetlari joyini o‘zgartiradigan, 
mehnatning normal sharoitlarini saqlab turadigan, tovarlar va xizmatlarning ishlab 
chiqarish texnologiyasi bilan belgilanadigan boshqa funksiyalarni bajaradigan 
xodimlar; 
e) xodimlar toifasi — xizmatchining mehnati mazmunining tavsiflari va 
ko‘rsatkichlari tizimi: 
boshqaruv xodimlari — boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, 
xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, 
tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga 


soluvchi, zarur qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlovchi xodimlar. 
Boshqaruv xodimlari tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar va vazifalarga 
erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funksiyalar va ishlab 
chiqarish dasturlari bajarilishini ta’minlaydilar. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va 
boshqaruv xodimlari mutaxassislariga bo‘linadi; 

Download 206.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling