4. 2-mavzu bo'yicha topshiriq javoblari. Davlat nazorati organlari — ? davlat nazorati organlari


Download 119 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi119 Kb.

4.2-mavzu bo'yicha topshiriq javoblari.

1. Davlat nazorati organlari — ?

davlat nazorati organlari — shaxslar, transport vositalari, tovarlarni ushbu Nizomga muvofiq Davlat chegarasi orqali oʻtkazishda ishtirok etadigan chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari.

2. Qoʻshma naryad — ?

qoʻshma naryad — shaxslar, transport vositalari va tovarlarni birgalikda nazorat qilishga jalb etiladigan davlat nazorati organlari vakillaridan iborat tarkibdagi naryad.

3. Davlat chegarasi — ?

Davlat chegarasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo boʻshligʻida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq boʻylab oʻtuvchi vertikal sathdan iborat.

4. Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida jismoniy shaxslarga nisbatan bojxona nazoratini tashkil etish tartibi?

Bojxona organlari xodimlari tomonidan Davlat chegarasi orqali oʻtadigan shaxslarning avtotransport vositalari, tovarlari, qoʻl yuki hamda bagaji bojxona nazoratidan oʻtkaziladi. Agarda bojxona nazoratidan oʻtkazish jarayonida ekologik nazorat obyektlari aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari mutaxassislari jalb qilinadi.



5. Quyidagilar davlat nazorati organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etishning asosiy vazifalari?

Quyidagilar davlat nazorati organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali oʻtkazishda birgalikda harakat qilish tartibi va usullarini belgilash;

oʻtkazish punktlarida yoki ularga kirish joylarida shaxslar va transport vositalari tirbandligi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

Davlat chegarasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish, chegara va bojxona qonun hujjatlari buzilishini aniqlash va uning oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish;

oʻtkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarni imkon qadar qisqa muddatlarda nazorat tartib-taomillaridan oʻtkazish hamda tashqi savdoning rivojlanishiga koʻmaklashish;

oʻtkazish punktlarida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish texnologiyalarini takomillashtirish va optimallashtirish;

davlat nazorati organlarining oʻtkazish punktlarida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda kelishilgan holda harakat qilishga doim tayyor turish;

Davlat chegaralarini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi qonun hujjatlarini bajarish boʻyicha davlat nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish.

6. Davlat chegarasi orqali kimlar ustuvor tartibda, navbatsiz oʻtkaziladi?

Davlat chegarasi orqali quyidagilar ustuvor tartibda, navbatsiz oʻtkaziladi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar, ogʻir bemorlar, homilador va nogiron shaxslar, 7 yoshgacha boʻlgan bolalar, ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar va ular ketayotgan avtotransport vositalari;

xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni muntazam tashiydigan transport vositalari;

tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va boshqa materiallar;

tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur boʻlgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib oʻtiladigan transport vositalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli yozma topshirigʻiga muvofiq shaxslar, transport vositalari va tovarlar;

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;

Oʻzbekiston Respublikasining oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar

7. Jismoniy shaxslarga oʻtkazish punktida nimalar taqiqlanadi?

Jismoniy shaxslarga oʻtkazish punktida quyidagilar taqiqlanadi:

chegara nazorati boʻlinmasi rahbari va (yoki) bojxona organi boshligʻining ruxsatisiz foto va videoga suratga olish;

davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini tashkil etishiga xalaqit bersa, mobil va boshqa vositalardan foydalanish;

davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha belgilangan tartibni buzishga majbur qiladigan harakatlarni sodir etish, shu jumladan, ularga biron-bir moddiy qimmatliklarni taklif etish;

davlat nazorati organlarining qonuniy talablarini bajarmaslikka, har qanday koʻrinishda omma oldida daʼvat etish, ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida atayin soxta uydirmalar tarqatish yoʻli bilan davlat nazorati organlarining oʻz qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga qarshilik koʻrsatish, shuningdek, davlat nazorati organlarining huquqbuzarliklarni toʻxtatish haqidagi qonuniy talablariga boʻysunmaslik;

oʻtkazish punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kirish;

oʻtkazish punkti hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurol-yarogʻ, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tugʻdiradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish (olib oʻtish).



8. Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda shaxslar, yoʻlovchilar va ularning qoʻl yuklari hamda bagaji nazorat tartib-taomillaridan qanday tartibda oʻtkaziladi?

Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda shaxslar, yoʻlovchilar va ularning qoʻl yuklari hamda bagaji nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

a) chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlar mavjudligi tekshiriladi;

b) sanitariya-karantin boʻlinmasi tomonidan nazoratdan oʻtkaziladi;

v) Davlat chegarasi orqali piyoda oʻtadigan shaxslar qoʻl yuki bilan birga nazorat tartib-taomillaridan oʻtish uchun zalga yoʻnaltiriladi;

g) bojxona nazoratidan oʻtkazish jarayonida bojxona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini ham amalga oshiradi:

fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi toʻgʻrisida soʻrash;

fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarniolib kirish uchun ruxsat etuvchi hujjatlar mavjudligini soʻrash;

qoʻl yuki va bagajni nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazorati obyektlari mavjudligini nazorat texnik vositalari yordamida koʻzdan kechirish.

9. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda shaxslar, yoʻlovchilar va ularning qoʻl yuklari hamda bagaji nazorat tartib-taomillaridan qandaytartibda oʻtkaziladi?

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda shaxslar, yoʻlovchilar va ularning qoʻl yuklari hamda bagaji nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

a) chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan shaxslarning Davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligi tekshiriladi;

b) Davlat chegarasi orqali piyoda oʻtadigan shaxslar va yoʻlovchilar qoʻl yuki hamda bagaji bilan birga nazorat tartib-taomillaridan oʻtish uchun zalga oʻtkaziladi;

v) Davlat chegarasidan piyoda oʻtayotgan shaxslar nazorat tartib-taomillaridan oʻtkazilganidan soʻng, oʻtkazish punktidan texnologik sxemaga muvofiq belgilangan yoʻnalish boʻyicha chiqariladi, yoʻlovchilar esa maxsus ajratilgan joyga oʻtadi.

Chegara va bojxona nazorati jarayonida yoki undan soʻng shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishdan bosh tortgan hollarda, u Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib kiritiladi, uning chiqish haqida qoʻyilgan belgilari bekor qilinadi va undirilgan yigʻimlar qaytarib berilmaydi.



10. Temir yoʻl oʻtkazish punktlarida jismoniy shaxslarga nisbatan nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi?

Chegara nazorati boʻlinmasining rahbari poyezd kelishidan oldin oʻtkazish punktida rejim tashkil qiladi.

Davlat nazorati organlari temir yoʻl tarkibining kelishi va ketishi toʻgʻrisidagi axborotni stansiya boʻyicha navbatchidan (dispetcherdan) oladi.

Yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuki va bagaji hamda poyezd brigadasi aʼzolari qoʻshma naryad tomonidan oʻtkazish punktida, ayrim hollarda esa harakatlanish yoʻnalishida nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi.

Nazorat tartib-taomillari poyezdlar harakatlanishi jadvalida nazarda tutilgan toʻxtab turish vaqti davomida amalga oshiriladi. Temir yoʻl stansiyasi maʼmuriyati davlat nazorati organlariga poyezdlar harakatlanishi jadvalidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida oldindan xabar beradi.

Oʻtkazish punktlarida yuk va yoʻlovchi tashish poyezdlarini tekshirish tartibi hamda davomiyligi yuk va yoʻlovchi tashish poyezdlarini nazorat qilishning hududiy temir yoʻl boʻlinmalari va davlat nazorati organlarining hududiy tuzilmalari bilan kelishilgan texnologik sxema asosida belgilanadi.



11. Temir yoʻl oʻtkazish punktlarida jismoniy shaxslarga nisbatan nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda)?

Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda:

Chegara nazorati boʻlinmasi rahbari chegaradosh davlatning chegara stansiyasidan temir yoʻl tarkibining harakatlanishi va kelish vaqti toʻgʻrisida stansiya navbatchisidan (dispetcheridan) axborot oladi.

Temir yoʻl tarkibi Davlat chegarasini kesib oʻtishda chegara naryadi soʻroviga asosan stansiya navbatchisi (dispetcheri) tomonidan unga chiqishi uchun toʻxtatiladi va naryad tarkibni oʻtkazish punktigacha kuzatib boradi. Davlat chegarasi liniyasida toʻxtash joyi va toʻxtab turish vaqti chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan temir yoʻl maʼmuriyati bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Yoʻlovchilar, odatda, vagonlar, lokomotivlar, temir yoʻl vokzali binosida yoki buning uchun maxsus ajratilgan boshqa joylarda chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkaziladi.

12. Temir yoʻl oʻtkazish punktlarida jismoniy shaxslarga nisbatan nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda)?

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda:

Yoʻlovchilar poyezdga chiqariladigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

chegara va bojxona nazorati boʻlinmalari poyezdning poyezdlar harakatlanishi jadvalida belgilangan joʻnab ketish vaqtidan 3 soat oldin chegara va bojxona nazorati liniyasiga oʻtadi, vokzal zalini koʻzdan kechiradi, begona shaxslarni chiqarib yuboradi, buyumlar va predmetlarni olib tashlaydi hamda ish oʻrinlari va maxsus texnika vositalarini ishlashga tayyorlaydi;

yoʻlovchilar nazoratdan va zal boʻyicha navbatchilar tomonidan chiptalar roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng veterinariya va fitosanitariya nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi hamda chegara nazoratidan oʻtkaziladi, poyezd kelguniga qadar kutish zaliga yuboriladi;

chegara naryadi chegara nazorati liniyasida yoʻlovchilar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va begona shaxslarning nazorat liniyasidan noqonuniy oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kuzatib turadi;

zal boʻyicha navbatchi roʻyxatdan oʻtkazish tugagandan soʻng roʻyxatga olingan yoʻlovchilar haqida chegara naryadiga axborot beradi;

chet elga chiquvchi shaxslarning hujjatini tekshirish poyezd joʻnab ketishiga 15 daqiqa qolganda, temir yoʻl stansiyasi maʼmuriyati tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan yoʻlovchilarning barchasi poyezdga chiqarilgandan soʻng yakunlanadi;

transport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qoʻshma naryad joʻnab ketadigan temir yoʻl tarkibini tashqi va ichki tomondan koʻrikdan oʻtkazadi;

poyezd koʻrikdan oʻtkazilgach, chegara nazorati boʻlinmasining rahbari bojxona organi boshligʻi bilan kelishgan holda vokzal binosida bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazoratidan oʻtgan yoʻlovchilarga poyezdga chiqish, shuningdek, tovarlarni yuklashga ruxsat beradi;

roʻyxatdan, nazorat tartib-taomillaridan oʻtmagan yoʻlovchilarning poyezdga chiqishiga ruxsat etilmaydi;

poyezd brigadasi aʼzolari texnologik sxemaga muvofiq temir yoʻl tarkibi tashkil etiladigan joyda turgan vagonlarda nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi;

yoʻlovchilar vagonlarga chiqarilgach, chegara nazorati boʻlinmasining rahbari bojxona organi boshligʻi va navbatchi dispetcher bilan kelishgan holda oʻtkazish punkti hududidan poyezdning joʻnashiga ruxsat beradi;

chegara naryadi poyezdning oʻtkazish punkti hududidan joʻnab ketishini nazorat qiladi.



13. Poyezdlardan yoʻlovchilar tushirilmaydigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari qanday tartibda amalga oshiriladi?

Chegaraardan yoʻlovchilar tushirilmaydigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

qoʻshma naryad ichki ishlar organlari bilan birgalikda oʻtkazish punktida zarur rejim cheklovlari bajarilishini taʼminlaydi;

chegara nazorati boʻlinmasi, bojxona organi va sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari temir yoʻl tarkibiga yuboriladi va tekshiruvni amalga oshiradi. Vagonlar kuzatuvchilari sanitariya-karantin boʻlinmalari xodimlariga oʻta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilinayotgan yoʻlovchilar borligi hamda ularning soni haqida axborot beradi. Yoʻlovchilarning hujjatlarini tekshirish, vagonni ichki va tashqi koʻrikdan oʻtkazish, pochta-bagaj vagonini koʻzdan kechirish, shuningdek, lokomotivni koʻrikdan oʻtkazish texnologik sxemaga muvofiq amalga oshiriladi;

qoʻshma naryad vagonda nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishni boshlashdan avval vagon kuzatuvchisidan yoʻlovchilar kupeda oʻz joylarini egallashini va hujjatlari, qoʻl yuklari hamda bagajini tekshirishga tayyorlashini, koʻrish cheklangan sharoitda esa vagondagi qoʻshimcha yoritish chiroqlarini yoqishni talab qiladi (kamida 80 lyuks);

yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuklari va bagaji quyidagi ketma-ketlikda nazoratdan oʻtkaziladi:

sanitariya-karantin nazorati;

chegara nazorati;

bojxona nazorati;

fitosanitariya va veterinariya nazorati.

14. Yoʻlovchilar poyezddan tushiriladigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari, odatda, qanday tartibda amalga oshiriladi?

Yoʻlovchilar poyezddan tushiriladigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari, odatda, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

yoʻlovchilarni kutib oladigan chegara naryadi yoʻlovchilarni perronda kutib turadi va zarur rejim cheklovlari bajarilishini taʼminlaydi;

mashinistlar brigadasi qoʻshma naryad tomonidan lokomotiv kabinasida chegara nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi;

bojxona naryadi tovarning pochta-bagaj vagonidan tushirilishi va pochta-bagaj boʻlimiga olib borilishini nazorat qiladi;

yoʻlovchilar qoʻl yuki va bagaji bilan hamda tovarlar poyezddan tushirilgach, transport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qoʻshma naryad tarkibni yuk hamda yoʻlovchi tashish poyezdlarini nazorat qilish texnologik sxemasiga muvofiq maxsus ajratilgan joylarda tashqi hamda ichki tomondan koʻrikdan oʻtkazadi;

yoʻlovchilar ularni kutib oladigan qoʻshma naryad kuzatuvi ostida temir yoʻl vokzalining tegishli zaliga boradi;

yoʻlovchilar sanitariya-karantin nazoratidan oʻtgandan soʻng, chegara nazorati liniyasiga oʻtadi. Oʻta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilingan bemor yoʻlovchilar aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda epidemiyaga qarshi tadbirlar amalga oshiriladi;

yoʻlovchilar chegara nazoratidan oʻtish paytida qoʻshma naryad yoʻlovchilar, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va begona shaxslarning hujjatlarni tekshirish liniyasi orqali noqonuniy oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kuzatib turadi;

yoʻlovchilar bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtish paytida veterinariya va fitosanitariya nazoratidan ham oʻtkaziladi;

barcha turdagi nazorat tadbirlari tugagandan soʻng, yoʻlovchilar qoʻl yuki va bagaji bilan vokzal binosidan chiqadi;

vokzal zali boʻyicha navbatchi oʻtkazish punktiga begona shaxslar, shu jumladan, kutib oluvchilar kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yoʻlovchilarning vokzal binosidan chiqishini nazorat qiladi;

chegara va bojxona nazorati nihoyasiga yetganidan soʻng yoʻlovchilar, perron va vokzal zali qoʻshma naryad tomonidan begona buyumlar va predmetlarni aniqlash uchun koʻzdan kechiriladi.

15. Yoʻlovchilar poyezdga chiqarilmaydigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari qanday tartibda amalga oshiriladi?

Yoʻlovchilar poyezdga chiqarilmaydigan oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

chet elga joʻnab ketayotgan temir yoʻl tarkibining oʻtkazish punktiga kelishidan 20 daqiqa oldin stansiya boʻyicha navbatchi (dispetcher) chegara nazorati, bojxona xizmati boʻlinmalari va ichki ishlar organlariga tegishli axborotni yetkazadi va ular perronga borib hududni koʻzdan kechiradi, begona shaxslarni chiqarib yuboradi, buyumlar va predmetlarni olib tashlaydi hamda ish oʻrinlari va maxsus texnika vositalarini ishlashga tayyorlaydi;

oʻtkazish punktiga poyezdda kelgan yoʻlovchilar bevosita poyezd vagonlarida nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi;

temir yoʻl tarkibining pochta-bagaj vagoni qoʻshma naryad tomonidan koʻzdan kechiriladi;

nazorat tartib-taomillari tugaganidan soʻng chegara nazorati boʻlinmasining rahbari bojxona organi boshligʻi va stansiya boʻyicha navbatchi (dispetcher) bilan kelishgan holda oʻtkazish punkti hududidan poyezdning joʻnashiga ruxsat beradi;

chegara naryadi temir yoʻl tarkibining oʻtkazish punktidan joʻnab ketishini nazorat qiladi.

16. Aviatsiya oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi?

Xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlaridan (aerodromlaridan) uchadigan va qoʻnadigan barcha havo kemalari hamda harbiy-transport aviatsiyasi chegara, bojxona nazoratidan oʻtkaziladi. Xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan fuqaro aviatsiyasi havo kemalari epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha sanitariya-karantin nazoratidan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy-havokuchlarining jangovar samolyotlari va vertolyotlari chegara nazoratidan oʻtkazilmaydi.

17. Aviatsiya oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda)?

Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda:

Havo kemasi qoʻnishidan 10 daqiqa avval chegara nazorati boʻlinmasi havo kemalari turadigan tegishli joyda, shuningdek, davlat nazorati boshqa organlarining xodimlari bilan birgalikda aeroportning yoʻlovchilar oʻtishi yoʻnalishi boʻyicha xalqaro sektorida zarur rejimni oʻrnatadi.

Havo kemasida kelgan yoʻlovchilar rasmiylashtirish zaliga oʻtadi va bu yerda quyidagi nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi:

sanitariya-karantin nazorati;

chegara (pasport) nazorati;

bojxona nazorati (bojxona rasmiylashtiruvi);

fitosanitariya nazorati;

veterinariya nazorati.



18. Aviatsiya oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda)?

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda:

Chegara nazorati boʻlinmasi, bojxona organi va davlat nazorati boshqa organlari rahbarlariga havo kemasi uchib ketishidan 3 soat avval aeroport dispetcheri ovozni kuchaytirish aloqasi orqali havo kemasining uchib ketish, roʻyxatdan oʻtkazishning boshlanishi, yoʻlovchilar soni va toifasi, havo kemasining turi haqida maʼlum qiladi.

Qoʻshma naryad havo kemasining turiga qarab yoʻlovchi tashish havo kemasi uchib ketishidan 1-2,5 soat (yuk tashuvchi havo kemasi — 45 daqiqa) qolganda tegishli turish joyiga keladi va bu yerda zarur rejimni oʻrnatadi.

Bojxona organi xodimlari xalqaro reyslarda parvoz qiladigan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni havo kemasining eʼlon qilingan uchish vaqtidan 3 soat avval boshlaydi va ketishiga 35 daqiqa qolganda yakunlaydi.

Chegara nazorati boʻlinmasi ketuvchi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni havo kemasi ketishidan 3 soat avval boshlaydi va 30 daqiqa qolganda yakunlaydi.

Aviatsiya xavfsizligini tekshirish xizmati (keyingi oʻrinlarda AXTX deb ataladi) xodimlari xalqaro reyslarda parvoz qiladigan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni havo kemasining eʼlon qilingan uchish vaqtidan 3 soat avval boshlaydi va ketishiga 35 daqiqa qolganda yakunlaydi.

Yoʻlovchilar rasmiylashtirishdan quyidagi tartibda oʻtadi:

aviachipta, qoʻl yuki va bagajni roʻyxatga olish;

bojxona nazorati (bojxona rasmiylashtiruvi);

fitosanitariya va veterinariya nazorati;

chegara (pasport) nazorati;

aviatsiya xavfsizligini tekshirish.

Yoʻlovchilarni havo kemasiga chiqarish uchib ketishga 20 daqiqa qolganda tugashi kerak.

19. Aviatsiya oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtishda)?

Havo kemasi qoʻnishidan bir soat avval chegara nazorati boʻlinmasi rahbari aeroport dispetcheridan transfer yoʻlovchilar sonini aniqlaydi va davlat nazorati organlari oʻrtasida hamkorlikni tashkil qiladi.

Havo kemasi kelib qoʻngach transfer yoʻlovchilar, odatda, aviatsiya xavfsizligi tekshiruvidan oʻtgandan soʻng TTX agentligi hamrohligida transfer zalga oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro havo qatnovlari uchun ochiq aeroportlarida (aerodromlarida) texnik qoʻnishlarni amalga oshiradigan havo kemalari, ularning ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilari ushbu havo kemalari aeroportda (aerodromda) boʻlgan vaqt davomida chegara va bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.

Qisqa (3 soat) vaqt texnik toʻxtash bilan parvoz qilayotgan havo kemalari chegara va bojxona nazoratidan oʻtkazilmaydi.

Qoʻshma naryad aeroportning yoʻlovchilar oʻtish yoʻnalishi boʻyicha zallari va binolarini begona shaxslar, buyumlar va predmetlar bor-yoʻqligini aniqlash uchun koʻzdan kechiradi.

Tranzit yoʻlovchilar parvozni davom ettirishdan bosh tortganda, ushbu toifadagi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun nazarda tutilgan tartib-taomillardan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun nazorat tartib-taomillaridan oʻtgan transfer yoʻlovchilar parvozni davom ettirmoqchi boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish uchun nazarda tutilgan tartib-taomillardan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.



20. Havo kemasida kelgan yoʻlovchilar rasmiylashtirish zaliga oʻtadi va bu yerda qanday nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi?

Havo kemasida kelgan yoʻlovchilar rasmiylashtirish zaliga oʻtadi va bu yerda quyidagi nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi:

sanitariya-karantin nazorati;

chegara (pasport) nazorati;

bojxona nazorati (bojxona rasmiylashtiruvi);

fitosanitariya nazorati;

veterinariya nazorati.

21. Daryo oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi?

Oʻzbekiston Respublikasi bandargohlariga chet eldan kelgan yoki ushbu bandargohlardan chet elga ketadigan kemalar va suzadigan vositalar nazorat tartib-taomillaridan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasining chet el bandargohlariga kirmasdan suzadigan kemalarini koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror ular oʻtkazish punktiga kelgandan soʻng chegara nazorati boʻlinmasi va bojxona organi rahbari tomonidan qabul qilinadi.

Ekipaj aʼzolari kema bortida, yoʻlovchilar esa, odatda, bandargohning maxsus ajratilgan binosida chegara va bojxona nazoratidan oʻtkaziladi hamda rasmiylashtiriladi.

Chet elga ketadigan kema va suzadigan vositani chegara va bojxona nazoratidan oʻtkazishdan avval ulardan begona shaxslar tushirib yuborilishi, ekipaj aʼzolari esa kema bortida qolishlari lozim.

Koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan avval qoʻshma naryad kema kapitanidan yopiq inshootlarda zaharli moddalar bor yoki yoʻqligini soʻrab aniqlab oladi. Koʻrikdan oʻtkaziladigan barcha inshootlarga koʻzdan kechirish guruhiga hamrohlik qiladigan kema ekipaji aʼzolari birinchi boʻlib kirishi va ulardan oxirgi boʻlib chiqishi kerak.

Chet elga suzadigan kemalarda tashiladigan lixterlar, vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar va tovarlar kemaga, suzadigan vositaga yuklashdan oldin yoki tushirilgandan soʻng koʻrikdan oʻtkaziladi.

Chegara nazorati boʻlinmasi chet elga suzadigan kemalar turadigan joydagi oʻtkazish punktidagi rejimni, shuningdek, ularda vaxta xizmati olib borilishini nazorat qiladi.

Qoʻshma naryad aʼzolari koʻrikdan oʻtkazish ishlarini nihoyasiga yetkazgach, chegara va bojxona naryadi boshligʻining ruxsati bilan kemani tark etishi mumkin.

Kemalar kapitanlari chegara va bojxona nazorati boʻlinmalarini bandargoh maʼmuriyati orqali kemaning chet elga chiqishga tayyor ekanligi haqida xabardor qiladi.

Kema oʻtkazish punkti prichalidan chegara nazorati boʻlinmasi rahbarining ruxsati bilan joʻnaydi.

22. Daryo oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda)?

Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda:

Daryo kemasi kelishidan 30 daqiqa oldin qoʻshma naryad prichalga borib, uni va tutash hududlarni koʻzdan kechiradi, begona shaxslarni chiqarib yuboradi va kelgan kemani kuzatishni tashkil qiladi.

Qoʻshma naryad va chegara naryadi tekshiruv dan yetkazadi.

Kema umumiy koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng, bojxona organi ruxsati bilan lixterlar, vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar, katta hajmli va boshqa tovarlarni tushirishga ruxsat etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga barjalar bilan kelgan va chet elga tez ketadigan teploxodlar koʻrikdan oʻtkazilmaydi. Teploxodlar prichalda turish vaqtida kuzatuvda boʻladi.

23. Daryo oʻtkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasiga chiqishda)?

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda Davlat nazorati organlari kemaning chet elga ketish vaqti toʻgʻrisidagi axborotni daryo floti boʻyicha navbatchi dispetcherdan qoʻshma naryad toʻplanishidan 30 daqiqa avval oladi.

Qoʻshma naryad kema turadigan joyga kelib prichal va unga tutash joylarni koʻzdan kechiradi, barcha begona shaxslarni chiqarib yuboradi va kema hamda atrof kuzatilishini tashkil qiladi.

Qoʻshma naryad va chegara naryadi tekshiruv dan yetkazadi.

Kemadagi katta hajmli tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganda, ular kemaga yuklanayotganda buning uchun maxsus tayinlangan bojxona xodimlari tomonidan bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.

Kema umumiy koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng, bojxona organi ruxsati bilan lixterlar, vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar, katta hajmli va boshqa tovarlarni tushirishga ruxsat etiladi.

Kemani koʻrikdan oʻtkazish va qoʻshma naryad ishlari nihoyasiga yetkazilgach, chegara naryadi boshligʻi kemaning chet elga joʻnab ketishiga ruxsat beradi.

Chegara naryadi kemaning qirgʻoqdan chiqib, prichaldan kamida 100 metr masofagacha uzoqlashishini kuzatib turadi.

24. Oʻtkazish punktlarida bojxona nazorati organlarining huquqlari va majburiyatlari?

Bojxona organi oʻz vakolati doirasida oʻtkazish punktida quyidagi huquqlarga ega:

yuridik va jismoniy shaxslardan tovarlar va transport vositalarini, shuningdek, zarur hujjatlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va (yoki) bojxona koʻrigidan oʻtkazish uchun taqdim etishini talab qilish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;

shaxslar, tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini amalga oshirish uchun maʼlumotlar va hujjatlarni tekshirish, ogʻzaki soʻrov oʻtkazish, axborot olish, bojxona koʻzdan kechiruvi, bojxona koʻrigi va shaxsiy koʻrikni oʻtkazish, shuningdek, binolar, hududlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish;

valyuta nazoratini amalga oshirish;

bojxona nazorati uchun tovarlar va boshqa predmetlardan namuna hamda nusxalar olish;

bojxona nazoratidan oʻtkaziladigan tovarlar turadigan hududlar va inshootlardan belgilangan tartibda foydalanish;

bojxona qonunchiligi buzilishlari haqidagi materiallarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka tortish;

bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti boʻlgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qoʻyish;

tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

bojxona nazoratini amalga oshirish va huquqbuzarliklarni aniqlashda texnik va maxsus vositalarni, xizmat itlarini, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda oʻqotar qurol, jismoniy taʼsir choralarini qoʻllash.

Bojxona organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



Bojxona organi oʻtkazish punktida faoliyat yuritishda quyidagilarga majbur:

yagona davlat bojxona siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

bojxona qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, fuqarolar hayoti va salomatligini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashish;

yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar hamda transport vositalari oʻtkazish hamda bojxona chegarasini kesib oʻtishda huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat turlari bilan shugʻullanish huquqi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish.



Bojxona organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.

BAJARDI:IZZATULLAYEV SHOHRUX BI-519
Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling