4-Amaliy Kimyoviy bog’lanish va molekula tuzilishi. Gazlarning molekulyar massasini aniqlash


Download 1.05 Mb.
Sana03.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1691096
Bog'liq
1-4-Amaliy

4-Amaliy

Kimyoviy bog’lanish va molekula tuzilishi. Gazlarning molekulyar massasini aniqlash

Adabiyotlar: To’xtayev 18-28 betlar


Avogadro qonuni.
Harorat 0°C, bosim 101,325 kPa (760 mm simob ustuni, yoki 1 atmosfera) bo‘lgan sharoit normal sharoit (n.sh.) deyiladi.
Hajmiy nisbatlar qonunini tushuntirish uchun italiya olimi Avogadro 1811-yilda quyidagi gipotezani oldinga surdi:
«Bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va teng hajm da olingan gazlarning molekulalari soni o‘zaro teng bo‘ladi»
Bundan ikkita xulosa kelib chiqadi:
  • normal sharoitda 1 mol har qanday gazning hajmi 22,4 1 ga teng;
  • bir xil sharoitda teng hajmli gazlar massalarining nisbati ular molekular

  • massalarining nisbatiga teng bo‘lib, bu nisbat birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi

Agar bu nisbat 1 mol modda uchun olinsa, uni gaz doimiysi deyiladi.
p0 = 101,325 kPa, T0= 273 T, V0= 22,4 1 bo‘lsa, bu qiymat 8,31 J/mol ga teng.
Mol modda miqdorining birligi.
12 g uglerodning izotopida qancha atom bo‘lsa, shuncha molekulalar, atomlar, ionlar, elektronlar va boshqa struktura birliklari bo‘lgan modda miqdori mol deyiladi. 1 mol modda tarkibidagi struktura birliklari soni yuqori aniqlikda hisoblangan. Bu son Avogadro soni deyiladi va uning qiymati ga teng.
1 mol moddaning massasi molyar massa deyilib, son jihatdan u nisbiy molekular yoki nisbiy atom massaga teng b o‘ladi, lekin g/mol da o‘lchanadi.

Bu yerda: n-modda miqdori
m-moddaning massasi
M-molekulyar massa
Moddaning massasi uning miqdorini molyar massaga ko‘paytirish orqali topiladi:
m
Mendeleev Klopeyron tenglamasi
Gazlarning molekular massasini aniqlash
  • N.sh. da 1 ml vodorodda necha dona vodorod molekulasi borligini hisoblang?
  • N.sh. da 27 • 1021 dona gaz molekulasining hajmini hisoblang.
  • 30 g rux xlorid kislotada eritilsa, qancha hajm vodorod (n.sh.) ajralib chiqadi?
  • N.sh. 300 ml gazning massasi 0,857 g kelsa, uning molekular massasini hisoblang.
  • Alkenning kislorodga nisbatan zichligi 0,875 bo‘lsa, uning molekular massasini hisoblang.
  • 87°C va 96 kPa bosimda massasi 1,86 g bo‘lgan atseton bug‘ining hajmi 1 l bo‘lsa, uning mol massasini hisoblang
  • 17°C va 104 kPa bosimda massasi 1248 ml gazning massasi 3,12 g kelsa, shu gazning molekular massasini hisoblang.
  • Hajmi 10 1 bo‘lgan gazometrda 17°Cva 103,3 kPa bosimda to‘la gaz bor. Agar shu gazning havoga nisbatan zichligi 0,40 bo‘lsa, gazning massasini hisoblang.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling