4 amaliy mashg`ulot mavzusi yuzasidan qo’shimcha topshiriqlar


Download 105.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi105.5 Kb.
#258904
Bog'liq
Документ 13


4 – AMALIY MASHG`ULOT MAVZUSI YUZASIDAN QO’SHIMCHA TOPSHIRIQLAR

1-TOPSHIRIQ. Quyidagi nazorat savollari asosida mavzu bo‘yicha egallagan bilimlaringizni yodga oling.

1. Va'z nima? Voiz deb kimlarga aytiladi?

2. Sharq notiqligi haqida nimalar bilasiz?

3. Fapb notiqligi bilan Sharq notiqligining qanday o'xshash va farqli tomonlari bor?

4. Sharqda notiqlik va nutq madaniyati masalalari bilan shug'ullangan olimlardan kimlami bilasiz?

5. Notiqlar qaysi jihatlari bilan voizlardan ajralib turadi?

VA'Z- bu nutq hisoblanadi. Voiz esa shu nutqni so'zlovchi shaxs.

Voizlik san’ati jamoat oldida nutq soʻzlash, notiqlik sanʼati; ilmiy-siyosiy maʼruza, bahs, munozara, targʻibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega boʻlgan sanʼat. Yunonistonda voizlik ritorika deyilgan. Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor shaxsan oʻzi jamoat oldiga chiqib, oʻz siyosati, xalqaro ahvol va b. haqida nutq soʻzlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa juma namozi, hayit, navroʻz kunlari va b.da, mamlakatlararo urush boshlangandagi yigʻinlarda odat tusiga kirgan. 9-asrga kelib, bu muhim ishni xushovoz, taʼsirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus kishilar — voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, V. s. shakllangan. Rivoji jarayonida dabirlik (davlat ahamiyatidagi yozishmalarni insho etish va oʻqib berish), xatiblik (diniy, siyosiy mayldagi notiqlik), muzakkirlik (diniy-axloqiy masalalarni sharhlab berish) kabi tarmoqlari vujudga kelgan. V. s. ning nutq matnlari, tinglovchilarning bilimi, ijtimoiy mavqei va b. xususiyatlarga koʻra turli maqom (qism) larga boʻlingan: sultoniyot (yuqori tabaqa uchun), xutubu jihodiya (jangovar nutqlar), gʻaribona maqom (oddiy xalq uchun) va b. V. s. ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar davomida rivojlana bordi. Oʻrta asrlarda V. s. ning nazariyasi va talqin uslublarini yorituvchi ilmiy, uslubiy va xrestomatik asarlar yaratildi. V. s ni oʻrgatuvchi maxsus soha — kalom ilmi, balogʻa ilmi yuzaga keldi. V. s oʻtmishda katta ijtimoiy qudrat kasb etgan, hozirgi notiqlik sanʼati rivojida muhim rol oʻynagan.

4. Ulug’ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to`g’ri so`zlash, to`g’ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, qanday so`rash va qanday javob berish (masalasiga) kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...” .

Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan “Qobusnoma”da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo`lib, uning 6-7-boblari so`z odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o`quvchini yoqimli, muloyim, o`rinli so`zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. So`zlaganda o`ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko`z oldiga keltirib, gapirish kerakligini, kishi kamtar bo`lishi, o`zini xalq orasida oddiy tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko`p gapirish donolik belgisi emasligini shunday ifodalaydi: “Ey farzand, agar har nechakim suxandon bo`lsang, o`zingni bilg’ondan kamroq tutg’il, to so`zlash vaqtida nodon va beburd bo`lib qolmag’aysan. Ko`b bilib, oz so`zlag’il va kam bilib ko`p so`z demag’il. Nima uchunki, aqlsiz shundoq kishi bo`ladur-u ko`p so`zlar. Debdularki, xomushlik salomatlik sababidir, chunki ko`p so`zlaguvchi oqil kishi bo`lsa ham, avom uni aqlsiz derlar”83.

Ulug’ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo`lgan “Qutadg’u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so`zlarni to`g’ri tanlash va to`g’ri qo`llash haqida: “Bilib so`zlasa so`z bilig sanalur” degan edi.



5. Oldingi davrlarda notiqlar voiz deb yuritilgan. Notiqlik san’ati musulmon Sharqida voizlik deb atalgan. «Va’z» so`zi arabcha targ’ib qilish, pand-nasihat degan ma’nolarni anglatadi. «Voiz» so`щi esa va’z aytuvchi, nutq so`zlovchi shaxs ma’nosini bildiradi. Voizlik san’ati tinglovchining, jamoaning ongiga, his-tuyg’usiga ta’sir etish mahoratidan saboq bergan.

3.

Klaster usulidan foydalanib, sharq notiqlik maktabi vakillarini sanang

3-TOPSHIRIQ.

Quyidagi buyuk mutafakkirlarning notiqlik san'ati va nutq madaniyati masalalariga bag'ishlangan asarlari haqida ma'lumot bering.

Abu Nasr Forobiy...

Ulug’ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to`g’ri so`zlash, to`g’ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, qanday so`rash va qanday javob berish (masalasiga) kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...”

Abu Abdulloh al-Xorazmiy "Mafatih-ul-ulum" («Ilmlar kalitlari») asarida badiiy til, she’riyat masalalari bilan bir qatorda notiqlikning ayrim qirralari, ish yuritish qoidalari va shp qog’ozlari shaklllari masalalariga ham alohida to`xtalib o`tadi.

Yusuf Xos Xojib..

Ulug’ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo`lgan “Qutadg’u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so`zlarni to`g’ri tanlash va to`g’ri qo`llash haqida: “Bilib so`zlasa so`z bilig sanalur” degan edi. Qisqa so`zlash, so`zlarga iloji boricha ko`proq ma’no yuklash haqida:


Ugush so`zlama so`z biror so`zla oz

Tuman so`z tugunini bu bir so`zla yoz,

deydi. Mazmuni: so`zni ko`p so`zlama, kamroq so`zla. Tuman (ming) so`z tugunini shu bir so`z ila yech. Gapirishdan maqsad so`zlovchi ko`zda tutgan narsa, hodisa, voqyealarni tinglovchiga to`g’ri, ta’sirchan yetkazishdan iborat. Shunday ekan, nutqning to`g’riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir so`zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan, so`zning ma’nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi.

Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham so`zlaganda nutqni o`ylab, shoshmsdan tuzishga, keraksiz, yaramas so`zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so`zlashga chaqiradi. Noto`g’ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so`zlovchini ogohlantiradi:

O`qub so`zla so`zni eva so`zlama,

So`zung kizla kedin, boshing kizlama.

Mazmuni: (So`zni uqib so`zla, shoshib gapirma, keraksiz yaramas so`zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma)84.

5-TOPSHIRIQ.

Navoiyning nutq odobi haqidagi qarashlarini “Mahbubul qulub” asari orqali izohlang.

Navoiyning so‘zlash odobi haqidagi qarashlarini “Nazmul javohir” asari orqali sharhlang.

Alisher Navoiyning til va nutq, nutq odobi, nutqiy madaniyat, nutq san'ati haqiq aytgan fikrlaridan yozing.

Navoiyning notiqligi ifodalangan rivoyatlardan topib yozing.

«Ko'p degan ko'p yengilur, ko'p yegan ko'p yiqilur», maqolini izohlang.

«Va'zxon shunday bo'lishi kerakki, uning majlisiga bo'sh kirgan odam to'lib chiqsin, to'la kirgan odam esa yengil tortib, holi qaytsin», fikrini izohlang.

1. Husn jamoli yoʻq odam shirin soʻz boʻlsa,

Goʻzal va shirin soʻzi bilan barchani qoʻlga oladi.

 

Mazkur bayt Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida keltirilgan boʻlib, mutafakkir kishilarni xushmuomalalikka chaqiradi. Yaxshi bilamizki, uzumdan ham shinni, ham may tayyorlash mumkin. Til ham xuddi shunday. Shuning uchun xalq donoligida “Yomon soʻz bilan pichoq qinidan chiqar, yaxshi soʻz bilan ilon inidan” singari purmaʼno bitiklarni koʻramiz. Darhaqiqat, buyuk alloma bobomiz mana shunday donolik bisotidan oʻz asarlarida foydalangani, shubhasiz, albatta.



… bir deganni ikki demak xush emas, soʻzchi takror topdi dilkash emas”.

“Soʻzni koʻngulda pishqormaguncha, tilga keltirma, harnakim koʻngulda boʻlsa tilga surma…” Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq nomaʼqul boʻlib chiqsa, tilning ofatidir.



Inson agar ko'p gapirsa, noo'rin so’zlarni ham aytib yuborishi mumkin. Kam gapirsa, gapirishdan oldin nima so'zlayotganini o'ylasa, u boshqalarni diliga ozor bermaydi. K’op yeyishlikinson sog'lig'iga qanchalik zarar bo'lsa, ko'p gapirishlik ham shunchalik inson boshiga ko'p islohotlarni olib keladi.

6. Shu bilan birga Navoiy so`zi fasih, tili bilan dili boshqa va’zxonlar bilan o`z nutqlari orqali odamlarga madad bergan, ularni to`g’ri yo`lga boshlagan voizlarni ajratgan. "Mahbub ul-qulub" asarida haqiqiy voizning fazilatlarini quyidagicha ta’rif etadi: "Voiz Haq so`zni targ’ib qilishi, payg’ambarlar so`zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o`zi Haq va payg’ambarlar yo`liga kirishi, so`ng esa nasihat bilan elni ham shu yo`lga solishi lozim". Yana bir yerda u shunday deydi: "Va’zxon shunday bo`lishi kerakki, uning majlisiga kirgan odam to`lib chiqsin, to`la kirgan odam esa yengil tortib, xoli qaytsin".
Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling