4-bob(Suv va Eritmalar)-savol-javob
|
№
|
Savol
|
Javob
|
1
|
Yer sharida eng ko‘p tarqalgan muhim kimyoviy birikma bu?
|
Suv
|
2
|
Suvda vodorod atomlari kislorod atomi bilan necha gradus (°) burchak hosil qilib birikkan.
|
104,3°
|
3
|
Suvning anomal (odatda xos bo‘lgan holatdan chetlanish) hossalarini toping?
|
1) suvning eng yuqori zichligi suyuq holatida 4°C haroratda 1 g/ml ga teng. Qatti holatga o’tgandaham gaz holatga o’tgandaham zichlik kamayadi.
2) suv eng kata issiqlik sig’imiga ega. 4,18 kJ (1 litr suv 4,18 kJ issiqlikni o’ziga oladi)
|
4
|
Qum, ohaktosh, glitserin, etil spirit, metil spirit.
Quydagi moddalar formulalarini toping?
|
SiO2; CaCO3; C3H8O3; C2H5OH; CH3OH.
|
5
|
Universal erituvchi modda bu?
|
Suv o’zida juda ko‘plab anorganik va organik moddalami eritish xususiyatiga ega.
|
6
|
Suv necha gradustda parchalanib ketadi?
|
2H2O 2H2 + O2
|
7
|
Qaysi metallar suv bilan ta’sirlashadi?
|
Faol metallar (I va II gurux metallari Be va Mg tashqari) hammasi suvda bilan ta’sirlashib ishqor va vodorod hosil qiladi.
2Na + 2H2O = 2NaOH + H2↑
Ca + 2H2O = Ca(OH)2 + H2↑
|
8
|
Kaliy gidroksid, natriy gidroksid, kalsiy gidroksidlar formulasini yozing?
|
KOH; NaOH; Ca(OH)2
|
9
|
Quydagi reaksiyani yodlang?
|
CaO + H2O = Ca(OH)2
SO3 + H2O = H2SO4
|
10
|
Ba’zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar deb ataluvchi birikmalar hosil qiladi masalan.
|
CuSO4 + 5H2O = CuSO4•5H2O (mis kuporosi)
|
11
|
Qizdirilgan temir suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishadi, natijada temir kuyundisi (Fe3O4)ni hosil qilish reaksiyasini yozing?
|
3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2
|
12
|
«qaldiroq gaz», is gazi, vodorod ftorid
Quydagi moddalar formulasini yozing?
|
2H2•O2; CO; HF
|
13
|
Is gazining yonish reaksiyasini yozing?
Qaldiroq gazning portlash reaksiyasini yozing?
Temir bilan xlor reksiyasini yozing?
Natriy bilan kislorod reaksiyasini yozing?
Fosfor bilan kislorod reaksiyasini yozing?
|
2CO + O2 = 2CO2
2H2 + O2 = 2H2O
2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3 (temir III xlorid)
2Na + O2 = Na2O2 (natriy peroksid)
4P + 5O2 = 2P2O5
|
14
|
Suvning quyidagi moddalar bilan reaksiya tenglamalarini yozing: K2O, BaO, P2O5, SO2, Ca, K
|
K2O + H2O = 2KOH
BaO + H2O = Ba(OH)2
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4
SO2 + H2O = H2SO3
Ca + 2H2O = Ca(OH)2 + H2
2K + 2H2O = 2KOH + H2
|
15
|
Suvning tozalash bosqichlari.
|
1-bosqich: Suv mexanik unsurlardan tozalanadi. Buning uchun koagulatsiya usulida loyqa va turli xildagi qo‘shimchalardan tozalanadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan o‘tgan tiniq suv toza qum yordamida filtrlanadi va kolloid holidagi qo‘shimchalar hamda zararli mikroblardan tozalanadi.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan o‘tgan tiniq va toza suv xlorlanadi.
|
16
|
100 g erituvchida moddadan qancha erishi bilan belgilanadigon kattalik bu?
|
Eruvchanlik
|
17
|
Ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma bu?
|
To‘yingan eritma
|
18
|
Agar 100 g erituvchida modda 10 g dan ortiq erisa bu modda
|
Yaxshi eruvchan modda hisoblanadi.
|
19
|
Agar 100 g erituvchida modda 10 g dan kam erisa bu modda
|
oz eruvchan modda hisoblanadi.
|
20
|
Agar 100 g erituvchida modda 0,01 g dan kam erisa bu modda
|
Malda erimaydigan modda hisoblanadi.
|
21
|
Qanday anion tutgan tuzlarning eruvchanligi harorat ortishi bilan cheksiz ortadi.
|
Nitrat (NO3-) anioni tutgan tuzlar. Masalan KNO3 (kaliy nitrat) va Pb(NO3)2 (qo’rg’oshin nitrat)
|
22
|
Qaysi tuzning eruvchanligi harorat ortishi bilan avval ortadi kegin kamayadi.
|
Na2SO4 (Natriy sulfat)
|
23
|
Qaysi tuzning eruvchanligi harorat ortishi bilan deyarli o’zgarmedi.
|
Osh tuzi (NaCl)
|
24
|
Ko‘pchilik qattiq moddalarning eruvchanligi harorat ortishi bilan qandey o’zgaradi?
|
Ortadi
|
25
|
Ayni haroratda tuzning eruvchanligi 30 ga teng bu nimani anglatadi?
|
Ayni haroratda 100 g erituvchida 30 g tuz erishi mumkinligini anglatadi.
|
26
|
Moddaning ayni haroratdagi to‘yingan eritmasini to’yinmagan eritmaga aylantirish uchun
|
Suv qo’shish va haroratni ko’tarish kerak.
|
27
|
Moddaning ayni haroratdagi to‘yinmagan eritmasini to’yingan eritmaga aylantirish uchun
|
Suv bug’latish va haroratni pasaytirish kerak.
|
28
|
Gazlaming suvda eruvchanligi harorat ortishi bilan qandey o’zgaradi.
|
Kamayadi. Gazlarning suvda eruvchanligi harorat kamayishi bilan ortadi.
|
29
|
Gazlaming suvda eruvchanligi bosim ortishi bilan qandey o’zgaradi.
|
Ortadi. Bosim kamayganda eruvchanlikham kamaydi. (gazlangan suvlar ochilganda bosim kamaygani uchun gaz chiqib ketadi)
|
30
|
KCl ning 10°C dagi to‘yingan eritmasini qanday yo‘llar bilan to‘yinmagan eritmaga aylantirish mumkin?
|
10°C dan yuqoriroq haroratda qizdirish va suv qo’shish yo’li bilan to’yinmaganga aylantiriladi.
|
31
|
Eritma bu?
|
Erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir.
|
32
|
Eritmalar qandey agregan holatlarda bo’lishi mumkin.
|
Qattiq, suyuq, gazsimon bo‘ladi.
Qattiq eritma = metallaming qotishmalari, tilla buyumlar, duralumin misol bo’ladi.
Suyuq eritma = tuzlar, spirt, kislota va ishqorlarning suvdagi eritmasi.
Gazsimon eritmalarga = havo yoki gazlaming boshqa aralashmalari misol bo‘ladi.
|
33
|
Eritmalarning turlari va hossalari.
|
1) Mexanik aralashma = O'zgaruvchan tarkib.
Hosil bo'lganda issiqlik chiqishi yoki yutilishi kuzatilmaydi,
Tarkibiy qismlarini fizik usullar yordamida ajratish mumkin.
2) Eritmalar = O'zgaruvchan tarkib.
Hosil bo'lishi issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan sodir bo'ladi.
Tarkibiy qismlarini fizik usullar yordamida ajratish mumkin.
3) Kimyoviy birikma = Doimiy tarkib.
Hosil bo'lishi issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan sodir bo'ladi.
Tarkibiy qismlarini fizik usullar yordamida ajratib bo'lmaydi.
|
34
|
Eritma tarkibida erituvchi va erigan modda qandey tartibda bo’ladi.
|
Eritma tarkibida kop bo’lgan modda erituvchi. Eritma tarkibida oz bo’lgan modda erigan modda.
Agar suyuq moddada qattiq moddalar eritilsa, erituvchi suyuq, erigan modda qattiq bo’ladi.
|
35
|
Massa ulush qandey topiladi?
|
Massa ulush (ω) – harifi bilan belgilanadi. Erigan modda massasini eritma massasiga bo’lganda kelib chiqadi.
|
36
|
Foiz konsentratsiya qandey topiladi?
|
Foiz konsentratsiya (C%) – harifi bilan belgilanadi. Erigan modda massasini eritma massasiga bo’lib 100 ga ko’paytirganda kelib chiqadi.
|
37
|
Eritma hajmini eritma massasi va hajmiga bog’liqlik formulasini toping?
|
Eritma massasi (m) eritma hajmi (Vml)ni eritma zichligi (ρ)ga ko’paytmasidan kelib chiqadi. (m = Vml•ρ)
|
38
|
Molar konsentratsiya qandey topiladi?
|
Molar konsentratsiya (CM) – harifi bilan belgilanadi.
Erigan modda miqdorini (n = mol) eritma hajmi (Vlitr) ga bo’lganda kelib chiqadi.
|
39
|
Qishloq xo‘jalik ishlarida kislotali tuproq qaysi modda yordamida neytrallanadi?
|
Ohak (CaO – kalsiy oksid) yordamida neytrallanadi
|
40
|
Kalsiy xlorid, natriy gidroksid, kaliy xlorid, bariy xlorid, aluminiy sulfat,
Formulalarini yozing.
|
CaCl2; NaOH; KCl; BaCl2; Al2(SO4)3
|
41
|
A g tuz В g suvda eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi erigan modda foiz konsentratsiyasini toping?
|
|
42
|
Molar konsentratsiya qanday formula bilan hisoblanadi?
|
|