4. Huquqiy munosabat- huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat


Download 14.99 Kb.
Sana06.04.2020
Hajmi14.99 Kb.

Huquq

1.Huquq- bu davlat tomonidan rasman qabul qilingan,jamiyat azolari xulq-atvorlarini tartibga solishga qaratilgan,umum majburiy normalar yigindisi.

2.Huquqning belgilari:1.Davlat tomonidan qabul qilinganligi.2.Umummajburiyligi.3.Narmativ harakterligi.4.Huquq davlat kuchi bilan tartibga solinadi.

3.Huquq mohiyati-jamiyatdagi turli ijtimoiy sinf,qatlam,guruhlar manfatlari muozanatini aks ettiradi va mustahkamlaydi.Huquq manfati negizida insonlarning ERKI yotadi.

4.Huquqiy munosabat- huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat.

5.Huquq normasi-bu davlat tomonidan belgilangan,ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan,umum majburiy xulq-atvor qoidasi.

6Huquq normasi tuzilishiga kora 3ga bolinadi.1.Dispozitsiya.2.Gipoteza.3.Sanksiya

7.Gipoteza-bu huquq normasida belgilangan qoida qay tartibda amalga oshirilishi.Masalan ; jinoyat kodeksining 21-moddasi qasddan sodir etilgan jinoyat.

8.Dispozitsiya- bu huquqiy munosabat ishtrokchilarining huquq va majburiyatlari.Masalan; pensiya togrisidagi qonun: erkaklar uchun 65 yoshdan,ayollar 60 yoshdan peniyaga chiqishi ruhsat etilganligi.

9.Sanksiya-bu ‘’jazo,chora korish” degani.Masalan: yol qoidasini buzganligimiz uchun JARIMA tolashimiz.Bu yerda jarima tolashimiz sanksiyadir.

10.Huquq manbai (shakli)- bu huquqiy normalarni ifoda etish shakli.Huquq manbalariga misol qilib konstitutsiya va qonunlar,prezident,oliy majlis,vazirlar mahkamasi chiqargan qaror va farmonlarni misol qilib olishimiz mumkin.

11.Hu quq manbalarini 4 ta shakli mavjud.Bular:1.HUQUQIY ODAT.2.SUD PRETSEDENTI.3.NORMATIV-HUQUQIY HUJJAT.4.XALQARO SHARTNOMA.

12.Huquq funksiyalari –bu yani vazifalari.Uni muhofaza qiladi va tartibga soladi.

13.Huquqiy madaniyat-bu kishilarning huquqiy bilim darajasi,huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishi.

14.Huquqiy ong –bu kishilarni huquqqa,qonunchilikka va boshqa huquqy hodisalarga bolgan his – tuygulari,goyalar,tasavvurlari yigindisidir.Huquqy ong tarkibi 2xil boladi.Bular huquqiy psixologiya va huquqiy idealogiya.

15.Huquq ijodkorligi-bu vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning huquq normalarini ornatish,ozgartirish,bekor qiluvchi maxsus faoliyat.

16.Qonun ijodkorligi- bu oliy vakillik organlarining konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratish,ozgartirish kiritishi,bekor qilishidagi harakatlar yigindisi.

17.Qonun ijodkorligi jarayoni:



1.Qonun yaratilishi.2.Qonunchilik tashabbusi.3.Qonun loyihasini muhokama etilishi4.Qonunni qabul qilishi.5.Qonunni imzolash va elon qilishi.

18.Qonun yaratishidagi subyektlari:1.Oliy majlisining qonunchilik palatasi.2.Vazirlar mahkamasi.3.Oliy sud.4.Konstitutsiyaviy sud.5.Qoraqalpoq Jo’qorg’i kengash.6.Prezident.7.Bosh prakuror.
Download 14.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling