4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o‘ting


Download 14.1 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi14.1 Kb.
#1781051
Bog'liq
dhn (1)


4-kazus
Tabiat resurslar vazirligi 10 apreldan 10 maygacha davom etadigan “Toza havo” oyligi doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, shuningdek, shahar va viloyatlar hokimliklarini barcha xodimlarni chaqirdi. 10-may, har juma kuni “Avtomobilsiz kun” oʻtkazilishi e’lon qilindi. “Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad transport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi uchun velosipeddan foydalanishdan iborat”, — deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi 28 aprel kuni “Avtomobilsiz kun” o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi. Shaxsiy avtomobillarda sayohat qilishni qisqartirish, jamoat transporti, velosiped va piyoda yurish afzalliklarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan “ko‘p tadbirlar” e’lon qilindi.
Savollar:
1. Bir oy muddatga chaqiriq e’lon qilishga vazirlikning shu kabi vakolatlari qaysi huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan aniqlashga harakat qiling.
2. Vazirlik xabari yuridik faktmi? Ha bo'lsa, unda bu faktni nazariy jihatlarga ko'ra tasniflashga harakat qiling.
3. Buni huquqning tartibga solish funktsiyasi deb hisoblash mumkinmi? Ushbu holatdan foydalanib, huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr yuriting.
4. Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab o‘ting.
Javoblar
1.Tabiat resurslari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi „Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmoniga asosan Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi negizida tashkil etilgan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi vazirlik tarkibiga qoʻshilgan. Ushbu vazirlikning amaldagi vaziri Aziz Abduhakimov hisoblanadi. Tabiat resurslari vazirligining vazifalari Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, atrof muhitning maqbul ekologik holatini, ekologik tizimlarni, tabiiy komplekslarni va alohida obyektlarni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash va shu kabilardan iborat. Mahkamasining qarorlarida vazirlik yoki idoraga tegishli bo‘lgan masalalarni me’yoriy tartibga solish yoki muayyan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish vakolati belgilangan bo‘lsa, vazirlik yoki idora vakolatiga kiradi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlar qabul qiladilar. Me’yoriy hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kuchga kirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000 yil 16 oktabrdaga 124-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish Qoidalari»da belgilangan.
2. Yuridik faktlar bu- huquqiy oqibatlarga olib keladigan muayyan hayotiy holat. Hayotning har bir haqiqati qonuniy emas. Bu qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holat bo'lishi mumkin.Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning paydo bo'lishi, o'zgarishi va tugatilishi uchun zarur shartlardir. Yuridik faktlar, ularning mohiyati, ro'yxati tegishli huquq normalari bilan belgilanadi. Fuqarolik qonunchiligi normasi bunga misol bo'la oladi, unda vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaro paydo bo'lgan yoki uning turgan joyi aniqlangan taqdirda, tegishli qaror sud tomonidan bekor qilinadi. Bu erda vafot etgan deb e'lon qilingan fuqaroning paydo bo'lishi va uning joylashgan joyini aniqlash uning o'limi to'g'risidagi qarorni sud tomonidan bekor qilinishi kabi huquqiy oqibatlarga olib keladigan o'ziga xos hayotiy holatlardir. Yuridik faktni aniqlash zarurati shundan iborat huquqiy tartibga solish mavjudligi yoki yo'qligi ma'lum huquqiy oqibatlarning yuzaga kelishi bilan bog'liq bo'lgan juda ko'p miqdordagi turli xil faktik holatlarga asoslanadi.Yuridik fakt - bu huquqiy norma huquqiy munosabatlarning paydo bo'lishi, o'zgarishi yoki tugatilishi, muayyan huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog'liq bo'lgan muayyan hayotiy holat. Ushbu vaziyatda vazirlikning xabari yuridik fakt hisoblanadi. Chunki huquqiy munosabatlarning ma’lum bir muddatga o’zgarishi kelib chiqmoqda.

3. Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi uning funksiyalarida namoyon bo`ladi. Xuquq funksiyalari - ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta`sir etishning asosiy yo`nalishlari bo`lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgalanadi. Xuquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga,iqtisodiyotga, siyosatga,ijtimoiy sohaga, madaniy-ma`naviy munosabatlarga ta`sir etadi vas hu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Huquqni tartibga solish funksiyasi-huquq hayotning har bir sohasiga joriy qilinishi natijasida jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabtlarni tartibga soladi. Jamiyat a’zolarining faol xulqini ta’minlaydi. Ushbu kazusda ham huquqni tartibga solish funksiyasi mavjud. 1 kun mobaynida ba’zi shaxsiy avtomobillarning qo’llanilmasligini ta’minlash orqali jamoat transportlaridan foydalanish huquqi ham tartibga solinishi ko’zda tutilgan. Huquqning asosiy funksiyalaridan biri ham aynan uni tartibga solish funksiyasi hisoblanadi. Shuningdek, yangi konstitutsiyamizda toza atrof-muhitdan foydalanish huquqi ham keltirib o’tildi. Avtomobillardan foydalanish kamytirilgani ijobiy atrof-muhitning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Ushbu holat oqibatida ham huquqni tartibga solish funksiyasi paydo bo’ladi.


4. Bugungi kunda har ikkita oilaga 1 ta shaxsiy avtomobil to’g’ri kelayotganini hisobga oladigan bo’lsak, atrof-muhitni zararlayotgan tutunlar miqdori ham shunga mutanosib ravishda ko’payotganiga guvoh bo’lamiz. Jamoat transportlaridan qancha ko’p aholi foydalansa va shaxsiy avtomobillardan foydalanish miqdori kamaysa, bu aholi uchun ham tabiatimiz uchun ham bir qancha afzalliklarni keltitib chiqaradi. Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt ko‘chalarida tirbandliklar, avtobuslarning yetishmasligi va eskirganligi, yo‘lovchilarning jamoat transportidan foydalanish darajasi pastligi, transport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlarning ekologiyaga salbiy ta’siri kabi muammolar dolzarbligicha qolmoqda. «Yo‘llarda vujudga kelayotgan tirbandliklarni faqatgina yo‘llarni kengaytirish, yangi yo‘l o‘tkazgichlarini qurish evaziga hal qilib bo‘lmayapti. Hozirgi paytda asosiy e’tiborni jamoat transporti harakatlanishi ustuvorligiga qaratish, uning jozibadorligini oshirish, barcha uchun qulay va xavfsiz manzilga yetib olish imkoniyatini yaratadigan, shaxsiy transportdan ko‘ra jamoat transporti afzalligini ta’minlashimiz zarur. Bugungi kunda bizni asosiy maqsadimiz shu», — dedi u. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yo’llardagi tirbandliklarni kamaytirish, atrof-muhitni toza saqlash va shu kabi yana bir qancha afzalliklarga erishish uchun tashkil etilgan “Avtomobilsiz kun” loyihasi ijobiy oqibatlarga olib keladi.
Download 14.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling