4. Marketing faoliyatini axborot ta’minoti Reja


Download 21.66 Kb.
bet1/3
Sana04.10.2022
Hajmi21.66 Kb.
#830245
  1   2   3
Bog'liq
4-мавзу
Finlyandiya talim tizimi(1), 11111, gisto, riman submersiyalari geometriyasi (1), ПРОКУРАТУРА ТЎҒРИСИДА, Kazus (Rim huquqi Oilaviy munosabatlar) (3), Reference-302211101163, Avtomobillarga texnik xizmat korsanish va taminlashda bajariladi, seninarga, 2.-Famous-female-scientists, Aksiyalar bozori qiymatini maksimallashtirish yo‘llari. Reja Ki, Тошкент вилояти, Front-End, 5.13-Mavzu

4. Marketing faoliyatini axborot ta’minoti
Reja:
1. Marketing axborot tizimi.
2. Birlamchi va ikkilsmchi ma’lumotlar.
3. Marketing tadqiqotlari о‘tkazishning turlari va usullari


1. Marketing axborot tizimi.
Marketing faoliyatiga xos bо‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bо‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bо‘ladi va rivojlanib boradi.
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va tо‘g‘ri axborotni tо‘plash tartibga solish, tahlil qilish, uzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam kо‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi о‘zaro mushtarak bog‘langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.
Marketing axboroti bu – о‘z mohiyatiga kо‘ra turli xil bozor kо‘rsatkichlarining aks ettirilishi bо‘lib, u ilmiy-axborot va tijorat faoliyatining natijasi hisoblanadi.
Marketing axboroti qiymat xususiyatiga ega, chunki uni yaratish uchun malum bir mehnat sarflanadi. Axborotning qiymati tо‘g‘ri qaror qabul qilish ehtimolining о‘sishida namoyon bо‘ladi. Axborotdan foydalanishning iqtisodiy samarasi uni olish uchun sarflangan xarajatlardan katta bо‘lishi lozim. Bu umumiy mezon axborot olish va qayta ishlashning maqsadga muvofiqligini belgilab beradi.
Marketing axborot tizimi (MAT) marketingni rejalashtirishni takomillashtirish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va tadbirlar ijrosi ustidan nazorat maqsadlarida foydalanish yuzasidan aniq qarorlar qabul qilish uchun zamon va makonda axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, baholash va tarqatish yuzasidan uzluksiz va о‘zaro bog‘liq kishilar, asbob-uskunalar va jarayonlar yig‘indisidir. Shu maqsadda MATni yetkazib beruvchilar uni joriy qilgunga qadar quyidagilarni aniqlab olishlari zarur:

  1. doimiy ravishda qanday qaror turlari qabul qilinayapti;

  2. qarorlar qabul qilish uchun qanday axborot turlari kerak;

  3. doimiy ravishda qanday axborot turi kelib tushayapti;

  4. hozirgi paytda kelib tushmayotgan axborotlardan qaysi birini kelajakda olish zarur;

  5. har kuni, haftada, oysa va yilda qanday axborotlarga zaruriyat bor;

  6. qanday jurnallar, gazetalar, savdo tahlillari yoki boshqa axborot manbalaridan doimiy ravishda foydalanish zarur;

  7. axborotlarda qanday maxsus mavzular о‘z aksini topmog‘i zarur;

  8. о‘rganish uchun qaysi bir hisbot analitik dasturlardan foydalanish mumkin;

  9. mavjud MATni takomillashtirish yuzasidan eng muhim tadbirlarni aniqlamoq.

Bizning fikrimizcha, korxonada MAT joriy qilishdan iqtisodiy samara uchta tarkibiy qismdan iborat:
1. Tashkiliy (Et) – tanlab olish va ishlab chiqish bosqichlari uchun.
2. Ekspluatatsion (Ee) – joriy qilish va ekspluatatsiya bosqichlari uchun.
3. Marketing (Em) – kelgusida marketing qarorlarini ishlab chiqishda MATdan foydalanish bosqichlari uchun.
Firma rahbariyatiga ichki buxgalteriya hisoboti va boshqa ma’lumotlardan tashqari bozor konyukturasi haqida, xaridorning aynan shu tovarni sotib olishga nima majbur qilganligini tadqiq qilish, hududlar bо‘yicha sotish miqdorini istiqbollash, reklama samaradorligini hisoblash kabi marketing ma’lumotlari ham zarur.
Bunday ma’lumotlarni maxsus marketing tadqiqotlari orqali olish mumkin. Bu tadqiqotlar doimiy ravishda ma’lumotlarni loyihalash, yig‘ish, tahlil qilish, e’lon qilish va о‘ziga xos marketingli vaziyatlarda ularni qо‘llash choralarini izlashdan iboratdir. Firmalar marketing tadqiqotlari natijasini turli yо‘llar bilan olishlari mumkin. Masalan, kichik kompaniyalar bu tadqiqotlarni о‘tkazishni universitet (institut) kafedralari yoki maxsus firmalarga buyurtma qilishlari mukkin. Yirik kompaniyalar kо‘pchilik holda о‘z strukturalarida marketing tadqiqoti bо‘limlariga ega bо‘ladilar.
Eng kо‘p uchraydigan tadqiqotlar bozor sig‘imini aniqlash, firmaning bozordagi sotish bо‘yicha ulushi, bozor tasnifini aniqlash, sotishni tahlil qilish raqobatchilar mahsulotini о‘rganish, baholarni о‘rganishdir. Shuni ta’kidlash lozimki, firmalar reklama sohasidagi tadqiqotlarda va xaridorlar fikrini о‘rganishda kо‘pchilik hollarda maxsus firmalar xizmatiga murojaat qiladi. qolgan hollarda firmalar о‘z kuchlariga tayanadilar. Shu bilan bir vaqtda marketing tadqiqotlari rahbari axborotlar borasida juda yaxshi va har tomonlama bilimga ega bо‘lishi kerak. Aks holda axborotlar notо‘g‘ri, qayta ishlangan yoki muddatdan keyin olinishi mumkin.
Axborotni tо‘plash va undan foydalanish jihatlariga kо‘ra axborot tizimini tо‘rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga tashkilot ichki hisobot tizimi, marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, marketing tadqiqotchi tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bо‘lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi.




  1. Download 21.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling