4-ma’ruza: Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning o’ziga xosligi. (2s) Reja


Download 30.85 Kb.
bet1/5
Sana14.01.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1093422
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma’ruza Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodko


4-MA’RUZA: Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning o’ziga xosligi. (2s)
Reja:

  1. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishning asosiy kriteriyalari.

3.Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda nutqning o’sishi


Tayanch iboralar: tasviriy faoliyat, qg’oz va karton materiallar, soya teatiri, marionetkalar, harakatli o`yinlar, artibutlar, kasbga yo’naltirish, ssenariy.


1. Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarini sahnalashtirish faoliyati ya’ni teatrlashtirilgan ertak yoki hikoya, she’rlar ,topishmoqlar, tez aytishlar, bayram ssenariylar orqali sahnaviy ko’rinishlar qo’yish(va hokazo) bilan birgalikda qo’l mehnatiga o’rgatish qiziqish uyg’otish mehnat orqali hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarni shakillantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiya va kasbga yo’naltirish. Bolada ijodiy ko’rgazmalar o’yinlar uchun atributlar yasashga xoxish uyg’otish.Qog’oz va karton kabi materiallar xususiyati bilan tanishtirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish.Tasviriy san’at sohasiga doir qobiliyatini aniqlash va shakillantirish.Qalam mo’yqalamni ushlash loy plastilin bilan ishlash qaychida ayrim narsalarni qirqib yelimlash orqali mayda qo’l mushaklarini rivojlantirish.



  • Bola tasviriy faoliyat mashg’ulotlari orqali diqqatni bir joyga taqsimlay olishni va ishni oxiriga qadar bajarishni o’tira olishni o’rganish.Tabiatni atrof-muhitni kuzatishni uni asrab-avaylashni ardoqlashni unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishni o’rganadi.Jamoa bo’lib mehnat qilish ishni rejalashtirib olish o’rtoqlarini eshita olish va o’zaro fikr mulohazalarini inobatga olgan holda ishlash malakasini shakillantirish.

  • Sahnalashtirish faoliyati nutq ifodaliligini shakillantirish, intelektual va badiiy estetik tarbiya bilan bog’liq ko’plab pedagogik vazifalarni hal etish imkonini beradi.Sahnalashtirish faoliyati bolaning hissiyotlarini rivojlantirishning tuganmas manbasi hisoblanib uni ma’naviy boylikka oshno qiladi.

Xalqimizning boy madaniy ma’naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’ladi va ularni o’z ishlarida ifodalashga o’rganadi.Har bir insonning hayoti o’yinlar bilan o’tadi u bolada kattalarning hayotiy qonun qoidalarini anglashni o’rgatadi.Har bir bola o’zi bilgancha o’ynaydi lekin bu o’yinlar asosan kattalar sevimli qahramonlaridan o’rganib ularga taqlid qilgan.

  • Sahnalashtirish uchun material tanlaganda bolalarning yosh xususiyatlari bilim ko’nikmalaridan kelib chiqish zarur shu bilan birga ularning hayotiy tajribasini boyitish yangi bilimlarga qiziqish uyg’otish va ijodiy imkoniyatlar berish kerak.

  • Rollarni faqat qobiliyatli bolalar o’rtasida taqsimlamay barcha bolalarga o’zlarini turli ro’llarda sinab ko’rishlariga imkon berish.

    Download 30.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling