4-ma’ruza shaharning Temiryo‘l transporti. Temiryo‘llarning tavsifi. Umumiy va maxsus stansiyalar. Temiryo‘l vokzallari, asosiy turlari


Download 149.24 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi149.24 Kb.
#184014
  1   2
Bog'liq
4-MA'RUZA


4-MA’RUZA

Shaharning Temiryo‘l transporti. Temiryo‘llarning tavsifi. Umumiy va maxsus stansiyalar. Temiryo‘l vokzallari, asosiy turlari.

Reja


  1. Shaharning temiryo‘l transporti.

  2. Temiryo‘llarning tavsifi.

  3. Temiryo‘l vokzallari, asosiy turlari.


Shaharning temiryo‘l transporti. Temir yo‘l odatda katta maydonni egallab, uning o‘lchami MDH ning umumiy temir yo‘l tizimidagi tutgan ahamiyatiga, shaharning transport tarmog‘iga bo‘lgan talabiga bog‘lik. Temir yo‘l tarmog‘i, temir yo‘llarning umumiy tizimidagi ahamiyatidan kelib chiqib, uning turidan, yuk tashish o‘lchami va jadalligiga qarab 4ta kategoriyaga bo‘linadi.

  1. Davlatlararo aloqani ta’minlaydigan temir yo‘l magistrali.

Tezligi: a) 120km/s dan ortiq; b)120 km/s gacha. Yo‘lning maksimal bo‘ylama qiyaligi 15 ‰.

2. Davlat ichkarisidagi tumanlararo aloqani ta’minlovchi temir yo‘l tarmog‘i. Yo‘lning maksimal bo‘ylama qiyaligi 15 ‰.

3. Mahalliy ahamiyatdagi temir yo‘l tarmog‘i. Yo‘lning maksimal bo‘ylama qiyaligi 20 ‰.

4. Stansiyalarga kiruvchi va bog‘lovchi yo‘llar. Yo‘lning maksimal bo‘ylama qiyaligi 20 ‰.

Er polotnosining kengligi I kategoriyali yo‘llar uchun 7-6m, II katego­riya uchun 6,5—5,8 m, III kategoriya uchun 6—5,2 m, 1V kategoriya uchun 5,5 - 5 m.

Ikki yo‘lli tarmoqda er polotnasining kengligi I va II kategoriya uchun 11,1—10,1 m. Temir yo‘l tarmog‘ining umumiy kengligi (progonlarda) yo‘l joylashgan chuqurlikning yoki ko‘tarilgan er polotnasining balandligiga va qiyalik darajasiga bog‘liq.

Temir yo‘l tarmog‘i va stansiyalari shahardan, chetda joylashgan yo‘lning uqidan kamida 100 m, turarjoylardan — 50 m uzoqlikda loyihalanadi. Himoya zonasining kamida yarmi ko‘kalamzorlashtiriladi. Himoya zonasida avtomobil yo‘llari, transport qurilmalari va inshootlar joylashtirilishi mumkin.

Temir yoʻl transporti - yuk va yoʻlovchilarni lokomotiv va motorvagonlar vositasida temir yoʻl boʻylab tashiydigan transport turi. Uning paydo boʻlishi yirik sanoat taraqqiyoti, ayniqsa, togʻkon va metallurgiya sanoati taraqkiyoti bilan bogʻliq. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida kapitalizmning rivojlanishi yuk aylanmasi tuzilmasini tubdan oʻzgartirdi, temir rudasi, koʻmir, qurilish materiallari va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj oʻsdi.

1825 yil jahonda birinchi umumiy foydalanishdagi Stokton —Darlington temir yoʻl (21 km, Angliya) J.Stefenson tomonidan qurilgan. 30y.larda Avstriya, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Rossiyada xam temir yoʻl kurildi. 1850—70 yillarda Osiyo, Afrika, Jan. Amerika va Avstraliyada xam kurila boshladi. 20-asr boshlarida jahonda temir yoʻl tarmogʻi 1 mln. km dan oshdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida temir yoʻl tarmoklarini tez rivojlantirgan sabablardan biri, uning katta harbiystrategik ahamiyatga egaligi boʻlib, Transport yoʻlit. xoʻjalik, iktisodiy va strategik vazifalarga xizmat qilish bilan bir qatorda mamlakatlararo, hududlararo madaniy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalar, xalkaro turizm sohasida xam ishtirok etadi, mamlakatning ilmiytexnik taraqqiyotiga xam salmokli hissa koʻshadi. Temir yoʻl transportining afzalliklaridan biri — boshqa transportga nisbatan yuk tashish kiymatining arzonligi, yilning har qanday faslida va bir yoʻla katta hajmdagi yuklarni tashish imkoniyatiga egaligidir.


Download 149.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling