4-ma'ruza: zamonaviy koreyani o'rganish: siyosat, iqtisod va demografiya


Download 28.21 Kb.
bet1/3
Sana10.01.2022
Hajmi28.21 Kb.
#296302
  1   2   3
Bog'liq
6-maruza
82 буйрук, 82 буйрук, Лойиҳа матни - 187849-(190529), Лойиҳа матни - 187849-(190529), Sayfiddinov. H. innovatsion menejment., Мустақил иш топ Статистика (2-модул. Иж-иқ ст.ка) Услубий кўрсатма (2-курс 1-ОТ)-1, Hamletova Innovatsiya Musaqil ish, 7FB39KkZnLP76hKEZCbDZKpTPv1kvznyYdSoqZLa, Hisobot yarim yillik Ochilboyeva Shahlo, Hisobot yarim yillik Ochilboyeva Shahlo

4-MA'RUZA: ZAMONAVIY KOREYANI O'RGANISH: SIYOSAT, IQTISOD VA DEMOGRAFIYA

Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan, Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqarishadi. Janubiy Koreya shuningdek taʼlimi ilgʻor mamlakatlardan biri boʻlib, aholisi ilmiy savod darajasi boʻyicha jahonda birinchi, matematik savod boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi.


Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha boʻlgan ildam iqtisodiy rivoji "Sharqiy Osiyo Moʻjizasi" deb atalgan. Uch dekada shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambagʻal agrar mamlakatni dunyodagi oʻn ikkinchi iqtisodiy-eksport 
davlatiga aylantirdi.

1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti boʻldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamgʻarma va sarmoyaga katta yordam berdi,milliy taʼlimning taraqqiy topishiga ragʻbat boʻldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh oʻgʻil-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida taʼlim olishmoqda.

1945-yili Yaponiya qaramligidan ozod boʻldanidan soʻng milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning hayot-mamot masalasiga aylandi. Tabiiy boyliklarning cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi va iqtisodiy rivojlanish tajribasiga ega boʻlmasligiga qaramay, Koreya milliy iqtisodiyotning barqaror va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi. 1950—53-yillarda boʻlib oʻtgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning oʻzaro urushib ikki qismga boʻlinishi Koreya tuprogʻida buzgʻunchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.




Download 28.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling