4: Mavzu. Anorganik (mineral) bog'lovchi materiallar


Download 45.16 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi45.16 Kb.
#330038
Bog'liq
2 5217492658766745259
buxgalteriya xisobi nazariyasi, Qoidalarsiz biznes, ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ БЮДЖЕТ КОДЕКСИ, Atom tuzilishining modellari. Vodorod atomining bor nazariyasi 1, Ona tili o'qitish metodikasi (o'zbek), 2 5217786657868090369, 15 (3), virtual mashina, 1 топшириқ Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаш фанидан, 411-18-Jumatov-Salamat(11-lab)

 4:Mavzu. Anorganik (mineral) bog'lovchi materiallar 

Anorganik yoki mineral bog'lovchi materiallar kukunsimon boiib, mayda va 

yirik to'ldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil 

qiladi  va  asta-sekin  qotishi  natijasida  sun'iy  toshga  aylanadi.  Anorganik 

bog'lovchilarni ishlatish va xossalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: 

1. Havoda qotadigan bog'lovchi materiallar: ohak, gips va kaustik magnezit; 

2. Gidravlik  bog'lovchilar.  Bunday  materiallar  faqat  havoda  emas  balki suvda  va  namlikda  ham  qotish  xususiyatiga  ega.  Masalan,  portlandsement, gidravlik  ohak,  qumtuproq  qo'shilgan  sement,  pussolan  portlandsement,  toshqol portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar. 

3. Kislotalarga  chidamli  bog'lovchilar.  Bunday  bog'lovchilarning  qotish jarayonidan  keyingi  mustahkamligining  ortishi  kislotalar  ta'sirida  ham  davom etadi.  Bunga  kislotaga  chidamli  eruvchan  suyuq  shisha  asosida  olinadigan sementlar va qorishmalar misol bo'ladi.  


9 Yuqorida  keltirilgan  bog'lovchilardan  g'isht  terish  va  suvoqchilikda 

ishlatiladigan  qorishmalar,  beton  va  temir-beton  konstruksiyalar  hamda  qotish jarayoni  avtoklav  deb  ataluvchi  qozonlarda  kechadigan  buyumlar  tayyorlanadi. Qurilishlarda  buyum  xossalarini  va  bog'lovchi  materiallarni  tejash  maqsadida quyidagi maxsus qo'shimchalar ham ishlatiladi: 

1.  Bog'lovchi  materiallarni  chuchuk  hamda  sulfat  tuzlariga  to'yingan  suvlar ta'sirida  chidamliligini  oshirish  maqsadida  ishlatiladigan  gidravlik  yoki  faol mineral qo'shilmalar - trepel, opoka, diatomit, trasslar, pemza, vulqon kuli va tufi, faol  kremniy  chiqindilari,  kuydirilgan  gil,  gliyej,  kuygan  jinslar,  toshqollar  va boshqalalar. 

2.  Bog'lovchi  materiallarni  tejash  uchun  to'ldirgichlar  sifatida  mayda  qilib tuyilgan  qum,  ohaktosh,  dolomit,  tabiiy  changsimon  kvars  qumi,  toshqol  va boshqalar. 

3.Sementlarning  tishlashuvini  tezlatuvchi  va  susaytiruvchi  materiallar: tezlatuvchilar  -  kalsiy  xlorid  (CaCl2),  natriy  xlorid  (NaCl),  xlorid  kislota  (HC1), eruvchan  shisha  (Na2SiO3),  soda;  susaytiruvchilar  -  gips,  sulfat  kislota,  sulfit oksidli temir va boshqalar. 

4.Sementning qotishini tezlatuvchi va mustahkamligini oshiruvchi qo'shimchalar - kalsiy xlorid va xlorid kislota. 

5.  Beton  va  qorishmaning  sovuqqa  chidamliligini,  plastikliligini  oshirish uchun ishlatiladigan organik va anorganik qo'shilmalar, sulfat spirt bardosi (SSB), yetmak  (ko'pirtiradigan  daraxt  ildizi),  sovun  chiqindisi,  gil,  bentonit,  trepel  va boshqalar. 

Bog'lovchi  materiallarni  ishlatishda  ular  quyidagi  talablarga  javob  berishi 

lozim:  qorishmaning tishlashish davri, normal  qorishma  olish  uchun suv  miqdori, 

suvning  qorishma  bilan  birikish  darajasi,  tishlashishdagi  issiqlik  miqdori  va hokazolar. 

Bog'lovchi materialni suv bilan qorishtirganda qattiq holatga o'tgunga qadar 

ketgan  vaqt  uning  tishlashish  davri  deb  ataladi.  Qorishmada  suv  qanchalik  ko'p 

bo'lsa,  uning  tishlashishi  shuncha  sekin  bo`ladi.  Shuning  uchun  normal  qorishma 

tayyorlashda  awalo  suv  miqdorini  aniqlab  olish  kerak.  Har  bir  bog'lovchi  uchun 

suv  miqdori  uning  og'irligiga  nisbatan  foiz  hisobida  standartlarda  belgilangan me`yor bo'yicha aniqlanadi. 

Bog'lovchi  material  suv  bilan  qorishtirilganda  fizik-kimyoviy  jarayonlar 

natijasida  quyuqlasha  boshlaydi,  uning  qo'zg'aluvchanligi  kamayadi.  Buni 

bog'lovchi  modda  tishlashishning  boshlanish  davri,  qo'zg'aluvchanligi  butunlay 

yo'qolgandan keyin esa oxirgi davri (qotish) deb ataladi. Tishlashish davriga qarab 

bog'lovchilar quyidagi uch guruhga bo`linadi: 

a) tez tishlashuvchi materiallar tishlashuvining boshlanish davri 3-10 daqiqa. 

Bunday  bog'lovchilarni  ishlatish  noqulay  bo'lganligi  sababli,  unga  tishlashishni 

susaytiruvchi maxsus moddalar, masalan, qurilish gipsi qo'shiladi; 

b)  normal  tishlashuvchi  materiallar  tishlashuvining  boshlanish  davri  30 

daqiqa  oxiri  esa  12  soatgacha  davom  etadi.  Bunday  bog`lovchilarga  beton  va 

qorishmalar tayyorlashda ko'p ishlatiladigan barcha sementlar kiradi

10 d)  sekin  tishlashuvchi  materiallar  tishlashuvining  oxirgi  davri  12  soatdan keyin boshlanadi. 

Normal qorishma tayyorlashda suv (aslida bog'lovchining kimyoviy birikishi 

uchun sarflanadigan suv) kerakli miqdordan ko'p olinadi. Shuning uchun qorishma 

qotgandan  keyin  ham  undagi  mayda  kapillyarlar  va  g'ovaklarda  birikmagan  erkin 

suvlar  ko'p  bo'ladi.  Erkin  suvlar  asta-sekin  bug'lanib,  sementning  g'ovakligini 

oshiradi.  Binobarin,  beton  yoki  boshqa  qorishma  tayyorlaganda  suv  miqdori  ko'p 

olinsa, uning g'ovakligi ortadi, natijada mustahkamligi kamayadi. 

Barcha  bog'lovchilar  tishlashish  va  qotish  jarayonida  o'zidan  issiqlik 

chiqaradi.  Bog'lovchining  tishlashish  davri  va  qotish  jarayoni  tez  bo'lsa,  uning 

issiqlik chiqarishi ham ortadi. 

Bog'lovchilarning  o'zidan  issiqlik  chiqarish  xususiyati,  ayniqsa,  sovuqda 

beton va boshqa qorishmalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ammo juda yirik 

yaxlit beton inshootlar qurishda, masalan, gidrotexnik qurilishlarda betonning ichki 

qismidagi  issiqlik  tashqi  qismidagiga  nisbatan  ortib  (ayrim  hollarda  100°C  gacha 

yetadi)  harorat  farqi  ko'payadi.  Natijada  betonning  notekis  sovishi  boshlanadi, bu 



esa beton tanasida darzlar hosil bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun, gidrotexnik 

qurilishlarda o'zidan kam issiqlik chiqaruvchi maxsus sementlar ishlatiladi.
Download 45.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling