4-mavzu. Audit o’tkazish jarayonida malumotlarni yig’ish va umumlashtirish bo’yicha xalqaro audit standartlari


Download 97 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi97 Kb.

4-MAVZU. AUDIT O’TKAZISH JARAYONIDA MALUMOTLARNI YIG’ISH VA UMUMLASHTIRISH BO’YICHA XALQARO AUDIT STANDARTLARI

Takrorlash uchun savollar

1. Auditni rejalashtirish qanday bosqichlardan iborat?

2. Auditorlik isbotlash deganda nimani tushunasiz?

3. Auditni hujjatlashtirish qanday amalga oshiriladi?

4. Audit davomida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi o’rganish va baholash nimani o’z ichiga oladi?

5. Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati deganda nimani tushunasiz?

6. Qaysi hollarda ekspert xizmatidan foydalaniladi?

7. Auditorlik tanlash qanday amalga oshiriladi?

8. Asosiy auditorning boshqa auditordan qanday farqli jihatlari mavjud?

MAVZU BO‘YICHA MASALALAR

1-masala. Quyidagi 1 va 2 jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar asosida muhimlik darajasini aniqlang hamda uni buxgalteriya balansining muhim moddalariga taqsimlang (3, 4 - jadvallarga asosan).

1-jadval

“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari



AKTIV

SUMMA,

(ming AQSH dollarida)



Asosiy vositalar

28655

Nomoddiy aktivlar

2073

Materiallar

4373

Xaridor va buyurtmachilar

145016

Kassadagi pul mablag‘lari

6862

Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar

3500

Hisob-kitob schetidagi pul mablag‘lari

5079

Jami

195558

1

2

Passiv




Ustav kapitali

10000

Qo‘shilgan kapital

23807

O‘tgan yillar taqsimlanmagan foydasi

32630

Taqsimlanmagan foyda

20305

Mol yyetkazib beruvchilar va pudratchilar

58736

Majburiyatlar:




Mehnatga xaq to‘lash bo‘yicha

4843

Budjetdan tashqari fondlarga

2567

Budjet oldidagi

21735

Olingan avanslar

17115

Kelgusi davr xarajatlari

3386

Boshqa qisqa muddatli majburiyailar

434

Jami

195558

2-jadval.

“Moliyaviy natijalar” to‘g‘risidagi hisobot ma’lumoti



Ko‘rsatkichlar

Summa, ming
AQSH dollarida

Mahsulot (ish, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum

211564

Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi

188995

Sotish xarajatlari

387

Yalpi foyda

22182

Boshqa operatsion daromadlar

11857

Boshqa operatsion xarajatlar

4597

Asosiy faoliyatning foydasi

29442

Moliyaviy faoliyatdan daromadlar

643

Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar

644

Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi

29441

Soliqqa tortilgungacha foyda

29441

Sof foyda

20305

3-jadval.

Quyida keltirilgan jadvallar asosida ma’lumotlarni shakllantiring bazaviy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi



Bazaviy ko‘rsatkich

Bazaviy ko‘rsatkichni moliyaviy hisobotdagi ko‘rsatkichi, summada.

Muhimlik darajasi, %

Muhimlik darajasi, AQSH dollari.





























































4-jadval.

Muhimlik darajasini balans aktiviga nisbatan taqsimlash



AKTIV

SO‘MMA,

(ming AQSH dollarida)



Salmoq, %

Muhimlik darajasi, ming AQSH dollarida

Asosiy vositalar

28655







Nomoddiy aktivlar

2073







Materiallar

4373







Xaridor va buyurtmachilar

145016







Kassadagi pul mablag‘lari

6862







Qisqa muddatli moliyaviy investitsiya­lar

3500







Hisob-kitob schetidagi pul mablag‘lari

5079







Jami

195558







Talab qilinadi:

Muhimlik darajasini aniqlash uchun bazaviy ko‘rsatkichlarni shakllantiring;

Umumiy muhimlik darajasini aniqlang;

Barcha hisob-kitoblarni auditorning ishchi hujjatida aks ettiring.

2-masala. Moliyaviy hisobot uchun umumiy muhimlik darajasi 400 ming AQSH dollari. Auditor kassa operatsiyalarini tekshirishda quyidagi holatlarni aniqladi:

Kassadagi pul mablag‘lari belgilangan limitdan ko‘p chiqqan: 100 ming AQSH dollari;

Jismoniy shaxslar bilan asossiz hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan NKM dan foydalanilmagan holda.

Talab qilinadi:

1. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni muhimligini aniqlang.

2. Aniqlangan xato va kamchiliklar bo‘yicha korxona rahbari va kassirga qanday choralar ko‘riladi.

3. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

3-masala. Keltirilgan ma’lumotlar asosida umumiy muhimlik darajasini aniqlang.

5-jadval.

“Best” kompaniyasining 31- dekabr 2016- y. holatiga buxgalteriya balansi



Ko‘rsatikich

Summada ming AQSH dollarida.

AKTIV

 

1. Uzoq muddatli aktivlar – jami

45 282,3

shu jumladan:




Asosiy vositalar

45 282,3

2. Joriy aktivlar – jami

2 832,6

shu jumladan:




Zaxiralar

675,9

Debitorlar

1 823,1

Pul mablag‘lari

40,1

Boshqa joriy aktivlar

293,5

BALANS

48 114,9

PASSIV




1. O‘z mablag‘lari manbalari – jami

28 975,1

shu jumladan:




Ustav kapital

19 000,0

Qo‘shilgan kapital

7 362,1

Rezerv kapital

981,3

Taqsimlanmagan foyda

1 631,7

2. Majburiyatlar – jami

19 139,8

shu jumladan:




Kredit va qarzlar

1 275,6

Kreditorlik qarzlari

17 864,2

BALANS

48 114,9

6-jadval.

“Best” kompaniyasining 31 - dekabr 2016 - y. holatiga

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot


Ko‘rsatikich

Summa, ming AQSH dollarida.

1. Sotishdan sof tushum

7 135,6

2. Sotilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi

5 971,3

3. Yalpi foyda

1 164,3

4. Boshqa daromadlar

1 472,3

5. Boshqa xarajatlar

656,5

6. Sof foyda

1980,1

7-jadval.

Quyida keltirilgan jadvallar asosida ma’lumotlarni shakllantiring bazaviy ko‘rsatkichlar hisob-kitobi



Bazaviy ko‘rsatkich

Bazaviy ko‘rsatkichni moliyaviy hisobotdagi ko‘rsatkichi, summada.

Muhimlik darajasi, %

Muhimlik darajasi, AQSH dollari.





























































8-jadval.

Muhimlik darajasini balans aktiviga nisbatan taqsimlash



Balans aktivining moddalari

Summa,

Ming AQSH dollari.



Salmoq, %

Muhimlik darajasi, ming AQSH dollarida

1. Uzoq muddatli aktivlar – jami

45 282,3







shu jumladan:










Asosiy vositalar

45 282,3







2. Joriy aktivlar – jami

2 832,6







shu jumladan:










Materiallar

675,9







Debitorlar

1 823,1







Pul mablag‘lari

40,1







Boshqa joriy aktivlar

293,5







BALANS

48 114,9







Talab qilinadi:

Muhimlik darajasini aniqlash uchun bazaviy ko‘rsatkichlarni shakllantiring.

Umumiy muhimlik darajasini aniqlang.

Barcha hisob-kitoblarni auditorning ishchi hujjatida aks ettiring.

Aniqlagan ko‘rsatkichlaringiz bo‘yicha umumiy xulosa bering.

4-masala. Auditorlik kompaniyasi mijozining 3 ta katta magazinlari mavjud. Uning har birida bir nechta bo‘limlari bo‘lib, ular kamida 5 yilda bir marta hujjatli tekshirishdan o‘tishi kerak. Auditor oldiga risk yuqori bo‘lgan bo‘limlarni mukammal tekshirish vazifasi qo‘yilgan. Magazinlarning har birida ichki nazorat bo‘limi mavjud. O‘tgan yili magazinlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan.

Talab qilinadi:

Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.

Auditor riskni baholash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?

5-masala. Ichki xo‘jalik riski 80%, nazorat riski 50%, aniqlanmaslik riski 10% bo‘lganda auditorlik riskining maqbul to‘plamini aniqlang.

Talab qilinadi:

1. Holatlarga baho bering, ko‘rsatkichlarni mohiyati tushuntiring.

6-masala. Auditorlik riskining maqbul to‘plami 0,05, ichki xo‘jalik riski 0,75, nazorat riski 0,30.

Talab qilinadi:



1. Keltirilgan ko‘rsatkichlar asosida aniqlanmaslik riskini aniqlang.

2. Holatga baho bering, ko‘rsatkichlar mohiyatini tushuntiring.
Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling