4-mavzu bo'yicha test savollari. 4-mavzu. To'qnashishni elementar nazariyasi. Jismlarning o'zaro ta'siri. Modda va maydon. Test savollari


Download 16.13 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi16.13 Kb.
#190627
Bog'liq
4 мавзу


4-mavzu bo'yicha test savollari.
4-mavzu. To'qnashishni elementar nazariyasi. Jismlarning o'zaro

ta'siri. Modda va maydon.

Test savollari.
1. Urilish deb nimaga aytiladi.

A. Jismning boshqa bir jism bilan to'qnashishi natijasida tezlanish olishiga.

B. Jismning boshqa bir jism bilan to'qnashishi natijasida harakat holatini to'satdan

o'zgartirishiga.

V. Jismning boshqa bir jism bilan to'qnashishi natijasida impul`sga ega bo'lishiga.

G. Jismning boshqa bir jism bilan to'qnashishi natijasida energiyasini o'zgartirishiga.


2. Markaziy urilish–........

A. Jismlarni tezligi, ularning massa markazlarini birlashtiruvchi chiziq bo'ylab

yo'nalgan urilish.

B. Jismlarni tezligi, ularning kuch markazlarini birlashtiruvchi chiziq bo'ylab

yo'nalgan urilish.

V. Jismlarni tezligi, ularning tezlanish markazlarini birlashtiruvchi chiziq bo'ylab

yo'nalgan urilish.

G. Jismlarni tezligi, burchak ostidagi chiziq bo'ylab yo'nalgan urilish.


3.Jismlarni tezligi, ularning massa markazlarini birlashtiruvchi chiziqga burchak bo'ylab yo'nalgan urilish- ....... .

A. Aylana bo'ylab urilish.

B. Egri chiziq bo'ylab urilish.

V. Markaziy urilish.

G. Markaziy bo'lmagan urilish.
4.Tezlikni urilishdan keyingi qiymatini, urilishidan oldingi qiymatiga nisbati

nima deb yuritiladi:

A. Elastiklik koeffitsienti.

B. Ishqalanish koeffitsienti.

V. Qovushqoqlik koeffitsienti.

G. Tiklanish koeffitsienti.
5. Tiklanish koeffitsienti  ning qiymati barcha jismlar uchun qanday qiymatlarga ega.

A. Bir bilan ikkini orasidagi qiymatlarga.

B. Ikki bilan uchni orasidagi qiymatlarga.

V. Uch bilan to'rtni orasidagi qiymatlarga.

G. Nol` bilan birni orasidagi qiymatlarga.
6.Absolyut elastik urilish deb, ..... .

A. Jismni ichki energiyasi saqlanib qoladigan to'qnashuvga aytiladi.

B. Jismni elektr energiyasi saqlanib qoladigan to'qnashuvga aytiladi.

V. Jismni mexanik energiyasi saqlanib qoladigan to'qnashuvga aytiladi.

G. Jismni yorug'lik energiyasi saqlanib qoladigan to'qnashuvga aytiladi.
7.Absolyut noelastik urilish deb, ...... mexanik energiyasi saqlanmaydigan to'qnashuvga aytiladi.

A. Tezlanishga ega bo'lgan to'qnashuvga aytiladi.

B. Mexanik energiyasi saqlanmaydigan to'qnashuvga aytiladi.

V. Tezlikka ega bo'lgan to'qnashuvga aytiladi.

G. Mexanik energiyasi saqlanadigan to'qnashuvga aytiladi.
8.Modda bu, ............... .

A. materiyani jismoniy ko'rinishi bo'lib, o'zini xususiy massasi(tinch massasi)ga ega

bo'lgan zarrachalardan iboratdir.

B. materiyani jismoniy ko'rinishi bo'lib, tinch massasi nolga teng bo'lgan zarrachalardan iboratdir.

V. materiyani jismoniy ko'rinishi bo'lib, manfiy zaryadga ega bo'lgan zarrachalardan iboratdir.

G. materiyani jismoniy ko'rinishi bo'lib, musbat zaryadga ega bo'lgan zarrachalardan

iboratdir.
9.Maydonga ta'rif bering.

A. Bizni qurshab turgan muhit.

B. Jismdan jismga ta'sirni beruvchi zarrachalarni ko'rinishi.

V. Jismlarni o'zaro bog'lab, jismdan jismga ta'sirni beruvchi materiyani ko'rinishi.

G. Ko'zga ko'rinmas mayda zarrachalardan iborat muhit.
10.Qanday urilish noelastik?

A. Plastilin sharchalarni bir-biriga urilishi.

B. Molekulalarni idish devorlariga urilishi.

V. Atomlarni to'qnashuvi.



G. Rezina sharchalarni devorga urilishi.
Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling