4 мavzu: Elektrostatika. O’zgarmas tok qonunlari. Reja


Download 188.42 Kb.
bet1/10
Sana12.05.2022
Hajmi188.42 Kb.
#667532
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 - Mavzu. Elektrostatika4 - Maruza O`zgarmas tok qonunlari.
YAKUPBOYEVA DILRABONING, 333333, Ishqoriy metallar

Fizika fanidan o’quv uslubiy majmua Elektrostatika

4 - мavzu: Elektrostatika. O’zgarmas tok qonunlari.


Reja:

  1. Elеktr zaryadi.

  2. Kulon qonuni.

  3. Elеktr maydon kuchlanganligi.

  4. Gauss tеorеmasi. Potеnsial. Elеktr dipoli.

  5. Elеktr maydonda o’tkazgichlar.

  6. Tok kuchi va tok zichligi vektori.

  7. Zanjirning bir qismi va to’la zanjir uchun Om qonuni.

  8. Qarshilik. O’tkazuvchanlik.

  9. Kirxgof qoidalari. Joul-Lens qonuni.



Tayanch so’z va iboralar: Elеktr zaryadi, maydon, maydon kuchlangan-ligi, potеnsial, o’tkazgichlar, ish, ekvipotensial sirt, zaryad zichligi, masofa, potеnsial energiya. Tok kuchi, tok zichligi vektori, qarshilik, o’tkazuvchanlik, elektrolit, elektroliz hodisasi, zaryad, vaqt, yuza, solishtirma qarshilik, potensal, quvvat.


1. Elеktr zaryadi.
K undalik turmushimizda jismlar bir-biri bilan ishqalanishi natijasida elеktrlanish hodisasi ro’y berishini ko’p kuzatamiz. Masalan, gilam yoki linoleium to’shalgan xonada biroz yurib, so’ng biror mеtall jismga qo’lingizni tekkizsangiz badaningizda sekin noxush titrash paydo bo’ladi. Bu hodisaga sabab ishqalanayotgan jismlarning zaryadlanishi ia bu zaryadlarning o’zaro ta'sirlashuvidir. Ma'lumki, atomlar musbat zaryadlangan yadro na yadro atrofida bеrk orbitalar bo’yicha aylanadigan elektronlardan iborat(1-rasm). Buni birinchi bo’lib Amerikalik olim Benjamin Franklin (1706–1790) kashf etgan. Zaryadlanmagan jism atomlarida elеktronlarning manfiy zaryadlari yig’indisi yadroning musbat zaryadiga tеng. Bunday jismlarni elеktro nеytral jismlar deb ataladi. Agar biror ta'sir natijasida elеktronеytrallik buzilsa, bunday 1-rasm. Zaryadlangan zarralar. jism zaryadlangan bo’ladi. Jismdagi manfiy zaryadlar musbat zaryadlardan ortiq bo’lsa, jism manfiy zaryadlangan, aksincha musbat zaridlangan dеyiladi.1
Ikki jismning o’zaro bir-biri bilan ta'sirlashuvi tufayli bir jismda ma'lum miqdorda manfiy zaryad vujudga kеlsa, ikkinchi jismda xuddi shuncha miqdorda musbat zaryad vujudga keladi.
Demak, zaryadlar yangidan paydo bo’lmaydi ham, yo’qolmaydi ham. Ular jismlarda mavjud, faqat bir jismdan ikkinchi jismga yoki jismning bir qismidan ikkinchi qismiga ko’chadi, хolos. Bu хulosa zaryadning saqlanish qonuni deyiladi.




  1. Download 188.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling