4-mavzu. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika
va psixologiyaning ahamiyati
Reja
1. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomikaning ahamiyati.
2. Hayot faoliyat xavfsizligining psixologik asoslari.
3. Baxtsiz hodisalarning asosiy psixologik sabablari.
Tayanch so’z va iboralar: ergonomika, ko‘rish, eshitish,
taktil va titrash
analizatori, taktil va titrash analizatori, tizim faoliyatini kafolatlovchi muvofiqliklar,
ma’lumotlar
muvofiqligi,
fazoviy-antropometrik
muvofiqlik,
xavfsizlik
psixologiyasi
Ergonomika insonning mehnat faoliyati davomida faoliyatni samarali
bo‘lishini va inson uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlay oladigan funksional
imkoniyatlarni o‘rganuvchi fandir. Boshqacha aytganda, bu fan
- inson xarakteri,
mashina imkoniyatlari va xarakteristikalari hamda muhit xarakteri orasidagi o‘zaro
muvofiqlik hamda o‘zaro ta’sirni o‘rganuvchi fandir. Ergonomika atamasini
qo‘llash polyak olimi Yastshembovskiy tomonidan taklif etilgan va u o‘zining
“Cherti ergonomiki, to est nauki o trude” nomli kitobida ushbu atamani ishlatgan.
Ergonomika “Inson-mashina-muhit” tizimidagi o‘zaro muvofiqliklarni, ya’ni
mashina
va mexanizmlarning konstruktiv, texnologik,
energetik, kinematik va
texnik-estetik (dizayni) ko‘rsatkichlari
bilan insonning xarakteri, antropometrik
ko‘rsatkichlari, sezgi a’zolari va analizatorlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish va
muvofiqliklarni o‘rganadi.
Inson asosan quyidagi sezgi a’zolari va analizatorlarga ega:
1
Ko‘rish – atrof-muhit to‘g‘risida eng ko‘p (80-90 %) ma’lumot oluvchi a’zo.
Eshitish – ko‘rish orqali qabul qilingan ma’lumotlarni to‘ldiradi, ma’lumotni
tushunish, anglash uchun imkoniyat yaratadi.