4-mavzu: Islom dini. Islom ta’limoti va asosiy manbalari


§ 6 Hadislar va ularning Islomda hamda


Download 107.52 Kb.
bet8/14
Sana16.05.2022
Hajmi107.52 Kb.
#670351
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
islomdini
Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etish, Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari, Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning asosiy tamoyillari, Mundarija kirish, Orazshayeva Ziuar Satullayevna, Zamonaviy texnologiyalar tibbiyotda, 23-04-2022 10-54-45, 20-04-2022 09-48-31, 1-tema Kitapxana, mavzulashtirilgan 2016 (2), KORXONALARNING MEHNAT RESURSLARI BILAN TA, Fakultet kafedrasi fanidan (1), Iqtisodiy tahlil nazariyasi-fayllar.org, Texnik
§ 6


Hadislar va ularning Islomda hamda
musulmonlar hayotida tutgan o’rni

Qur’on ilk islomda yakka-yu yagona manba edi. Ammo arab istilolari natijasida vujudga kelgan xalifalik hududlarida yashayotgan turli xalqlar talab-ehtiyojlariga Qur’on to’la javob bera olmas edi. Shu tariqa o’zgargan tarixiy sharoitdagi talab va ehtiyojlarga javob beradigan yangi manbalar vujudga kelishi zarur bo’ldi. Islom olimlari Muhammad payg’ambarning hayot yo’li, u aytgan hikmatlari, ibratli xabarlar, ko’rsatgan yo’l-yo’riqlari, uning va sahobalarining yaxshi ishlari, o’git va nasihatlarini, bilgan shaxslardan eshitib, to’play boshlaganlar. Bu yangi ma’lumotlarni «hadis», ya’ni «hikoya», «xabar», «hikmat» deb aytish mumkin. Hadislar to’plami Sunna deb yuritiladi. Sunniy yo’nalishdagi musulmonlar tan olgan, hadislargina sunna hisoblanib, u Qur’ondagi keyindagi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislarni dastlab Muhammadning qarindosh-lari, xalifalar, sahobalar ishlatgan, ya’ni ular biron-bir ko’rsatmani (avvalo huquqiy harakterdagi ko’rsatmani) qonunlashtirish uchun o’zlari Muhammaddan eshitgan so’zlarni dalil qilib keltirganlar. VII-IX asrlarda ming-minglab hadis to’plangan yoki to’qilgan. Hadisshunoslik savob ish hisoblangan, hadislarni to’plash mustaqil bilimga aylangan, bu ishga ixtisoslashgan ilohiyot peshvolari esa muhaddislar, deb atalganlar.


Hadislarning aksariyati huquqiy va ahloqiy normalarni, marosim va urf-odatlar, oilaviy munosabatlar, kasb-kor, savdo-sotiq, ilm, ota-ona, farzand, qarindosh-urug’, do’stlik, yaxshilik yoki yomonlikka oid bo’lgan. Ammo tarxiy mazmunga ega bo’lgan.
Muhammad tarjimaiholini, xalifalar, sahobalar faoli-yatini bayon etgan hadislar ham bo’lgan. Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan yetkazilgan hadislar (sahih) deb e’tirof qilingan.
Hadislarni yetkazgan kishilar ishonchli bo’lsa, bu hadis yaxshi (hasan) deb atalgan. Ishonchli bo’lmagan shaxslar yetkaz-gan hadislar bo’sh (zaif) deb atalgan.
Haqiqiy rost, chin hadislarni soxta hadisdan ajratish eng muhim ish hisoblangan. Bu ishda ham qiyoslash, taqqoslash usulidan foydalanilgan. Masalan, biron hadis turli shaxslardan, turli, bir-biridan uzoq joylarda solishti-rilgan ular aynan tug’ri kelsa o’shanday hadis sahih, ya’ni chin hadis hisoblangan, agar bir-biriga bironta so’zda, ma’noda to’g’ri kelmasa unday hadis soxta yoki zaif hisoblangan va tashlab yuborilgan.
IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislarni to’plash tugallangan. To’plangan hadislar hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis to’plovchi) mashhur bo’lgan. Shulardan uchtasi Markaziy Osiyo-dan chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo’lisi va mashhuri Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar) dir. U Buxoroda tug’ilib, shu yerda o’z davri ilmlarini, ayniqsa, diniy bilimlarini har tomonlama o’rgangan. So’ng o’z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bog’dod, Damashq, Hijoz, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda ko’p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, hadislar to’plagan, so’ng Buxoroga qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot etgan. Uning maqabarasi hozir ta’mirlangan va ziyoratgohga aylantirilgan.
Buxoriydan bizga juda ko’p meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 20 taga yaqin katta hajmdagi asarlari mavjud. «Al-Jome’-Sahih», «At-tarix al-Kabir», «At-tarix as-sagir», «Al-Adab al-Shufrad» kabilar shular jumlasiga kiradi.
«Islom olamida hazari imom Buxoriy va imom Muslim ikkalalarining ikki sahih kitobi paydo bo’lgach, olimu muhaddislar juda nozik did bilan tekshirib, bahs yuritganlaridan keyin eng ishonchli ekaniga qalblari taskin topdi. Allohning kitobi Qur’oni Karimdan keyin Islomning ikkinchi manbasi, «Eng oliy va eng sahih» manba deb shu ikki kitobni tasdiqladilar». (Qarang: Imom Buxoriy ta’rifi. Toshkent.-«Cho’lpon» nashriyoti.-1996 yil. 9-bet)
Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to’rt jildli «Al Jome’ al-Sahih» («Ishonchli to’plam») bo’lib, u «Sahih- al-Buxoriy» nomi bilan ham ma’lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bo’lib, 3450 bobni o’z ichiga oladi. Chunki, Buxoriy 20 mingdan ortiqroq hadis to’plab, bulardan 7250 tasini mana shu kitobiga kiritgan. Buxoriy to’plamiga haqiqiy bilgan hadislarnigina kiritgan. Bu kitobdagi hadislarda inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma’naviy yuksalishi, pokligi, donoligi, yaxshi-yomonni ajrata bilishi kabi g’oyalar bayon etilgan.
Hadislarning asosiy maqsadi: do’stlik, adolat, o’zaro yaxshi munosabatlarni mustahkamlash, insonni yomonlikdan asrashdir. Ismoil Buxoriy «Sahih»ning hozir to’rttala jildi o’zbek tiliga tarjima qilinib, undan xalqimiz foydalanmoqda.

Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bo’lmish mashhur muhaddislardan biri Imom Iso at-Termiziydir (824-892 yillar). Undan «Jame’ al-kabir», «Jome’ at-Termiziy», «Ash-Shamoil al-Nabaviya», «At-Tarix», «Kitob az-Zuxd» kabi o’ndan ortiq asarlar qolgan. Termiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari «Jome’ at-Termiziy» bo’lib, unda insonparvarlik g’oyalari keng ifodalangan. O’g’irlik, zo’ra-vonlik, yolg’onchilik, ichkilikbozlik, manmanlik kabi salbiy, ahloqqa zid qusurlar qattiq tanqid qilingan.


Islomda mashhur bo’lgan muxaddislardan yana biri Abu Abdurahmon an-Nasoyidir (850-915 yillar). U Nisa (Turkmaniston) shahrida tug’ilib, horijiy sharq shahar-larida, xususan Misrda o’z bilimini oshirgan. U Falastin-ning Romla shahrida vafot etgan. Uning «at-sunai al-Kubro» kitobi mashhur bo’lgan. Qolgan yana uchta hadis yozganlar Eron va Arab mamlakatlarida edi.
Hadislar Qur’on kabi muqaddas manba sifatida musulmonlarning ta’lim-tarbiyasida, fiqx sistemasida, oilaviy tarbiyada hamon katta ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Download 107.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling