4-mavzu: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


Download 324.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi324.86 Kb.
#247295
  1   2
Bog'liq
4-mavzu seminar



4-mavzu:  O‘zbekistonda  demokratik,  fuqarolik  jamiyati  asoslarining 

shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar 

                                                  Reja: 

1. 


O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi.  

2. 


Mustaqillik yillarida huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati qurishning asosiy 

xususiyatlari . 

3. 

O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi. 



4. 

O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  rivojlanishining  asosiy  bosqichlari  va 

istiqbollari. 

 

Tayanch so‘z va iboralar: fuqarolik jamiyati tushunchasi, modernizatsiya, 

demokratik  davlat,  xususiy  mulk,  oila,  davlat  tuzumi,  huquq,  madaniyat,  ta’lim, 

qonunlar.  

           O‘zbekiston  yangi  jamiyat  qurishda  adolat  va  haqiqat  g‘oyasiga 

asoslanmoqda.  Respublikamizda  odamlar  o‘z  qobiliyati  va  ehtiyojlarini  to‘la 

namoyon  qilish  va  amalga  oshirishlari  uchun  zarur  bo‘lgan  dastlabki  teng 

imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga 

katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi.  

        O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. 

Respublikamizda  odamlar  o‘z  qobiliyati  va  ehtiyojlarini  to‘la  namoyon  qilish  va 

amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni 

vujudga  keltiradigan  huquqiy  mexanizmni  yaratishga  katta  etibor  berildi.  Negaki, 

busiz  adolatli  jamiyat  qurib  bo‘lmaydi.  Ana  shunday  imkoniyatlar  yaratilgandan 

keyingina,  har  bir  insonning  taqdiri,  turmushi,  jamiyatdagi  o‘rni  uning  o‘ziga, 

salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi. 

        1993-  yil  2-  sentabrda  „Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

to‘g‘risida“  O‘zbekiston  Respublikasining  Qonuni  qabul  qilindi.  Unga  binoan, 

qishloq, posyo’lka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, 

posyo’lka  sovetlari  tuzilmaydigan  bo’ldi.,  ularning  o‘rniga  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari  —  mahalla  qo‘mitalari  tuzildi.  Shunday  qilib,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan 

mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. 

Ular  o‘rtasidagi  munosabatlarning  huquqiy  asoslari  „Mahalliy  davlat  hokimiyati 

to‘g‘risida“ gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga 

molik  masalalarni  hal  qiladi.  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  kengashlari 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarishni  rivojlantirishga  ko‘maklashadi,  o‘zini  o‘zi 

boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi. 

         Bugungi  kunda  fuqarolik  jamiyatining  barcha  muhim  jihatlarini  qamrab 

oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo‘nalishlarini ifodalovchi ilmiy 

modelni  yaratish  vazifasi  turibdi.  Mohiyat  jihatidan  «fuqarolik  jamiyati»  iborasi 



ilmiy  adabiyotlarda  o‘ziga  xos  alohida  mazmun-mano  kasb  etib,  jamiyatning 

ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  huquqiy  va  ma’naviy  jihatdan  yuqori  darajada  kamol 

topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi.  

       Fuqarolik  jamiyatida  erkinlik,  qonun  oldida  barchaning  tengligi,  ijtimoiy 

adolatning  taminlanishi,  hamma  fuqarolarning  ijodiy  salohiyati  va  istedodining 

bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va 

adolat  mezonlari  bilan  o‘lchanadi.  Jamiyatning  «fuqarolik»  sifati  bilan 

tavsiflanishida  boy  mazmun  va  teran  mano bor.  «Fuqarolik»  (erkin inson)  degan 

sifat  belgisida  yuqori  taraqqiy  topgan,  komillikning  cho‘qqisiga  erishgan 

jamiyatning  mohiyati  aks  etadi.  Muayyan  davlatga  mansub  bo‘lgan  fuqarolar 

yashaydigan  mamlakat  hali  fuqarolik  jamiyati,  erkin  va  komil  insonlar  jamoasi 

mavjudligini  anglatmaydi.  Xuddi  shuningdek,  malum  huquqiy  tizim  mavjud 

bo‘lgan,  huquqiy  hujjatlar  majmui  amal  qilayotgan  har  qanday  davlat  «huquqiy 

davlat» deb etirof etilavermaydi . 

        Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan ilmiy nazariy 

talqinlar  asosida  fuqarolik  jamiyati  deganda,  birinchi  navbatda,  davlatdan  xoli 

bo‘lgan  mulkiy,  bo’zor  tartiblari,  oilaviy,  axloqiy-ma’naviy  munosabatlar  sohasi 

tushuniladigan bo’ldi.. Shu manoda, marifiy, xususiy, g‘ayrirasmiy, nosiyosiy hayot 

sohasi majmui tarzida talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar 

va  istemolchilarning  davlat  nazorat  qilmaydigan  manfaatlarini  amalga  oshirish 

olami sifatida tariflanadi. Masalan, Gegelning tabiriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati–bu 

eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar tizimi, shuningdek din, 

oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va 

subekt  (inson)  larning  ulardan  kelib  chiquvchi  o‘zaro  uzviy  yuridik  aloqalari 

majmuidir. Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o‘tishlari 

lo’zim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka aylanadi» . 

Gegel  bu  jamiyatni  burjuacha  ishlab  chiqarish  munosabatlari  majmui  sifatida 

tushungan, shu bilan birga, uning ikki asosiy prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan: 

Fuqarolik  jamiyatining  davlatdan  mustaqilligi,  avtonomligi  uning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish 

jabhasi  bilan  davlat  boshqaruvi  jabhasi  mavjud  bo‘lib,  ular  biri-biriga  zid  emas, 

aksincha, bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish 

ustun mavqega ega bo‘lib, jamiyatning o‘zi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat 

apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining ko‘lami 

va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin) . 

Fuqarolik jamiyatidagi o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:–

erkin  bo’zor  (iqtisodiy  mexanizm);  siyosiy  erkinlik  va  demokratiya  (siyosiy 

mexanizm);  ma’naviy-axloqiy  soha  (ma’naviy-ruhiy  mexanizm;  jamiyatdagi 




nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo‘lib, 

ularda jamiyat azolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo‘ladi. 

Yuqoridagi  tahlillar  asosida  «fuqarolik  jamiyati»  tushunchasini  yana-da 

aniqlashtirishga  urinib  ko‘rish  mumkin.  Yani:  fuqarolik  jamiyati  –  insonlarning 

shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyo¬siy, ijtimoiy va ma’naviy 

sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, 

shuningdek  nodavlat  munosabatlarning  majmui  va  erkin  insonlar,  tashkilotlar  va 

fuqarolar  uyushmalari  faoliyat  yuritib,  namoyon  bo‘ladigan  sohadir.  Maxsus 

adabiyotlardan  birida  quyidagi  tarifni  ham  uchratish  mumkin:  «Fuqarolik 

ja¬miyati– o‘z faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bo‘lgan 

xususiy  shaxslar,  guruhlar  va  institutlarning  tizimi...  Fuqarolik  jamiyatini 

mam¬lakatdagi  davlat-hokimiyat  tuzilmalari  doirasiga  kirmaydigan  nosiyosiy 

ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida tariflash mumkin»  

             Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo‘lishining quyidagi umumiy 

g‘oya  va  prinsiplarini  takidlash  joiz:  1)  iqtisodiy  erkinlik,  turli  mulk  shakllari  va 

bo’zor munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini 

so‘zsiz  tan  olish  va  muhofaza  etish;  3)  davlat  hokimiyatining  legitimligi  va 

demokratikligi,  yani  huquqiy  davlatning  mavjudligi;  4)  barchaning  qonun  va  odil 

sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va 

mafkuraviy  plyuralizm,  legal  muxolifatning  mavjudligi;  6)  so‘z  va  matbuot 

erkinligi,  ommaviy  axborot  vositalarining  mustaqilligi;  7)  davlatning  fuqarolar 

xususiy  hayotiga  aralashmasligi,  davlat  bilan  fuqarolarning  o‘zaro  burch  va 

masuliyat  (javobgarlik)  orqali  bog‘liqligi;  8)  ijtimoiy  hamkorlik  va  milliy 

totuvlikning  taminlanganligi;  9)  insonlarning  munosib  hayot  kechirishini 

taminlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi . 

         Huquqiy  davlat  qurish  doktrinasida  davlat  hokimiyati  tizimi  qonun 

chiqaruvchi,  ijro  va  sud  hokimiyatiga  bo‘linishi  muhim  o‘rin  tutadi.  Ushbu 

qarashning genezisi, zamonaviy muammolari haqida juda ko‘p falsafiy, siyosiy va 

huquqiy adabiyotlar chop etilgan. 

       Fuqarolik  jamiyati  qurish  jarayonida  demokratik  huquqiy  davlat  ijtimoiy 

tashkilotlar  darajasiga  tushib  qolishi  mumkin  emas,  ammo  uning  boshqaruv 

funk¬siyalarida,  vakolatlarini  mahalliy  va  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlariga o‘tkazishida muayyan o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. Demak, fuqarolik 

jamiyati institutlari faqat nodavlat, jamoat tashkilotlari, birlashmalaridan iborat, ular 

davlatdan  chekkada, hatto  unga qarshi turadi  deb qarash  noto‘g‘ridir.  Huquqning 

umumiy  ijtimoiy  meyorga  aylanishini,  qonun  ustuvorligini  tamin¬lashni  davlat 

ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 

      O‘zbekistonda 

huquqiy 

davlat 


qurish 

doktrinasi 

mamlakatimiz 

Konstitutsiyasidagi  inson,  uning  hayoti,  erkinligi,  shani,  qadr-qimmati  va  boshqa 




daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir (13-modda), davlat inson va jamiyat farovonligini 

taminlash,  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylikni  qaror  toptirishga  (14-modda)  xizmat 

qiladi degan fundamental tamoyillarga tayanadi. Ular qatoriga insonning ijtimoiy-

iqtisodiy munosabatlarda erkin qatnashishi, mulkka egalik huquqi (36-modda) ham 

kiradi. 

         Shaxs bilan davlat o‘rtasidagi bog‘liqlik, munosabatlar fuqarolarning umumiy 

yoki  konstitutsiyaviy  holati;  maxsus  yoki  mavqei  bilan  bog‘liq  holati;  lavo’zimi 

bilan  bog‘liq  holati; tasodifiy  vaziyatlarda  ishlovchi  shaxslar  holati  kabi  huquqiy 

holatlari orqali qaror topadi. Ayrim tadqiqotchilar ular qatoriga shaxsning davlatga 

mansubligi, yani shu davlatning fuqarosi bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ham kiritadi. 

Albatta,  shaxsning  qaysi  davlat  fuqarosi  ekani  huquqiy  holat  uchun  muhimdir. 

Ammo  milliy  huquqni  shakllantirishda  xalqaro  meyorlarga  tayanish  huquqiy 

taraqqiyotning yetakchi ananasi bo‘layotgan ekan, u yuqoridagi huquqiy holatlarga 

tasir etmay qolmaydi. U, avvalo, shaxs huquqiy holatining kengayishida aks etadi. 

Bunga  huquqiy  davlatning  yo‘l  yomonligi  sababli  haydovchilar  oldidagi  yoki 

sanitariya-epidemiologiya  xizmatining  talab  darajasida  emasligi  sababli  zarar 

ko‘rgan  fuqarolar  oldidagi  javobgarligi  haqida  qonunlar  qabul  qilinishi  misol 

bo‘lishi mumkin. Hatto ilmiy adabiyotlarda davlatning fuqaro oldida javobgarligi 

haqida  maxsus  qonun  qabul  qilish  zarurligi  takidlanmoqda.  Demak,  shaxsning 

huquqiy holati, erkinliklari, davlat bilan munosabatlari huquqiy davlatda kengayadi. 

Bu  esa,  o‘z  navbatida,  davlatning  shaxs  erkinliklarini  taminlashdagi  o‘rni  va 

ahamiyati oshishidan dalolat beradi. 

        Shaxs huquqiy holatining, erkinliklarining kengayishi davlat funksiyalarining 

qisqarishi hisobiga sodir bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish aslo davlatni 

zaiflashtirish yoki uni o‘z funksiyalarini bajarishdan chetlashtirish hisobiga amalga 

oshirilmasligi kerak. Aksincha, davlat hokimiyat organlarini qonuniylik va huquqiy 

tartibni  jamoatchilik  obro‘siga  tayangan  holda  har  tomonlama  mustahkamlashi 

zarur. 


       Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati shaklidir va davlat huquqiy bo‘lnshi uchun 

kuchli, hayot kechirib keta oladigan, erksevar, har qanday antidemokratik avtoritar 

tajivuzlarga qarshilik ko‘rsata oladigan jamiyat bo‘lish« kerak. Buning o‘chun esa 

avvalo Davlat hokimiyatini demokratiya, o‘znni o‘zi boshqarish va xalqning to‘la 

Hokimligi  prinsiplari  asosida  qayta  tashkil  etish  zarur.  Huquqiy  davlatga  borish 

yo‘lida,  avvalo  jamiyatga  mamuriy  buyruqbo’zlik  bilan  rahbarlik  qilishni, 

byurokratizmni,  saylab  qo‘yiladigan  organlar  ustidan  ijro  etuvchi  organlar 

hukmronligini,  shaxsning,  jamoalarning  siyoeiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  ifodalash 

shakllarining  rivojlanmaganligani  yengib  o‘tish,  odamlarning  davlatga  bo‘lgan 

munosabatlarini (unga doimo zo‘ravonlik, majburlash apparati deb qarab kelingan 

edi) qayta ko‘rib chiqish zarur.  



       Jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati huquqiy davlatning muhim 

omili.va shartidir. Ammo tuban siyosiy-huquqiy savodlilik va chalasavodlilik, hatto 

savodsizliq, rasmiy nuqtai nazarga qarab ish ko‘rish, rasmiy so‘z bilan haqiqiy ahvol 

o‘rtasidagi  farqqa  odatlanish  xos  bo‘lgan,  mamuriy-buyruqbo’zlikka  asoslangan 

davlat huquqiy ongi va huquqiy madaniyatidan farq qilib, huquqiy davlat madaniyati 

va  Huquqiy  ongi  uchun:  yuqori  siyosiy  va  huquqiy  savodxonlik  hamda  faollik 

zo‘ravonlik va huquq buzilishlariga qarshi tura olish qobiliyati va bunga tayyorlik 

xos  bo‘ladi.  Fuqarolik  jamiyati  -  bu  shunday  jamiyatki,  unda  kishilar  o‘zaro 

bog‘liqdirlar  hamda  bir-birlari  va  davlat  bilan  mustaqil  ravishda  munosabatda 

bo‘ladilar. Bunday jamiyatda ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotni taminlash, uni 

rivojlantirib,  avloddan-avlodga  yetkazish  davlat  bilan  jamoat  birlashmalarining, 

shaxs  bilan  jamoaning  munosabatlarini  malum  darajada  mustaqil  ravishda  olib 

borish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunday  jamiyatda  shaxs  ijtimoiy  munosabatlarda 

o‘zining shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini 

namoyon qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.  

 

Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ 



maqsadi,  avvalo,  xalqimiz  manfaatlari  ko‘zlangan  islohotlarni  amalga  oshirishga 

qaratilgani  bilan  etiborlidir.  Bu  jihatlar  Konstitutsiyamizda  ham  mustahkamlab 

qo‘yilgan.  Jumladan,  Bosh  Qomusimizning  II  bob  13  moddasida  “O‘zbekiston 

Respublikasida  demokratiya  umuminsoniy  printsiplarga  asoslanadi,  ularga  ko‘ra 

inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy 

qadriyat hisoblanadi. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  qo‘lga  kiritilayotgan  yutuqlar,  olamshumul  va 

tarixiy  o‘zgarishlarni  tahlil  etar  ekanmiz,  mustaqillikning  ilk  kunlaridan  boshlab 

O‘zbekiston  o‘z  taraqqiyot  yo‘lini  naqadar  to‘g‘ri  tanlaganligiga  yana  bir  bora 

ishonch  hosil  qilamiz.  Islohotlar  izchil,  tizimli  va  bosqichma-bosqich  olib 

borilayotganligi,  har  bir  o‘zgarish  aniq  maqsadni  ko‘zlagan  holda,  mukammal 

ishlangan konsepsiya va dasturlar asosida amalga oshirilayotganligi o‘z samara va 

natijalarini bermoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizning sud-huquq tizimi tubdan 

yangilandi.  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  bosh  maqsadi 

demokratik  huquqiy  davlat  qurish  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishdan  iborat.   

Ushbu asosiy maqsaddan kelib chiqib, sud-huquq tizimidagi islohotlar insonlarning 

shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquq hamda erkinliklarini himoya qilinishini 

taminlashga va kafolatlashga xizmat qiladi. Bu Konstitutsiyamizning 44-moddasida 

“Har  bir  shaxsga  o‘z  huquq  va  erkinliklarini  sud  orqali  himoya  qilish,  davlat 

organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalarining  g‘ayriqonuniy  xatti-

harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi” mustahkamlangan. 

        Respublikamizda sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  11-moddasida  “O‘zbekiston  Respublikasi  davlat 



hokimiyatining  tizimi  hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 

hokimiyatiga  bo‘lininshi  prinsipiga  asoslanishi”  belgilangan.  Shuningdek 

Konstitutsiyaning  106-moddasida  sud  hokimiyati  qonun  chiqaruvchi  va  ijro 

hokimiyatilaridan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil 

holda  ish  yuritishi,  107-moddasida  odil  sudlovni  amalga  oshiruvchi  O‘zbekiston 

Respublikasining  sud  tizimi  belgilangan.  Bu  konstitutsiyaviy  asoslar  insonlarning 

sud idoralariga bo‘lgan ishonchini orttirib, o‘z navbatida, sudya va sud xodimlarida 

o‘zlariga  yuklatilgan  vazifalarni  sidqidildan  bajarish,  ularga  masuliyat  bilan 

yondoshish hissini kuchaytiradi. Zero, davlat va jamiyatning obro‘si sud organlari 

va  sudyalarning  qonun  normalariga  qanchalik  rioya  qilishiga,  ular  qabul  qilgan 

qarorlarning adolat meyorlariga nechog‘lik mos kelishiga bevosita bog‘liqdir. 

          Jahon  tajribasini  hisobga  olgan  holda  ilk  bor  mamlakatimizda 

Konstitutsiyaviy  sud  tasis  etildi.  Bo’zor  iqtisodiyotining  rivojlanish  sharoitida 

xo‘jalik  munosabatlarida  qonunchilikni  taminlashda  muhim  rol  o‘ynayotgan 

xo‘jalik  sudlari  tizimi  yaratildi.  Sudlarning  ixtisoslashuvi,  yani  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning tashkil etilishi bilan fuqarolarning 

huquq  va  erkinliklarini  sud  orqali  himoya  qilishning  huquqiy  doirasi  yanada 

kengayganligi  bu  yo‘nalishdagi  o‘zgarishlarning  asosiy  omillaridan  biri  bo’ldi. 

desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, 2000 yilda yangi tahrirdagi “Sudlar 

to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  qabul  qilinishi  sud  tizimini 

isloh  qilishda  muhim  bosqich  bo’ldi..  Sud  ishlarini  apellyatsiya,  kassatsiya  va 

nazorat  tartibida  ko‘rib  chiqish  institutlari  joriy  etildi,  tergov-surishtiruv  va 

kishilarni  hibsda  saqlash  muddatlari  sezilarli  darajada  qisqartirildi  hamda  ishlarni 

sudlarda ko‘rib chiqishning qatiy muddatlari belgilandi. 

        Mustaqillikni  qo‘lga  kiritgandan  so‘ng  sudlar  yildan-yilga  hokimiyatning 

to‘laqonli  mustaqil  tarmog‘i  sifatida  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lib  bormoqda.  Sudlar 

faoliyatiga noqonuniy  aralashuvlarni  bartaraf  etish hamda  ularning  faqat qonunga 

bo‘ysunishini  taminlash  maqsadida  mamlakatimizda  bir  qator  ishlar  amalga 

oshirilmoqda.  Sudlarning  jinoyat,  fuqarolik  va  xo‘jalik  ishlari  bo‘yicha 

ixtisoslashuvi  ayniqsa,  mamlakat  hayotida  yuzaga  kelayotgan  iqtisodiy  nizolarni 

chuqurroq o‘rganib, ularni maqbul muddatarda adolatli qarorlar qabul qilish yo‘li 

bilan hal etish imkoniyatini tug‘dirdi.Yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun 

sud-huquq  tizimini  isloh  qilishda  muhim  bosqich  bo‘lib,  jamiyatni  harakatga 

keltiruvchi  huquqiy  munosabatlarni  tartibga  solish,  har  qanday  ko‘rinishdagi 

huquqbuzarliklarning oldini olish, jazoning muqarrarligini taminlash, fuqarolarning 

huquqiy  ongi,  tafakkuri  va  madaniyatini  zamon  talablariga  muvofiq  tarzda 

shakllantirish,  huquqiy  himoya  qilish  ishlarini  rivojlangan  davlatlar  darajasiga 

yetkazish uchun qonuniy asos yaratdi.Ushbu Qonunning 2-moddasida O‘zbekiston 

Respublikasida  sud  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  boshqa 



qonunlarida,  inson  huquqlari  to‘g‘risidagi  halqaro  hujjatlarda  e’lon  qilingan 

fuqarolarning  huquq va  erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va  tashkilotlarning 

huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya 

qilish  belgilangan.  Sudlarning  faoliyati  qonun  ustuvorligini,  ijtimoiy  adolatni, 

fuqarolar tinchligi va totuvligini taminlashga qaratilgandir. 

        Sud-huquq  tizimini  liberallashtirish,  uning  amalda  mustaqilligiga  erishish 

hamda  bu  sohada  qonun  ustuvorligini  taminlashda  o‘z  kasbini  vijdonan  qadrlay 

oladigan,  har  tomonlama  yetuk  professional  sudya  kadrlarsiz  tasavvur  etib 

bo‘lmaydi.  Shunga  asosan  sud  sohasida  kadrlarni  tanlash  va  tasdiqlashning  ham 

samarali  demokratik  huquqiy  mexanizmi  yaratildi.2016  yil  21  oktabrda  qabul 

qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh 

qilish,  fuqarolar  huquqlari  va  erkinliklarini  ishonchli  himoyalash  kafolatlarini 

kuchaytirish  bo’yicha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  PF-4850-sonli  farmoni  bilan 

sud-huquq  sohasidagi  davlat  siyosatining  sifat  jihatdan  yangi  darajaga  ko‘tarildi. 

Ushbu  farmonda  uchta  asosiy  ustuvorlik  ajratib  korsatiladi:  sud  hokimiyatining 

haqiqiy  mustaqilligi;  fuqarolar  huquqlari  va  erkinliklarini  ishonchli  himoyalash 

kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish. 

Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini taminlash, kasb obro-etiborini oshirish, 

yuqori  malakali  va  samarali  faoliyat  yuritadigan  sud  korpusini  tashkil  qilish 

maqsadida  birinchi  marta  sudyalarning  vakolat  muddatlari  qayta  ko’rib  chiqildi. 

Xususan,  sudyalarni  dastlabki  besh  yillik  va  navbatdagi  on  yillik  muddatlarga 

tayinlash  (saylash),  kelgusida  esa  lavo’zimni  muddatsiz  davr  mobaynida  egallash 

nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi. 

         Shu bilan birga, farmon  orqali 2017  yil  1  apreldan  jinoiy, jinoiy-prosessual, 

fuqarolik  prosessual  va  boshqa  qonun  hujjatlariga  inson  huquqlari  va  erkinliklari 

ustuvorligini taminlash, sudda ishlarning adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi va 

jazoning  insonparvarligi  kafolatlarini  kuchaytirish  hisobga  olingan  holda  odil 

sudlovni  amalga  oshirish  samaradorligini  kuchaytirishga  qaratilgan  bir  qator 

o’zgartirishlar  kiritildi.  Bundan  tashqari,  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan 

islohotlar  qonuniyligini  va  samarali  realizasiya  qilinishini  taminlashda  davlat 

organlari  yuridik xizmatlari  rolini oshirish  maqsadida, ularning  faoliyatini  yanada 

takomillashtirish bo’yicha muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. 

Belgilangan  ustuvorliklarni  hayotga  tatbiq  qilish  va  amaliyotda  realizatsiya  qilish 

uchun mazkur farmon bilan sud-huquqiy tizimini rivojlantirishning 8 ta eng ustuvor 

sohasi  bo’yicha  45  ta  muayyan  chora-tadbirlar  realizatsiya  qilinishini  nazarda 

tutadigan  kompleks  chora-tadbirlar    tasdiqlandi.  Farmonni  realizatsiya  qilish 

doirasida  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga,  Jinoiy,  Jinoiy-protsessual, 

Fuqarolik protsessual, Xojalik protsessual kodekslariga va bir qator boshqa qonun 

hujjatlariga  o’zgartirishlar  va  qoshimchalar  kiritiladi.  Fuqarolar  huquqlari  va 



erkinliklarini  himoyalash  tizimini  takomillashtirish  va  kuchaytirish  maqsadida, 

umumiy etirof qilingan xalqaro standartlar asosida maxsus qonunlar, shu jumladan 

“Jabrlanuvchilar,  guvohlar  va  jinoiy  jarayonning  boshqa  ishtirokchilarini 

himoyalash  to’g’risida”,  “Mediatsiya  to’g’risida”,  “Mamuriy  sud  ishlarini  ko’rib 

chiqish 

to’g’risida”gi 

va 

boshqa 


qonunlarni 

qabul 


qilish 

rejalashtirilmoqda.O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni 

shakllantirishning  huquqiy  asoslari  yaratildi.  Mamlakatimiz  barcha  rivojlangan 

huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, yani  qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 

va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan 

fuqarolik  jamiyati  sari  ildam  qadam  qo‘yish  maqsadida  erkin  bo’zor 

munosabatlariga  asoslangan  kuchli  iqtisodiyot  barpo  etildi.  Inson  huquqlari  va 

erkinliklarini muhofaza qilishning tasirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar 

va  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  bilan  hamkorlikni  kengaytirish,  davlat 

muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish 

maqsadida  BMTning  Inson  huquqlari  va  boshqaruv  tizimini  demokratiyalashni 

qo‘llab-quvvatlash ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 

31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 

Milliy  markazi  tuzildi.  Farmonda  Inson  huquqlari  bo‘yicha  Milliy  markazning 

maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi. 

          O‘zbekistonda  Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  institutlarning  shakllanishi 

mamlakatni  isloh  qilish  va  modernizatsiyalash  jarayonlari  doirasida  davlat  va 

jamiyatning  barcha  sohalarida  demokratik  islohotlar  o‘tkazish  amalga  oshirildi. 

2008  yil  1  maydagi  “Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  qabul 

qilinganligining  60  yilligiga  bag‘ishlangan  tadbirlar    to‘g‘risida”gi  Farmoni 

O‘zbekistonda  Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  institutlarning  huquqiy  maqomini 

mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo’ldi., deyish mumkin.  

Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida 

qabul  qilingan  meyoriy  hujjatlar,  xalqaro  standartlarga  muvofiqlashtirish 

maqsadlarida  milliy  institutlarning  qonunchilik  asoslarini  takomillashtirish     

O‘zbekistonning  demokratik  o‘zgarishlarga  sodiqligini  yana  bir  karra  namoyish 

qilmoqda. 2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda 

mamlakatda  faol  demokratik  yangilanish  va  modernizatsiyalash  jarayonlari 

kuzatildi.  Ushbu  bosqichning  asosiy  vazifasi  qilib  milliy  davlatchilik  asoslarini 

mustahkamlashga  qaratilgan  kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyatiga 

bosqichma-bosqich  o‘tish  masalasi  qo‘yildi.  Mamlakatning  siyosiy  va  iqtisodiy 

hayotida  demokratlashtirish  va  liberallashtirish  jarayonlari  chuqurlashdi,  inson 

haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, 

fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib 

bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va 



demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu 

bosqich  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  yanada  demokratlashtirish,  sud-huquq 

tizimi,  axborotlashtirish  sohasini  isloh  etish,  so‘z  erkinligini  taminlash,  saylov 

qonunchiligini  takomillashtirish,  iqtisodiyotni  liberallashtirishga  qaratilgan 

demokratik 

bo’zor 


islohotlarini 

chuqurlashtirishga 

qaratilganligi 

bilan 


xarakterlanadi. 

        2010-yil  12-noyabrda  bo‘lib  o‘tgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma  majlisidagi  “Mamlakatimizda 

demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirish  konsepsiyasi”  mavzusida  qilgan  maruzasi  amalga  oshirilgan 

islohotlarni  sarhisob  qilish  hamda  jamiyat  va  davlat  hayotining  barcha  sohalarini 

yanada  rivojlantirish  yo‘nalishlarini  belgilab  olish  nuqtayi  nazaridan  muhim 

ahamiyatga ega bo’ldi.. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va 

huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, 

bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom 

ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi. 

        Prezident  Shavkat  Mirziyoyevning  2016-yil  28-dekabrdagi  “Jismoniy  va 

yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil lashtirishga 

doir  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  Farmoniga  binoan  Xalq  qabulxonalari  tashkil 

etildi.  Uning  xodimlari  esa  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  devonining 

xodimlari  hisoblanishi  belgilab  qo‘yildi.  2017-yil  dekabrda  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  25  yilligiga  bag‘ishlangan  tantanali 

marosimdagi maruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida 

tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. 

2017 yil 6 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston 

Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi”ning  qabul 

qilinishi  mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishning  yangi  bosqichi 

boshlandi.  Davlat  rahbari  tomonidan  ilgari  surilgan  Harakatlar  strategiyasida 

mamlakatimizni  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  tarkibida  fuqarolik 

jamiyatini  rivojlantirishning  mexanizmlari  belgilab  berildi.  Bu  amalga 

oshirilayotgan  islohotlar  samaradorligini  yanada  yuksaltirish,  davlat  va  jamiyatni 

har tomonlama uyg‘un va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar yaratish, barcha 

sohalarni  modernizatsiya  qilish  va  erkinlashtirishdek  ezgu  maqsadlarga  xizmat 

qiladi.  Zero,  Harakatlar  strategiyasining  birinchi  yo‘nalishida  davlat  va  jamiyat 

qurilishi  tizimini  takomillashtirish  nazarda  tutilganligi  qonun  ijodkorligi  faoliyati 

sifatini  tubdan  oshirish,  davlat  va  jamiyat  hayotida  siyosiy  partiyalarning  rolini 

kuchaytirish,  ular  o‘rtasida  sog‘lom  raqobat  muhitini  shakllantirish  bilan 

chambarchas  bog‘liq.  Bu  siyosiy  partiyalarning  aholini  o‘ylantirayotgan 

muammolarga  samarali  yechim  topish,  hududlarni  rivojlantirishda  faol  ishtirok 

etishiga mustahkam zamin yaratadi. 

        Bir  yil  davomida  sinovdan  o‘tib,  tobora  takomillashtirilib  borilgan  ushbu 

mexanizm 

dunyo 

hamjamiyatiga 



chinakam 

demokratiya 

yo‘lidagi 

muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 




Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasining  72-sessiyasida  xalq 

hokimiyatini  nomiga  emas,  balki  amalda  joriy  qilish  mexanizmlarini 

mustahkamlashni  global  maqsad  sifatida  belgilab,  mamlakatimizning  barcha 

hududida  Prezidentning  virtual  va  Xalq  qabulxonalari  tashkil  etilganini  hamda 

ho’zirgi  kungacha  bir  milliondan  ortiq  fuqarolarimiz  bu  qabulxonalar  orqali 

o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini takidlab o‘tdi. 




Download 324.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling