4-Mavzu: shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish. R e j a


Download 53.97 Kb.
bet1/8
Sana28.06.2022
Hajmi53.97 Kb.
#779757
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shaxs nazariyasi mustaqil
F J 1-M i Nishonov M, 300 savol Quyosh fizikasi 2021, Минтақа сиртқи учун 16 соат, Bahrom Shokirov, Mavzu, №2-amaliy mashg'ulot topshiriqlari, 6-7 laboratoriya ishi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, BIUR IYUN report (2), реферат, 167-Article Text-306-3-10-20220503, 1-Mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati - копия, МАЪЛУМОТНОМА, 5-Mavzu

4-Mavzu: SHAXS PSIXOLOGIYASI VA KASBIY SHAKLLANISH
 
R e j a : 




  1. Shaxsning biogenetic na sotsiogenetik nazariyalari. 



  2. Shaxsning tuzilishi. 



  3. Shaxs faolligi va yo'naltirilganligi. 



  4. Kasbiy shakllanish tarixi.


Tayanch so'z va iboralar:
Shaxs individ individuallik faollik faoliyat motiv qiziqishlar shaxsning shakllanishida ta'sir qiluvchi omillar shaxs sifatlari. 
«Shaxs» tushunchasi keng va ko’p qiralidir. Shaxsni u yoki bu yo’nalishda birqator fanlar: falsafa tarix pedagogika sotsiologiya tibbiyot va psixologiya o’rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o’laroq shaxsning ichki dunyosini boshqacha qilib aytganda uning ruhiy jarayonlarini hissiy-irodaviy holatlarini individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi. 
Psixologiya fanida shaxs muammosini o’rganish bo’yicha turli nazariyalar mavjud bo’lib, ularga biogenetik sotsiogenetik psixogenetik kognitivistik psixoanalitik bixevioristik kabi qarashlar yondashuvlar kiradi. 
Biogenetik nazariya negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil sifati da qabul qilingan bo’lib qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat  kasb etadi ular bilan o’zaro aloqalar tan olinadi xolos. 
Mazkur nazariyaga binoan taraqqiyotning bosh maqsadi-biologik determinantl arga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. 
Taraqqiyot jarayonining o’zi avval biologik rivojlanishning universal bosqichisifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. 
Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo’lib ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan.  Biroq inson organizmining individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini  tushuntirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilgan. Jumladan biogenetik qonuniyatga ko’ra shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha  takrorlaydi degan g’oya yotadi. 
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko’rinishi  Z. Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. 
Uning ta‘limotiga binoan shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan ayniqsa u bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi. 
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama qarshi ko’rinishi sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. 
Sotsiogenetik yondashuvga binoan shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda 
tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra inson biologik tur sifatida  tug’ilib hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta‘siri ostida shaxsga aylanadi.
Kognitivistik yo’nalish. Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. 
J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta‘limotini o’z ichiga qamrab oladi.  Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish ko’nikish)dan iborat bo’lib intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. 
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi: 
1) sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha); 
2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha); 
3) muayyan operatsiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha); 
4) formal (rasmiy) operatsiyalar davri. 
J. Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo’nalishning namoyandalari qator iga L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalar kiradi.
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o’rganishga Rossiyalik atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontyev, B. G. Ananyev, A. G. Kovalev, L.I.Bojovichlar o’zlarining salmoqli hisslarini qo’shganlar. 
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. 
A. G. Kovalevning fikricha, shaxs ijtimoiy munosabatlarning ham obyekti   ham subyekti. A. N. Leontyevning tushuntirishicha shaxs faoliyat subyektidir. K. K. Platonov jamiyatda o’z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakatqilgan S. L. Rubinshteynning ta‘rificha shaxs tashqi ta‘sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar mahsulidir. 
A. V. Petrovskiyning quyidagi ta‘rifini shaxsning psixologik ta‘rifi sifatida  qabul qilish mumkin:
«O’z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan jamiyatda rivojlanuv chi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o’zgartiruvchi subyektga aylanadi». 
Ko’rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib unga har xil ta‘rif berishgan. 
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. «Shaxs o‘z menligini anglagan o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o’tkaza oladigan har qanday individ». 

Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelibchiqib psixologiyada «shaxs» masalasini tushunish bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 


1) jamiyatning a‘zosi hisoblangan va ong egasi bo’lgan har bir individ shaxs dir;
2) shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o’ziga xos bo’lgan murakkab individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq avtorida xislatlarida qobiliyatlari mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi
3) odam shaxs bo’lib tug’ilmaydi balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi.
4)shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan u mansub bo’lgan jamiyat dan jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o’rganish mumkin. 


Download 53.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling