4-mavzu. Yevropada uyg’onish davri tilshunosligi. Umumiy ratsional grammatikaning yaratilishi


Download 245.5 Kb.
bet1/2
Sana15.01.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1094226
  1   2
Bog'liq
4-seminar topshiriqlari


4-MAVZU. YEVROPADA UYG’ONISH DAVRI TILSHUNOSLIGI. UMUMIY RATSIONAL GRAMMATIKANING YARATILISHI




Reja:
1. Uyg’onish davrida Yevropa tilshunosligi.
2. Uyg‘onish davri tilshunosligi
3. XVII-XVIII asrlarda tilshunoslikdagi o‘zgarishlar
4. Umumiy ratsional grammatika (“Por-Royal grammatikasi”)ning yaratilishi.


1. Mustahkamlash uchun savollar:
1. Uyg’onish davri tilshunosligi haqida nimalarni bilasiz?
2. O’rta asrlarda Yevropada tilshunoslik qanday rivoj topgan?
3. Uyg’onish davrida Yevropa tilshunosligida qanday jarayon yuzaga kelgan?
4. XVII-XVIII asrlarda tilshunoslik tarixida qanday o’zgarishlar yuz bergan?
5. Umumiy ratsional grammatika (“Por-Royal grammatikasi”)ning yaratilishi haqida gapirib bering?
6. O’rta asrlarda Yevropa tilshunosligida kimlar yetakchilik qilgan?
7. Uyg’onish davrida Yevropa tilshunosligida kimlar yetakchilik qilgan?
2. Venn diagrammasi.
Mavzudan olgan bilimlaringizni mustahkamlash maqsadida “Uyg’onish davrida Yevropa tilshunosligi va umumiy-ratsional grammatikaning yaratilishi” haqidagi fikrlardan foydalanib quyidagi venn diagrammasini to’ldiring.

Yevropa tilshunosligi

Umumiy-ratsional grammatika


3. Sinkveyn metodi.
“Uyg’onish davri tilshunosligi” haqidagi bilimlaringizdan foydalanib quyidagi sinkveyn jadvalini to’ldiring.


4. Mustahkamlash uchun testlar.
1. Por-Royal grammatikasi nomi bilan shuhrat qozongan “Umumiy ratsional grammatika” -…?
a) fransuz rohiblari tomonidan qadimgi yunon, yahudiy, lotin va fransuz tillari materiallari asosida yaratilgan;
b) 1675-yilda A.Arno va P.Nikollar tomonidan yaratilgan;
c) Pyotr Simon Pallas tomonidan yaratilgan va 1786-1791-yillarda Peterburgda chop etilgan;
d) ispaniyalik Lorenso Gervas tomonidan yaratilgan va 1800-1804-yillarda Madridda chop etilgan.
2. Por-Royal grammatikasi qaysi tillar materiallari asosida yaratilgan?
a) qadimgi yunon, qadimgi rim, lotin va fransuz tillari;
b) qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, nemis va fransuz tillari;
c) qadimgi rim, qadimgi yahudiy, lotin va fransuz tillari;
d) qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, lotin va fransuz tillari.
3. A.Arno va K.Lanslolarning “Umumiy ratsional grammatika” asarining grammatika qismida nimalar haqida fikr yuritilgan?
a) ot, sifat, olmosh, fe’l, sifatdosh, ravish, bog’lovchi, undovlarga xos xususiyatlar; so’z birikmasi va gap haqida;
b) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, bog’lovchi, undovlarga xos xususiyatlar; so’z birikmasi va gap haqida;
c) ot, sifat, olmosh, fe’l, sifatdosh, ravishdosh, bog’lovchi, undovlarga xos xususiyatlar; so’z birikmasi va gap haqida;
d) Nutq tovushlari, morfologiya masalalari – ot, sifat, olmosh, fe’l, sifatdosh, ravish, bog’lovchi, undovlarga xos xususiyatlar; so’z birikmasi va gap haqida.
4. Yevropada Uyg’onish davri qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?
a) XII-XIV;
b) XV-XVIII;
c) X-XII;
d) XII-XV.
5. Berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto’g’ri?
a) Rus tilshunoslari tomonidan rus, slavyan, hind, eron, fin-ugor, turkiy, mo’g’ul, xitoy va boshqa qator tillar o’rganildi;
b) Por-Royal grammatikasida birinchi bor grammatika bilan mantiq o’rtasidagi aloqa, bog’lanish nazariy jihatdan asoslab berildi;
c) Jonli rus tiliga asoslangan A.Vostokovning grammatikasi juda katta shon-shuhratga ega bo’lib, M.V. Lomonosovning “Rus grammatikasi” asarigacha bo’lgan davrda – deyarli 80-yil rus tilining asosiy, yetakchi grammatikasi vazifasini o’tadi;
d) F.Bopp o’z tadqiqotlarida, asosan, morfologiya bilan shug’ullandi, fonetika, sintaksis – gap shakllari, qo’llanishi, gap tuzilishi kabi masalalarga e’tibor bermadi.
6. Yevropa tilshunosligida grammatik hodisalar qaysi fan nuqta’i nazaridan baholangan?
a) falsafa;
b) psixologiya;
c) adabiyot;
d) mantiq.
7. Uyg’onish davrida lotin tili…
a) o’lik tilga aylandi;
b) rivojlana boshladi;
c) yangi adabiy tillarga o’rin bo’shata boshladi;
d) Yevropada yetakchi o’rinni egalladi.
8 Yevropa tilshunosligida qaysi sohalar bo’yicha asarlar yaratilgan?
a) leksikografiya;
b) fonetika;
c) fonetika va grammatika;
d) leksika va grammatika.
9. “Por-Royal grammatikasi”da ilk bor qaysi fanlarning aloqasi haqida fikr yuritiladi?
a) grammatika bilan mantiq;
b) grammatika bilan falsafa;
c) grammatika bilan adabiyot;
d) grammatika bilan notiqlik.
10. J.Skaliger tilga oid qanday asar yaratgan?
a) “ritorika”;
b) “lotin tili asoslari”;
c) “rus grammatikasi”;
d) “Rus tili”.
11. Fridrix Shlegel (1772-1829) tomonidan yaratilgan asar qaysi javobda to’g’ri berilgan?
a) “Nemis grammatikasi”;
b) “Hindlarning tili va donoligi”;
c) “Island tili bo’yicha qo’llanma”;
d) “Slavyan tili haqida mulohazalar”.


Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling