4. Muayyan tashkilotda faoliyat yurituvchi barcha shaxslar bu


Download 19.23 Kb.
Sana26.11.2021
Hajmi19.23 Kb.
#177844
Bog'liq
Оралиқ тест саволлари


1. Boshqaruv tuzilma sifatida bo`laklarga ajratiladi. Quydagilardan qaysi bir javobda boshqaruv tuzilmalari to`g`ri berilgan?

2. Boshqaruvda ikkita asosiy funksiya mavjud bo`lib ular to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping?

3. Maqsadga yo`naltiruvchi funksiyani ado etishda quydagi vazifalardan qaysi birlari ishtirok etadi?

4. Muayyan tashkilotda faoliyat yurituvchi barcha shaxslar - bu

5. ...... - kasbiy mahoratini oshirish yo`lidagi asosiy tadbir bo`lib, ushbu omil nafaqat kasbga oid mutaxassisliklar, balki rahbarlik mahoratini oshirishga ham tegishlidir?

6. Quydagi olimlardan qaysi biri boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixini 8 ta davrga ajratgan holda tadqiq etgan?

7. Quydagi olimlardan qaysi biri 1902 yilda konveyer usulini yaratdi?

8. 1920-1950 yillarda boshqaruvda keng miqyosda tatbiq etila boshlangan "Ma`muriy boshqaruv maktabi" yondoshuvning asoschisi kim?

9. Quydagi nazariyalardan qay birining asosida - ishchi kuchi kapital sifatida, masalan pul tarzida idrok etiladi?

10. Boshqaruv psixologiyasining predmeti - bu ...... ?

11. Harakatga turtki bo`luvchi ichki kuch motiv va ehtiyojni qondirish davomida ishga tushuvchi qator motivlar majmuasi - bu?

12. Motivasiyaning ikki shakli farqlanadi bular qaysilar?

13. Ehtiyoj+maqsad+obyekt+xatti-harakati - bu ...... ?

14. Abraxam Maslouning motivlar iyerarxiyasi haqidagi ta`limotiga binoan, insondagi mavjud hamma ehtiyojlar va motivlar besh asosiy guruhga kiritilishi mumkin. Ularni quyidan yuqoriga tartibda to`gri berilgan qatorni toping?

15. Makkeland ta`limotiga ko`ra rahbar o`z faoliyatini amalga oshirishda quydagi ehtiyojlardan qaysi birlari doirasida amalga oshiradi?

16. U yoki bu motivasiya strategiyasini qabul qilishga uch xil yondoshish mumkin bo`lib bular qaysilar?

17. Boshqaruv amaliyotida xodim mehnat faoliyatini kuchaytirish uchun quyidagilardan qaysi bir motivasiya uslublari qo`llanilmaydi?

18. Xodimlarda mavjud ehtiyoj va layoqatni bilishga oid yana bir ta`limot "X" va "Y" nazarya muallifi kim?

19. Quydagi ta`limotlardan qaysi birining mazmuni ko`proq rahbarlarga oid xulqni tushunishga imkon beradi?

20. ...... universal rag`batlantirish uslubi bo`lib, har qanday malaka va ma`lumotli xodimlar uchun ahamiyatli omil?

21 " ...... bu - o`zining bilimi, hissiyoti va munosabatlari orqali tashqi olamni o`zgartira oluvchi subyekt, insondir"?

22. Rahbar shaxsi tushunchasini tahlil etar ekanmiz, unga xos xususiyatlarni uch guruhga bo`lib o`rganiladi bular qaysilar?

23. Rahbar shaxsining biografik jihatlariga quydagilardan qaysi birlari kiradi?

24. Quydagi olimlardan qaysi birining tadqiqotlari natijasiga ko`ra boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmaydi?

25. Taniqli olima, Denmark katta hajmdagi tadqiqotlari asosida shunday xulosaga keldiki, ayol va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki ...... ?

26. Bir qator tajriba va kuzatish natijalari yana bir boshqa ma`lumotlarni ham beradi. Rahbarlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, erkak va ayol rahbar o`z ish faoliyatida ...... ?

27. Biznes boshqaruvi sohasidagi olim muallifligidagi "Boshqaruv qo`llanmasida" nomli asar muallifini toping?

28. Muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqyei o`rtasidagi bog`liqlik necha % ga teng?

29. Muvaffaqiyatli boshqaruv va ma`lumoti o`rtasidagi bog`liqlik necha % ga teng?

30. O`tgan asrning 50 yillarida, har qanday sohada uddaburro rahbar bo`la olishlikka tegishli xislatlar mavzuida yuzdan ortiq tadqiqotlar o`tkazildi. Natijada, boshqaruvni mukammal ijro etuvchi hamma rahbarlarga xos fazilatlar umumlashtirilganda, atigi 5% xislat ko`zga tashlangan. Bu hislatlar to`g`ri berilgan qatorni toping? 1. Aql-idrok, murakkab va mavhum muammolarni yechish qobiliyati o`rtadan baland, ammo juda yuqori bo`lmasligi shart; 2. O`ziga ishonch, o`z mahoratini va intilishlarini yuksak baholash. 3. Strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi 4. Tashabbus, harakatga ehtiyojni anglash va shunga taalluqli saloxiyatga egalik; 5. O`z kuchiga cheksiz ishonch;

31. ...... - rahbarning o`z xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni tashkil etish bo`yicha qo`llaydigan odatiy xatti-harakatlari majmuasidir?

32. Tizimli yondoshuv tamoyiliga binoan, qo`llanilayotgan boshqaruv uslubi tashkilot hayoti, uning oldiga qo`ygan maqsad va birlamchi ravishda amalga oshirilayotgan vazifalari ...... ?

33. An`anaviy yondoshuvning asoschisi kim?

34. Psixologik nuqtai nazardan qaysi uslubda asosan quydagi kamchiliklar kuzatiladi? 1) xatoga yo`l qo`yish ehtimoli oshadi; 2) tashabbusni, xodimlarning ijodiy faoliyatini so`ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi, xodimlarning sustligi; 3) xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqyeidan qoniqmasliklari; 4) nosog`lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruhiy zo`riqishlar oshishi va sog`liqqa salbiy ta`siri.

35. Quydagi uslublardan qaysi birida boshqaruv pog`onalarida qaror qabul qilish "pastdan tepaga" qarab boradi, ya`ni avval quyi bo`g`in rahbarlaridan yig`ilgan fikrlar asosida yuqori bo`g`inda qaror ishlab chiqiladi?

36. Quydagi uslublardan qaysi birida jamoada xodimga butkul erkinlik beriladi, u o`z xizmat vazifalarini belgilaydi va ijro etish vositasini tanlaydi, guruhda xulqni nazorat etish deyarli kuzatilmaydi?

37. Xersi va Blanded tomonidan ilgari surilgan yondoshuv to`g`ri berilgan javobni toping?

38. Boshqaruvning u yoki bu uslubini qo`llash xodimlar va jamoaning psixologik rivojlanganligiga, kasbiy barkamolligiga bog`liq bo`lgan yondoshuv

bu - ...... ?

39. "Ikki tizimli tipologiya" yondoshuviga asosan besh toifa rahbarlar farqlanadi. Ular to`g`ri berilgan qatorni toping?

40. Partisipativlik usulibini har qanday rahbar ham qo`llay olmaydi. Ushbu uslubni qo`llash uchun quydagilardan qaysi birlarini inobatga olish zarur? 1. rahbar shaxsini, 2. xodimlarni, 3. guruh oldida qanday vazifalar turgani, 4. qaror qabul qila olishni, 5. xodimlar saviyasini

41. Boshqaruv muloqoti - bu ...... ?

42. To`la-to`kis va me`yorida tashkil etilgan rahbarlik muloqoti quyidagi asosiy bosqichlardan qaysi birlarini o`z ichiga olmaydi? 1. Aloqa- kontakt o`rnatish. 2. Masalani muhokama qilish. 3. Yechim variantlarini izlash. 4. Buyruq va topshiriq uzatish. 5. Hisobotni qabul qilish. 6. Qaror qabul qilish.

43. Psixologiya fanida muloqot turlari ikkiga bo`linadi bular qaysilar?

44. Quydagi axborotlardan qaysi birlariga ega bo`lgan rahbar har qanday topshiriqni xodimga ishonch bilan topshirishi va ijobiy natija kutishi mumkin? 1) yoshi; 2) mutaxassisligi, kasbi; 3) shu tashkilotda necha yildan beri ishlayotganligi; 4) oilaviy ahvoli; 5) qobiliyati; 6) sog`ligi haqidagi ma`lumot

45. O`zgani tushunishning asosiy sharti sifatida tinglash malakasi namoyon bo`ladi. Odatda, tinglashning ...... ko`rinishlari farq etiladi?

46. Faol tinglash davomida shaxs faolligining asosiy uch jabhasi namoyon bo`ladi. Bular qaysilar?

47. Ma`lumki, nizoli vaziyatda inson besh xil harakat uslubidan birini tanlashga o`z moyilligini bildiradi. Bular qaysilar?

48. Mashhur psixologlardan biri tanishuv jarayonida o`zgalar haqida qay tarzda ma`lumot olinishini aniqlash borasida maxsus tajribalar o`tkazgan. Bu psixologning nomi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping?

49. Aniqlanishicha, boshqa odam idrok qilingan paytda birinchi bo`lib

uning ...... ?

50. Muammoli, qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish bosqichlari to`g`ri berilgan qatorni toping?

51. Muzokara - bu ...... ?

52. Odatda muzokara har qanday murakkab tuzilma singari bir necha asosiy bo`laklardan iborat bo`lib, shu bo`laklar to`g`ri berilgan qatorni toping?

53. Muzokaraning muvaffaqiyatini ta`minlovchi vazifalar berilgan qatorni toping?

54. Rahbar vakolatidagi imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tashkilot rahbari olib boradigan muzokaralar ......?

55. Muzokaraning samarali o`tishi ko`p jihatdan amalga oshirilgan ...... ?

56. Muzokara uch natijaga erishilganda muvaffaqiyatli deb hisoblanishi mumkin: Bular qaysilar?

57. Qaror qabul qilish jarayoniga salbiy ta`sir o`tkazuvchi psixologik omillar qatoriga quydagilardan qaysi birlari kirmaydi? 1. Yuzaga kelishi kutilayotgan noma`lum sharoitdan qo`rqish. 2. O`zga tomonning tasodifan qarshilik ko`rsatishi. 3. Kutilmagan fikr va takliflar. 4. Haqqoniy yechim bo`lmasligi. 5. Muzokara davomida yolg`on ishlatish. 6. Muzokara davomida yakkahokimlikka intilish. 7. Kutilgan hamkorlik

58. Muzokarani tadqiq etish sohasidagi ko`pgina olimlar fikricha, uchrashuv natijasi, maqsadga erishishning asosiy sharti muzokara olib boruvchi

shaxsning - ...... ?

59. Samarali muzokarani amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri - ...... ?

60. Oqilona tashkil etilgan muzokarada kamida uch kishi qatnashishi o`rinli bo`lib, bular kimlar va ularning vazifasi nimadan iborat?

61. Rahbarning boshqaruv qarori bilan bog`liq jarayonni qanday tarkibiy qismlarga ajratish mumkin? Tarkibiy qismlar ketma-ketligini belgilang.

62. Tashkilotni boshqarishning asosiy jihatlaridan biri bu - ...... ?

63. Odatda tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar turlicha bo`lib, ularning qanday turlari mavjud?

64. ..... tarzdagi qaror qabul qilish, muammoni mutaxassislar bilan muhokama etish natijasida, taklif etilgan g`oyalar ichida eng maqbulini rahbar tomonidan qabul qilinishida ifodalandi?

65. ...... qaror qabul qilishda qaror umumiy muhokama va ovoz berish orqali guruh a`zolari tomonidan qabul qilinadi, uning natijasiga mas`ul bo`lib butun jamoa hisoblanadi?

66. Qaror qabul qilish darajalari to`g`ri berilgan qatorni toping?

67. Qaror qabul qilish amallari bosqichlari to`g`ri berilgan qatorni toping? 1-muammoni o`rganish; 2-g`oyalar ishlab chiqish; 3. ko`pqirrali yechim; 4. ma`qul keluvchi g`oyalarni ajratib olish; 5. yangilikni joriy etishni rejalashtirish; 6. qayta aloqa va tahlil; 7. murakkab masalalrni o`rganib chiqish

68. Qaror qabul qilishning uch tarkibiy qismi mavjud bo`lib bular qaysilar?

69. Mazkur sharoitda inson tajribasi hamda bilimlari, vaziyatni hal etish manbai bo`lib hisoblanadi va tabiiyki, qaror qabul qilish holatida ishonch va tezkorlik hukm suradi. Bu qaysi holat?

70. Bunday holda chiqariladigan hukm o`zida ma`lum xavf-xatarni ham mujassamlashtirganligi sababli, qaror qabul qilinganda xatoga yo`l qo`yish ehtimoli oshadi. Bu qanday holat?

71. Xaridorlar ehtiyojlarini, imkoni boricha to`laroq maqsadlarda bozor holatini asosli o`rganish va oldindan baholash bilan tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish tizimi, bozor iqtisodiyotining muhim unsuri, ya`ni elementi bu - ...... ?

72. Marketing ishi ...... va ...... muddatli marketing dasturi orqali amalga oshiriladi.

73. Marketing bir necha muhim qoidalarga asoslanib ish yuritadi bular qaysilar?

74. Marketing haqida birinchi marta rasmiy ravishda kim Amerika marketing assosiasiyasi (AMA) majlisida gapirgan?

75. Qachon marketing haqida birinchi marta rasmiy ravishda, o`sha paytdagi "Jeneral elektrik" ning prezidenti Djek Makkiterik Amerika marketing assosiasiyasi (AMA) majlisida gapirgan?

76. AQShning shimoliy-g`arbiy universitetining marketing bo`yicha professori F.Kotlerning yozishicha, "Marketing - bu ...... ?

77. "Marketing - bu bozor va iqtisodiy holat, iste`molchilarning aniq talablarini o`rganishga va ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni ularga mo`ljallashga yo`naltirilgan, korxonaning ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyatining bozor konsepsiyasidir" degan ta`rif kimlarning ishida uchraydi?

78. "Marketing - o`zaro muomala asosida zaruriyat va istaklarni qondirishga qaratilgan insoniyat faoliyatining turi". Ushbu ta'rif kimga tegishli?

79. Marketing qo`llanish sohalari va obyektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko`ra guruhlanadi: Bular qaysilar?

80. Marketing faoliyati nechata tamoyilni o'z ichiga oladi?

81. Kim tomonidan 1450 yil bosma dastgohning ixtiro qilinishi reklama tarixida burilishi bo`ldi?

82. Birinchi bosma e`lon nechinchi yilda va qaysi tilda paydo bo`lgan?

83. Amerika reklamasining asoschisi kim hisoblanadi?

84. ...... orqali berilgan reklamalarning boshqalariga nisbatan ta`sir kuchi yuqori bo`ldi va ko`proq samara keltirib, muvaffaqiyat qozondi.

85. "Diqqat ruhiy hayotimizning shunda yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o`tib kiradi" degan fikr kimga tegishli?

86. Texnik vositalarni qo`llash va ulardan foydalanish bo`yicha reklamani qanday turlarga ajratish mumkin. 1. Televideniye orqali reklama; 2. Bosma reklamalar; 3. Namoyish reklama; 4. Ovozli reklama; 5. Vitrina ko`rgazma reklama; 6. Internet reklamasi va boshqalar

87. "Sarlavha - kishilarning reklama matnini o`qish yoki o`qimasligini hal qiluvchi asosiy elementdir. Ko`pchilik reklamaning matnidan ko`ra, uning sarlavhasini o`qishni afzal ko`radi". Ushbu fikr kimga tegishli?

88. Qaysi reklama turida sotuvchi mahsulotni kiyib ko`rsatishi, ta`tib ko`rsatishi, maishiy xizmat asboblarini ishlatib ko`rsatish, avtomabillarni haydab ko`rsatish mumkin.

89. Reklamaning ajralmas qismlari bu - ...... ?

90. Iste`molchi diqqatini birdan tortadigan reklama elementi ...... deb ataladi?

91. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan, u "jamoadan chetda", avtonom. Ushbu ta`rif qaysi boshqaruv uslubiga xos?

92. Avtoritar lider bosh bo`lgan ishlarning samaradorligi ancha yuqori bo`lib, ishlab chiqarish ko`rsatkichlari ham yuqori bo`lishi haqidagi fikr kimlarga tegishli?

93. ...... - bu xodimlar tomonidan rahbarning yetakchiligi, ish-faoliyat mobaynida orttirgan obro`si, nufuzi orqasidan ularga ta`sir ko`rsata olish qobiliyatini nazarda tutadi.

94. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan, u "jamoa ichida", avtonom. Ushbu ta`rif qaysi boshqaruv uslubiga xos?

95. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o`rni jihatdan, u "guruh tashqarisida", avtonom. Ushbu ta`rif qaysi boshqaruv uslubiga xos?

96. ...... unda rahbarning tashkilot maqsadiga erishish yo`lida xodimlar bilan gorizontal yo`nalishdagi munosabatlarni rivojlantirishi tushuniladi.

97. Mustaqil qaror qabul qila olish huquqiga ega bo`lgan maxsus guruhlar tuzish qaysi uslubga xos?

98. Xodimlarning tashkiliy qarorlar qabul qilishga jalb etilganligi qaysi uslubga xos?

99. Rahbar o`z burch va huquqlarining ma`lum qismini xodim zimmasiga o`tkazishi qaysi uslubga xos?



100. Tashkilot vazifalarini rejalashtirish va amalga oshirishda xodimlarni jalb etish qaysi uslubga xos?


Download 19.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling