4 qism Elif ro'za tutmoqchi


Download 11.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.12.2020
Hajmi11.17 Kb.
#166084
Bog'liq
2 5377811770607929993
1-maruza. Shaxs psixologiyasining metodologik prinsiplari. Shaxsni tadqiq etish metodlari. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari., 4-seminar topshirigi, 2 5377811770607929993, 2 5377811770607929993, 2 5377811770607929993, 2 5377811770607929993, 2 5377811770607929993, 2 5377811770607929993, Ekologiya ON, MTT, Senariy, Internet odoblari, file (4), partiynaya-sistema-rossii-multipartizm-ili-bipartizm
background image
#bismillah

4 qism Elif ro'za tutmoqchi

E: Akajon, akajon. Bu ramazon men ham ro'za tutishni istayman. 

M: Ooo, demak, katta bo'ldim demoqchisan.

E: Albattada, alifbo o'rganyapman. Yana nima bo'lsin?

M:Haqsan, singlim. Unda saharga birga turamiz. Agar, oxirigacha tutsang, buni nishonlaymiz. To'liq tuta olmasang,

takror tutamiz. Hafa bo'lmaysan, singlim hopmi?

E: Men ko'p duo qilaman, Eobbim yordam beradi. To'liq tutaman akajon, judayam xohlayapman. 

M: Yaxshi go'zal singlim, yaxshi. 

SAHAR VAQTI

M: Elif, Elif. Mening ulg'ayib, ro'za tutadigan bo'lib qolgan singlim. Qani turaqol, sahar vaqti.

E: Ha katta bo'ldim, xo'sh?

M: Qani stolga boramiz.

E: Akajon, hozir hamma musulmonlar ro'za tutishyaptimi?

M: Ha, go'zal singlim. Hozir dunyodagi barcha musulmonlar ro'za tutmoqdalar.

E: Qanday go'zal. Ya'ni katta bor oila kabimiz. Hammamiz ro'za tutyapmiz.

M: Juda chiroyli aytding, ha katta bir oilamiz.

E: Robbimiz ham bizni birga bo'lishimizni xohlaydi. Ramazon oyida hammamiz birga ro'za tutib, yana birga bayram

qilamiz. Bu bizni bir katta oila qiladi. 

E: Ya'ni mening Yaponiyada, Kanadada, Misrda bir do'stim bo'lsa, hozir ular ham ro'za tutishmoqda, shunday

emasmi?

M: Bunday narsalar aqlingga qanday keladi bilmadim, ammo shunday Elifxon. Ular ham tutishadi.



E: O'o'o'xxoo butun dunyo bir ishni qilyapti. Yaxshi, akajon ro'za tutsak nima bo'ladi?

M: Robbimiz shunday qilishimizni istaydi. Uning izniga ko'ra, yemay ichmay ibodat qilamiz, ro'za shunday qimmatli

ibodatki, Robbimiz buning ajrini o'zim beraman degan. Ya'ni judaaaa qimmatli.

E: Robbimiz ro'za tutishimizni shunchalik sevsa, men faqat ro'za tutaman akajon.

M: Faqat ro'za tutishimizni istamaydi, kuchimiz yetgani qadar. Shunday ekan, Ramazonga diqqatimizni qarataylik,

fursatni qo'ldan chiqarmaylik.

M: Qorning ochdimi singlim?

E: Ayyy, akajon yo'q deya olmayman. Lekin, Alhamdulillah to'liq bir kun tuta olayotganim uchun juda hursandman.

M: MashaaAlloh, Elifxon. Men ham juda hursand bo'ldim. Sen haqiqatan ham katta bo'libsan. Sovg'aga loyiqsan.

E: Voy rostanmi, yaxshi, sovg'a nima ekan?

M: Syurpriz hech aytiladimi? Birozdan so'ng saharda ko'rasan. Ammo hozir azon aytiladi, qani stol atrofiga, duo

qilamiz.


AZON

E: Allohim, ro'zalarimizni qabul ayla. Bizlarni ko'p sev, mahbub amallaringni qilishlikni nasib et. Robbim, menga ko'p

kuch ber va yana ro'za tutay. Men ro'zani judaham sevaman. 

M: Robbim, yo'qsil ehtiyojmand qullaringga ham yordam ber. Omiyn

M: Keldi ramazon oyi,

Hozir birlik zamoni,

Uyg'onish vaqti ayni,

Saharlikla ro'za tutgani

E: Voy, akajon, siz ramazon do'mbirachisi bo'ldingizmi?

M: Faqat men emas, sen ham bo'lding qara. Qani hozir sen bilan ishimiz bor tayyorlan.


background image
Keldi ramazon oyi,

Hozir birlik zamoni,

Uyg'onish vaqti ayni,

Saharlikla ro'za tutgani.



Tarjimon: G'ofurjonova Mohlaroyim

Download 11.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling