4-sinf O’qish (Hikoya asosida 1-16 gacha bo’lgan savollarga javob bering)


Download 40.59 Kb.
bet1/6
Sana10.01.2022
Hajmi40.59 Kb.
#270985
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4sinf O'qish
4sinf O'qish, Standartlashtirish asoslari 7-amaliy mashgulot, 00021c75-f17608b2, 867879, My favourite actor, social r, learning strategies

4-sinf O’qish

(Hikoya asosida 1-16 gacha bo’lgan savollarga javob bering)

Dushman uchun pirog

Jeremi mening eng yaqin do’stim Stenlining yoniga ko’chib o‘tguncha yozni ajoyib o’tkazmoqda edim. Men Jeremini yoqtirmas edim. U ziyofat uyushtirdi, biroq meni taklif qilmadi. Mening eng yaqin do’stim Stenlini taklif qildi.

Jeremi qo’shnim bo’lib ko’chib kelguncha mening dushmanlarim yoq edi. Dadamning aytishicha, u mening yoshimda bo’lganida uning ham dushmanlari bo’lgan ekan. Lekin dadam ulardan qutilish yo’lini bilar edi.

Dadam reseptlar kitobidan eskirgan qog’oz parchasini tortib chiqardi.

“Dushman uchun pirog!” – dedi u mamnunlik bilan.

Siz dushman uchun pirog nima ekan, deb hayron bo’lsangiz kerak. Dadam retsept juda maxfiy ekanligi uchun menga ham aytmadi. Men dadamga biron nima aytishini yolvordim.

“Men senga buning sirini aytaman, Tom” – dedi dadam. “Dushman uchun pirog ulardan qutilishning eng yaxshi yo’li”.

Bu meni o’ylantirib qo’ydi. Dushman uchun pirogga qanday yoqimsiz narsalar qo‘shsam bo’lar ekan? Men dadamga chuvalchang va mayda toshchalar olib keldim, lekin dadam ularni menga qaytarib berdi.



Men ko’chaga o’ynagani chiqdim. Lekin dadamning oshxonadan kelayotgan tovushiga quloq solib turdim. Bundan keyin yoz ajoyib bo’lsa kerak. Dushman uchun pirogdan qanday badbo‘y hid kelishini men tassavur qilishga harakat qildim. Lekin men juda boshqacha hidni sezdim. U bizning oshxonadan kelayotgan edi. Men chalkashib ketdim.

Men dadamdan nima gapligini so’rash uchun ichkariga kirdim. Dushman uchun pirogdan bunday yaxshi hid kelishi mumkin emas.

Lekin dadam aqlli inson edi. “Agar pirogdan yomon hid kelsa, dushmaning uni hech qachon yemaydi” – dedi u. Aytishim mumkinki, dadam bu pirogni avval ham pishirib ko’rgan.

Pechning qo‘ng’irog’i chalindi. Dadam qo‘liga maxsus qo’lqoplarini kiydi va pirogni pechdan chiqardi. Pirogning ko’rinishi yetarlicha ishtahani tortardi. Endi men hammasini anglay boshladim.Lekin haligacha dushman uchun pirogdan qanday foydalanish mumkinligiga ishonchim komil emasdi. Pirog dushmanimga qanday ta’sir qilishi mumkin? Balki pirog dushmanimning sochini to’kib yuborar, balki uning nafasini badbo’y qilib qo’yar ??? Men dadamdan buning sababini so’radim, lekin foydasi bo’lmadi.

Pirog sovugincha, dadam menga nima qilish kerak ekanligini tushuntirdi.

Dadam pichirlab dedi: “Pirog ish berishi uchun dushmaning bilan bir kuningni o’tkazishing kerak. Lekin eng yomoni, sen u bilan yaxshi munosabatda bo’lishing kerak. Bu oson emas. Faqat shu yo’l bilangina pirogdan foydalanish mumkin. Bunga ishonching komilmi?” Mening ishonchim komil edi.

Men qilishim kerak bo’lgan ish Jeremi bilan bir kunimni o’tkazish edi, shundan keyingina u mening hayotimdan chiqib ketar edi.

Men velosipedimni mindim va borib Jeremining eshigini taqillatdim. U meni ko’rib biroz hayratlandi. “Chiqib men bilan o’ynaysanmi” – deb so’radim.

U “oyimdan so’rab ko’ray” dedi va oyoq kiyimlarini olib qaytib keldi.

Biz biroz velosiped mindik, birga tushlik qildik, keyin biznikiga bordik.

Bu g’alati bo’lsa ham, men dushmanim bilan vaqtni maroqli o’tkazdim. Ammo bu haqda dadamga ayta olmasdim, chunki u men uchun pirog pishirishga astoydil uringan edi.

Biz Jeremi bilan kun bo’yi dadam bizni kechki ovqatga chaqirguncha o’ynadik.

Dadam mening sevimli taomimni tayyorlabdi. Qarangki, bu Jeremining ham sevimli taomi ekan! Balki Jeremi yomon bola emasdir. Dushman uchun pirogni unutish kerakdir?!

“Dada” – dedim men. “Yangi do’st orttirish qanday yaxshi!” Men unga Jeremi ortiq dushmanim emasligini tushuntirmoqchi bo’ldim. Dadam esa tabassum qilib boshini chayqardi xolos.

Kechki ovqatdan keyin dadam pirogni olib keldi. Har birimizga pirogdan bir bo’lakdan tarqatdi. Menga ham, Jeremiga ham bir bo’lakdan berdi.

Jeremi pirogni ko’rib hayratlandi. Men vahimaga tushdim. Men Jeremi pirogni yeb ko’rishini xohlamadim: u mening do’stimga aylangan edi.

“Uni yema!” – deb baqirdim. “U yomon!”

Jeremy hayron bo’lib menga qaradi. Men o’zimni yengil his qildim, go’yo uning hayotini saqlab qolgandek.

“Agar pirog shunchalik yomon bo’lsa” – so’radi Jeremi “nega dadang uning yarmini yeb qo’ydi?”

Haqiqatdan ham dadam dushman uchun pirogni yeyayotgan edi.

“Mazali pirog” – dedi dadam. Men ularning pirog yeyishlarini kuzatdim. Hech birlarining sochi to’kilmadi! Shuning uchun men ham undan tatib ko’rdim. U mazali edi.

Shirinlikdan keyin Jeremi meni o’z uyiga taklif qildi.

Dushman uchun pirog masalasiga kelsak, men haligacha uning qanday tayyorlanishini bilmayman. Men hanuzgacha hayratdaman: dushmanlar rostdan ham bir-birlaridan nafratlanishadimi yoki ularning sochlari to‘kilib ketadimi, yoki nafaslari yomonlashib qoladimi? Bir kun kelib buning javobini topsam, men eng yaxshi dushmanimni yo‘qotgan bo’laman.

(Hikoya asosida 1-16 gacha bo’lgan savollarga javob bering)



  1. Download 40.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling