4-sinflar uchun 10km 875m+925m= km m


Download 45.28 Kb.
Sana07.10.2022
Hajmi45.28 Kb.
#834287
Bog'liq
test 4-sinf
8 imloviy savodxonlikni diktant8, 6 Kichik yoshdagi o0quvchilar nutqini o0stirish yo0llari va vazifalari6, 7 lug`at ustida ishlash7, 10 nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari10, 10-мавзу, CONFERENCE-2022-13-full, Maxmudov T 1, ariza, 1, 1, 163039016810971886, 7-iyul (2), 160025-letters-template-16x9, 1-маъруза

4-sinflar uchun
1. 10km 875m+925m=____km ____m
2. 12t 15kg -98kg=____t _____kg
3. 15m2 25 dm2-50 dm2=____ m2 ____ dm2
4. 20dm2 30sm2+80 sm2=_____dm2____sm2
5. 17m 30sm * 6=_____m_____sm
6. 25q 80 kg:3=_____q ____kg
7. Bir kunda do’konda 6 ta piyola 100 so’mdan sotildi. Shu kuni 10 ta kosa jami piyolalar sotilgan puldan 1800 so’m ko’proq pulga sotildi. Bitta kosa necha so’m turadi? ________
8. 100 ta ari 2 t asal to’pladi. Agar asalarilar yana 8 ta ko’p bo’lishganda, hamma asalarilar qancha asal yig’ishgan bo’lardi? ________
9. 72-x=18:3 ______
10. 400:x=1000:10
11. Bog’bon bog’ga ekish uchun 2000 dona gul ko’chati sotib oldi. Shulardan 450 tasi atirgul edi. Atirgullar lolagullardan 2 marta kam, va qolgan gullar chinnigul ekanligi malum bo’lsa, chinnigullar sonini toping. ____________
12. Do’konda 6 ta bidonda 180 kg qatiq bor edi. Kun davomida 90 kg qatiq sotilgan bo’lsa, do’konda yana necha bidon qatiq qoldi? ____
Taqqoslang (13-16)
13. 2 s ____80 min
14. 9m 3dm____903 dm
15. 6m250dm2____700dm2
16. 8q____740kg
17. Bo’sh joylarni to’ldiring:
1720, 1700, 1680, 1660, ____,____,1600,_____
18. 6 kg ipakdan 10 m mato to’qish mumkin. Agar 1 ta kostyum uchun 3m mato kerak bo’lsa, bizga necha gramm ipak kerak bo’ladi?_____
19. Ziyofatga 70 ta ayol va 50 ta erkak tashrif buyurishdi, agar har bir stol atrofida 4 kishi o’tirgan bo’lsa, ziyofat uchun nechta stol tayyorlangan? ________
20. Uchburchakning tomonlari 12 sm 5mm; 4sm; 10sm 5mm bo’lsa, uning perimetrini toping. ____
21. Ota-onalar majlisida 86 ta o’quvchining baholari muhokama qilindi. Ulardan 5 tasi sinfdan sinfga qoldirildi, 2 tasi 3 baho oldi va qolganlari 4 va 5 bahoga o’qiganlari uchun faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi. Nechta o’quvchi faxriy yorliq olgan? ______
22. Novvoyxonada 3 kunda 705 ta non yopiladi, shu novvoyxonada 1 haftada nechta non yopiladi? _____
23. 1 sentner 10 kg dan necha marta ko’p?_____
24. 1km 10 metrdan necha marta ko’p? _____
25. 1m2 1sm2 dan necha marta ko’p? ______
26. Men bir son o’yladim va uni 8 ga ko’paytirsam, 11288 va 2920 sonlari ayirmasiga teng son hosil bo’ldi. Men qanday son o’ylagan edim? __________
27. Teatr tomoshasi soat 11 da boshlandi va 12 dan 35 minut o’tganda tugadi. Tomosha qancha payt davom etgan? __________
28. Nodira 12 yoshda. U Muroddan 3 marta katta. Nodira Muroddan necha yosh katta? _______
29. 5q 26 kg=______kg
30. 4km 70m=_______m
31. 80000sm2=_______m2
32. 100000:x=480+520 x=______
33. Ikkita ishchi birgalikda 9500 so’m ish haqi olishdi. Birinchi ishchi 6 kun, ikkinchi ishchi esa 4 kun ishladi. Ikkinchi ishchi necha so’m ish haqi olgan? ______
34. Birinchi omborga 4 yashik, ikkinchi omborga 6 yashik olma keltirildi. Ikkala omborga hammasi bo’lib, 200 kg olma keltirilgan bo’lsa, birinchi omborga necha kg olma keltirilgan? _____
35. Kombaynchi birinchi kun 4720q bug’doy o’rdi va bu ikkinchi kundagidan 350q kam edi. Agar kombaynchi uchinchi kun ikkinchi kundagidan 2 marta ko’p bug’doy o’rgan bo’lsa, u 3 kunda jami necha sentner bug’doy o’rgan? ________
36. Mototsiklchi 3 soatda 60km/soat tezlik bilan yurdi. Keyin 70 km/soat tezlik bilan 2 soat yurdi. Mototsiklchi hammasi bo’lib necha km yo’l yurgan? _______
37. Diyorning uyi 2 xonali bo’lib, 1 ta xonaning eni 6m, bo’yi 5m. Ikkinchi xonaning eni 5m va bo’yi 4m. Agar Diyor ikkala xonaning polini bo’yash uchun 100 kg bo’yoq ishlatgan bo’lsa, 1m2 yuzaga necha kg bo’yoq ketganini toping. _____
38. Teploxod ma’lum masofani 36km/soat etzlik bilan 4 soatda o’tdi. Xuddi shu masofani motorli qayiq 9 soatda bosib o’tgan bo’lsa, uning tezligini toping. _______
39. 3075m=______km ______m
40. 1min 25s=______s
41. 267dm2=________m2 ________dm2
42. Mening ikkita cho’ntagimda 28000 so’m pulim bor. Menta 2000 so’mlik va 5000 so’mlik pullarim bo’lib, ularning soni teng. Birinchi cho’ntagimda faqat 2000 so’mliklar, ikkinchisida esa faqat 5000 so’mliklar bor bo’lsa, ikkinchi cho’ntagimda necha so’m bor? _______
43. Yuk mashinasi 7 soat yurdi keyin dam olib yana 13 soat yurdi. Yuk mashinasi hammasi bo’lib 240 km masofani o’tgan bo’lsa, uning tezligini toping. ____________
44. Kutubxonaga bir xil yashiklarda 290 ta yangi darsliklar keltirildi.Rus tili darsliklari 10 ta yashikda, xuddi shuncha yashikda ona tili va yana 9 ta yashikda matematika darsliklari keltirilgan bo’lsa, har bir yashikda nechtadan kitob bo’lgan? ______
45. Bir vaqtda bir shahardan ikki mashina qarama qarshi yo’nalishda yo’lga chiqishdi. Ulardan birining tezligi 5 km/soat, ikkinchisiniki 4 km/soat. Necha soatdan keyin ular orasidagi masofa 27 km bo’ladi? ________
46. 1 soat-15 minut=________
47. 1m2-10dm2=____________
48. 10000-4500*70:90=_______
49. (560-12240:30)+145=_________
50. Maktab muzeyida 312 ta eksponat bor edi. Ularning 3 dan 2 qismi o’qituvchilarga, qolganlari esa o’quvchilarga tarqatildi. Eksponatlarning nechtasi o’quvchilarga tarqatilgan? _____
51. Tomoni 3sm 6 mm bo’lgan kvadratning yuzini toping. _______
52. Yuk mashinasi 50 kmga 16 litr yoqilg’i sarflasa 1500 kmga necha litr yoqilg’I sarflaydi? ______
53. To’g’ri to’rtburchak shaklidagi bog’ning yuzasi 3440m2 bo’lib, uning eni 40m. Bog’ning bo’yi necha metr? _______
54. Sinfda 20 ta parta bor. Partaning eni 50sm, bo’yi 110 sm. Agar 1m2 yuzaga 100gr bo’yoq ishlatilsa, sinfdagi partalarni bo’yash uchun qancha bo’yoq kerak bo’ladi? _______
55. 3 ta vagonda jami 100 ta yo’lovchi bor edi. Birinchi va ikkinchi vagonda birgalikda 66 ta, ikkinchi va uchinchi vagonda esa birgalikda 69 ta yo’lovchi bo’lsa, ikkinchi vagonda nechta yo’lovchi bor? _____________
56. 2m masofa yurish uchun qizaloq 6 taqadam tashlashi kerak. 10m yurishi uchun u nechta qadam tashlashi kerak? _____
57. Ekskavator 1 soatda 20 metr ariq qazadi. Agar ish joyida birinchi ekskavator 10 soat, ikkinchisi 12 soat ishlagan bo’lsa, ular birgalikda necha metr ariq qazishgan? ______
58. 1km2=___________m2
59. 1m2=________dm2
60. Agar o’ylangan sonni 2 marta orttirib, natijani 20 taga orttirsak, 120 hosil bo’ladi. O’ylangan sonni toping. _________
61. Agar o’ylangan sonni 3 marta orttirib, natijani 30 taga kamaytirsak, 60 hosil bo’ladi. O’ylangan sonni toping. __________
62. tikuvchi tejamkorlik qilib bitta paltodan 12 sm, 1 ta kostyumdan 13 sm mato tejab qoldi. Tikuvchi 96 ta palto va 96 ta kostyumdan hammasi bo’lib qancha mato tejab qoladi? _____
63. 6 qavatli uyning har bir qavatida 20 tadan xonadon bor. Xonadonlardan 27 tasi bir xonali, 54 tasi 2 xonali va qolganlari 3 xonali bo’lsa, shu ko’p qavatli uyda nechta 3 xonali xonadon bor? _______
64. Bir do’konga 5 ta bir xil yashikda olma keltirildi, ikkinchisiga esa 2 ta yashikda. Agar birinchi do’konga ikkinchisiga qaaganda 24 kg ko’p olma keltirilgan bo’lsa, har bir do’konga qanchadan olma keltirilgan? ______ va ______
65. 1m2-1000sm2=__________sm2
66. Oralaridagi masofa 275 km bo’lgan A va B qishloqlardan ikki mashina bir vaqtda qarama qarshi yo’nalishda yo’lga chiqishdi. 6 soatdan keyin mashinalar orasidagi masofa qancha bo’ladi?
________________
67. Bog’ning eni 20 m va bo’yi 5m. Bog’ yuzasining o’ndan bir qismiga hech narsa ekilmagan. Bog’ning bo’sh joyining yuzasi qancha? _________
68. fermerda 4 ta ot va 9 ta sigir bor. Bitta ot 1 oyda 135 kg yem yeydi. 3 ta sigir esa 7 ta ot nech kg yem yesa shuncha yem yeydi. Fermer 1 oyda hamma hayvonlar uchun necha kg yem sotib oladi? _______
69. Birinchi traktor 60 soat, ikkinchisi esa 55 soat ishladi. 1-traktor ikkinchisiga qaraganda 35 litr ko’proq yoqilg’i ishlatdi. Traktorlar 1 soatda necha litr yoqilg’I ishlatadi? _______
70. Aeroportdan soat 11:00 da qarama qarshi yo’nalishda 2 ta samolyot uchirildi. Soat 14:00 da ular orasidagi masofa 3540 km bo’lib, samolyotlardan birining tezligi 620 km/soat bo’lsa, ikkinchi samolyotning tezligini toping.



Download 45.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling