403-guruh talabasi Yusupov Ro’zali Nishonboy o’g’lining “Dasturlash tillari” fanidan


Download 0.64 Mb.
bet1/10
Sana05.10.2022
Hajmi0.64 Mb.
#831143
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yusupov Ro\'zali 403-g Dasturlash tillari kurs ishi R
Yerning ichki tuzilishi ma'ruza, Ismoilov Rustambek biznes huquqi mustaqil ish, 33-uz, 9-Amaliy (1), Ўрта махсус огоҳлантириш, Togrilagichlar., Mavzu, Informacionnyj list 1663665368198, Mehnat muhofazasi-fayllar.org, 5.51.05.11 Temir yol transportida axborot xavfsizligini taminlash, O1, Avtomobillar tuzilishi taqvim, Doc1, Royhatlar, Yakuniy WeB


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISHI


403-guruh talabasi
Yusupov Ro’zali Nishonboy o’g’lining
Dasturlash tillari” fanidan

Kompyuter butlovchi qismlari do’koni bazasini yaratish


mavzusida yozgan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Informatika kafedrasi
o‘qituvchisi M.Botirov


Qoqon-2022 yil


MUNDARIJA



KIRISH…………………………………………………………………………

3

ASOSIY QISM……………………………………….…………......................

5

    1. C++ dasturlash tilining boshlang’ich tushunchalari ………………….

5

1.2 C++ Builder dasturining imkoniyatlari........................................

9

1.3 Kompyuter butlovchi qismlari ……………….........................................

23

1.4 Kompyuter butlovchi qismlari do’koni bazasini yaratish …………..

29

Xulosa………………………………………………………………………….

33

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….................................

34









KIRISH

Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bular ichida Java va C++ dasturlash tillari universal tillar hisoblanib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroqdir. So‘ngi yillarda Java va C++ dasturlash tillari juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Mazkur tillardagi vositalar zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun ko‘pgina qulayliklar yaratilgan


Prezident Shavkat Mirziyoyevr aisligida 2021-yil 10- sentabr kuni axborot texnologiyalari sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokamas iyuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda ta'kidlanishicha, raqamli iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining asoslaridan biri sifatida belgilangan. Shu maqsadda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boshlandi. Jumladan, uning doirasida Ushbu loyihalar, umuman, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Hozirgacha bu loyiha doirasida 567 ming o‘g‘il-qiz bepul saboq oldi. Davlat rahbari loyihani har bir maktabga yetkazish, zarur hollarda ularni qo‘shimcha kompyuterlar bilan ta'minlash, bolalarni o‘qishga keng jalb etish muhimligini ta'kidladi. “Birorta maktab “Bir million dasturchi” loyihasidan chetda qolmasligi kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Hozirgi zamon mutaxisslardan faoliyat doirasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga zamonaviy hisoblash texnikasi va information aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakaga ega bo’lishi, hamda yangi information texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi shart. Zamonaviy hisoblash texnikalari va information texnologiyalarining kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa, tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonining kompyuterlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.
XX asr o’rtalariga kelib, tezkor mashina mexanizmlaridan foydalanila boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalardan ko’p funksiyalilari o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar(AKT) talabalarning kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko’mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o’quvchilar qoniqish bilan ishlayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. AKT o’rganish va o’qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Inson multimediya ko’rgazma vositalari yordamida, o’quv ma’lumotlarini qabul qilganda sezgi a’zolari ishtirok etadi va u oson tushunadi. Multimediya ko’rgazma vositalari kompyuter animatsiyalari yordamida ham yaratiladi. Animatsiya obyektlar harakatini, immitatsiyasini namoyon etishga keng imkoniyat ochib beradi. O’quv ma’lumotlarini shartli grafik tasvirlar (sxemalar, bloksxemalar, diagrammalar, tarayektoriyalar) yordamida tushunishda animatsiyalardan foydalanish unumli hisoblaniladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling