407-kurs talabasi Homidova Dinora O‘qib tushunish uchun matn


Download 11.84 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi11.84 Kb.
#1020285
Bog'liq
Metodika


407-kurs talabasi Homidova Dinora
1. O‘qib tushunish uchun matn:
Alisher Navoiy
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tugʻildi. Zamondoshlari uning haqida koʻpincha „Nizomiddin Mir Alisher“ deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „mir“ — amir demakdir. Uning otasi Gʻiyosiddin Muhammad (uni Gʻiyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas. Alisherning bobosi Temurning oʻgʻli Umarshayx bilan emikdosh (koʻkaldosh) boʻlgan ekan.Buyuk shoir oʻz asarlarida bu qutlugʻ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot toʻgʻrisidagi baʼzi maʼlumotlarni esa uning zamondoshlari oʻz kitoblarida beradilar.Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda oʻsdi. Kichiklik chogʻidan sheʼr va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida boʻldi. Uch-toʻrt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir sheʼrini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan soʻng uni maktabga berdilar. U boʻlajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga oʻqidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch boʻlib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yoʻl oladi. Yoʻlda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, „Zafarnoma“ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.Alisher xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bogʻliq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd choʻli bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yoʻldan chiqib, boʻlajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zoʻrlik qilib, uygʻonmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, toʻxtab qoladi.Alisher tong otib, quyosh qiziganda uygʻonadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yoʻq. Yolgʻiz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. Oʻn yoshli bola oʻzini qoʻlga oladi. Otini minib, zehn bilan yoʻlni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib koʻrinadi. U suv toʻla mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yoʻlini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, oʻgʻilllarini yoʻqligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim koʻp yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, goʻyo u qayta tugʻilganday, quvonch bilan kutib oladilar.Alisherni sheʼriyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Boʻlajak shoir Saʼdiy Sheroziyning „Guliston“. „Boʻston“, asarlarini, Farididdin Attor asarlarini ishtiyoq bilan o‘qiydi.

Savollar


1–3-savollar: Savollarga javob bering.

1.Alisher Navoiyning otasining ismi kim?


A.G‘iyosiddin Muhammad B.Farididdin Attor C.Muhammad Mirzo D.Sa'diy Sheroziy

2."Guliston"asari kimning qalamiga mansub?


A.Alisher Navoiy B.Sa‘diy Sheroziy C.Farididdin Attor D.Jomiy

3.Sharafiddin Ali Yazdiyning asari berilgan qatorni toping.


A."Zafarnoma" B."Guliston" C."Bo‘ston" D."Muhabbatnoma"

4–7-savollar: Quyida berilgan hukmlarga munosabat bildiring


Jumla matndagi ma’lumotga mos kelsa – TO‘G‘RI
Jumla matndagi ma’lumotga qarama-qarshi kelsa – NOTO‘G‘RI

4.Alisher Navoiy 1441-yilda Hirotda tavallud topgan.

5. Alisher Navoiy bolalik chog‘ida Saʼdiy Sheroziyning „Guliston“. „Boʻston“, asarlarini, Farididdin Attor asarlarini ishtiyoq bilan o‘qiydi.

6.Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, „Zafarnoma“ning muallifi Farididdin Attor bilan uchrashdi.

7.Uch-toʻrt yoshlarida davrining mashhur shoiri Jomiyning bir sheʼrini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi.

8–11-savollar: Quyidagi berilgan so‘zlardan foydalanib bo‘sh o‘rinlarni to‘ldiring.


Alisher Navoiy boʻlajak sulton 8............. bilan birga oʻqidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.9........... Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch boʻlib qoladi. Alisherlar oilasi 10...........yoʻl oladi. Yoʻlda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, 11............ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.
A.1447-yilda B."Zafarnoma" C.Iroqqa D.Husayn Boyqaro

12-savol: Emikdosh so'zining ma'nosi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


A.Ko‘kaldosh B.Do‘st C.Ota D.Ustoz

407-guruh talabasi Homidova Dinora


.Eshitib tushunish tushunish uchun matn:
Toshkent haqida 25 ta qiziqarli fakt
Toshkent qachon tashkil topganligini hech kim aniq bilmaydi, lekin bu bizning eramizdan kamida bir necha asr oldin sodir bo’lganligi aniq ma’lum. Bu O‘zbekiston poytaxtini nafaqat Osiyoning, balki butun dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biriga aylantiradi va bu yerda haqiqatan ham ulkan madaniy meros saqlanib qolgan. Zamonaviy Toshkent – jozibali va yashash uchun qulay shahar, lekin u hali ham Sharqning sirli jozibasini saqlab qoladi – ziravorlar hidiga to’yingan havo, an’anaviy me’morchilik va o’zbek oshxonasining betakror taomlari bu yerlarga tashrif buyurishga arziydi.2009-yilda bu qadimiy shaharning rasmiy yoshi 22-asrdan oshdi.Toshkentdagi mashhur Oloy bozori bundan 600-700 yil avval, agar undan koʻp boʻlmasa, oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan, lekin u faqat 20-asrda rasman roʻyxatga olingan.1930 yilning qishida, goʻyoki issiq Toshkentda havo harorati – Selsiy bo‘yicha 29,5 daraja issiq.Toshkentdagi eng qadimiy bino, yer osti kamerasi XII asrda qurilgan.Toshkent metrosi bekatlaridan biriga o‘zbek shoiri, dramaturgi va nomi berilgan. adabiyotshunos Hamid Olimjon.Arxeologlarning fikricha, hozirgi Toshkent hududida birinchi odamlar taxminan 17 ming yil oldin paydo bo’lgan (qadimgi odamlar haqida qiziqarli ma’lumotlar).Toshkentda juda ko’p tarixiy va madaniy meros yodgorliklari mavjud, jumladan, katta. maqbara, ibodatxona va madrasalar soni.Toshkentning meʼmoriy ramzi 1947-yilda qad koʻtargan ulkan chirogʻli baland minoradir.Atmosfera havosi past darajada ifloslangani bois Toshkent tunda yulduzli osmonni ko‘rish mumkin bo‘lgan sanoqli shaharlardan biri hisoblanadi.2016-yilda Toshkentda tramvaylar yo‘qolgan, faqat avtobuslar qolgan. Ammo ularning uzoq yo‘nalishlari bor, birining uzunligi 30 kilometrdan oshadi.Toshkentdagi jamoat kutubxonalari juda mashhur. Shunday qilib, 2017-yilning dastlabki ikki choragida Toshkent shahar Milliy kutubxonasi mijozlarga 2,5 million donadan ortiq kitoblarni taqdim etib, o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.Ayniqsa, sayyohlar uchun yorqin qizil rangdagi ikki qavatli ekskursiya avtobuslari qatnaydi. Oʻzbekiston poytaxti atrofida, xuddi Londonda koʻrish mumkin boʻlganlar (London haqidagi qiziqarli faktlar).Bogʻlar va xiyobonlar Toshkentning umumiy maydonining qariyb 30% ni tashkil qiladi.Toshkent quruq hududda joylashgan. Gigant shahar har kuni 1 million 500 ming kub metrga yaqin chuchuk suv isteʼmol qiladi.Toshkentda favvoralar Osiyoning boshqa shaharlariga qaraganda koʻproq. Singapurdagidan ham ko’proq.Toshkentda bankomat topish qiyin emas, lekin ko’pincha ularda pul bo’lmaydi va bank kartasidan pul yechib olish muammoli bo’lishi mumkin.
Savollar

1. O‘qish eshittirilgan matnda quyidagilardan qaysilari bor bo‘lsa "Bor", yo‘q bo'lsa " Yo‘q" qo‘yib to‘ldiring.

1.Hozirda Toshkentning rasmiy necha yoshdaligi haqida ma'lumot berilgan.

2.2016-yildan Toshkentda tranvaylar yo'qolganligi haqida ma'lumot berilgan.

3.O‘zbekistonning poytaxti Toahkent degan ma'lumot berilgan.

4.Toshkentning meʼmoriy ramzi 1947-yilda qad koʻtargan ulkan chirogʻli baland minoradir.

2. Quyidagi bo'shliqlarni matnga ko'ra to'ldiring.
5.Toshkentdagi mashhur ...........bozori bundan 600-700 yil avval, agar undan koʻp boʻlmasa, oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan.

6. U faqat 20-asrda rasman roʻyxatga olingan......... qishida, goʻyoki issiq Toshkentda havo harorati – Selsiy bo‘yicha 29,5 daraja issiq

7.Toshkentdagi eng qadimiy bino, yer osti kamerasi .........qurilgan.

8.Toshkent metrosi bekatlaridan biriga o‘zbek shoiri, dramaturgi va nomi berilgan. adabiyotshunos..........nomi berilgan.

3. Tinglagan matningizdan kelib chiqib quyidagi savollarga javob yozing.

9.Toshkentning meʼmoriy ramzi nechanchi yilda qad koʻtargan ulkan chirogʻli baland minoradir?


A.1947-yil B.1950-yil C.1960-yil D.1948-yil

10.Hozirda O'zbekistonning poytaxti qayer?


A.Samarqand B.Buxoro C.Toshkent D.Jizzax

11.Toshkentda tranvaylar nechanchi yildan boshlab olib tashlandi?


A.2016 B.2017 C.2015 D.2005
12.Milliy kutubxonaning qancha kitoblari mavjud?
A.2,5mingdan ortiq B.2.5milliondan ortiq C.2million

Dinora Homidova


2022
Download 11.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling