42. Xarakat va rivojlanish tushunchalari


Download 23.73 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi23.73 Kb.

42. Xarakat va rivojlanish tushunchalari.

Tabiat va jamiyatdagi hamma narsa harakat va rivojlanishda, o’zgarish va o’zaro ta’sirda boladi. Hech bir tinch turgan narsa yo’q.Olamdagi narsalar harakatda bo’lib, biri ikkinchisiga aylanadi, biri ikkinchisidan paydo boladi. Butun tabiat- eng kichik zarradan tortib quyoshgacha, odamjodgacha doimo paydo bolish va yoq bolish, uzluksiz oqish, betoxtov harakat qilish va ozgarish holatini kechirib turadi. Har qanday obyekt uni tashkil etuvchi elementlarning ozaro tasiri tufayli mavjud bola oladi.Masalan,tirik organizmlar ularni tashkil etuvchi molekulalar hujayralar va organizmlaning ozaro tasiri tufayli mavjud.Umumiy tarzda olingan bu ozgarishlar moddiy olam borlig’ining ajralmas xususiyatidir.

O’zgarish falsafada harakat tushunchasini ifodalaydi.Harakat – eng oddiy mayda zarrachalarning o’zaro aylanishi, metagalaktikaning kengayishi, organizmlar hujayralarida modda almashinuvi, ijtimoiy hayotda odamlarning faoliyat almashinuvidir.

Harakat bu har qanday ozaro tasir va o’zaro tasir natijasida boladigan ozgarishlardir.Materiya harakatsiz bo’la olmaydi. Har qanday obyekt, unda harakatning muayyan tiplari mujassamlashgani uchun ham mavjuddir.Harakat toxtaganda obyekt ham oz mavjudligini tugatadi, u boshqa obyektga aylanadi.Boshqacha aytganda harakat materiyaning ichki timsolidir, atributi hisoblanadi.Harakatsiz materiya hech qayerda ba hech qachon bolgan emas va bolishi mumkin emas.

Kuzatilayotgan u yoki bu predmetning tinchlik sukunat holati deyilganda mazkur predmetning muayyan fazoviy konfiguratsiyaga ega ekanligi muayyan tarkibga ega ekanligi, bu tarkib barqarorligini saqlay olishi, o’z elementlari muayyan majmuini takror hosil qila olishi tushuniladi. Lekin aytaylik oddiy elementdan tortib tirik organizmlargacha electron mikroskop bilan kuzatilganda ularning hammasi muayyan zarrachalarning to’xtovsiz harakatidan iboratligini payqash mumkin. Bu bizning tanamiz ruhimizga ham talluqlidir.

Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi Harakat shakllari ajratib koʻrsatiladi:

Mexanik Harakat — jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning Harakati nisbiydir, chunki harakat Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi.

Fizik Harakat (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning Harakatdan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorugʻlikdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu Harakat shakliga mansubdir);

 Kimyoviy Harakat (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatiyasi, ionlar harakti, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va b. kimyoviy jarayonlar kiradi);

Biologik Harakat (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy Harakatdan keyin moddiy obyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik Harakatga va quyi yoʻnalishiga, inqiroziga qarab — geologik Harakat ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar vujudga keladi.

 Ijtimoiy Harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy koʻrinishdagi Harakat shakllari ham mavjud

Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim.Rivojlanish bu – faqat sifat o’zgarishlari natijasida eskining o’rnida yangi paydo boladi,quyidan yuqoriga oddiydan murakkabga o’tish sodir bo’ladi.Harakat tushunchasi rivojlanish tushunchasidan kengroq tushunchadir


 83. Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar.
Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to‘g‘risida

Dastlabki asotiriy tushunchalarga ko‘ra inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. Shumerliklarning saqlanib qolgan miflaridan birida tasvirlanishicha, erkak va ayol xudolar suv xudosi bo‘lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichimlik miqdorini ko‘paytirish usulini topishini so‘rab murojaat qiladilar. U Yer boyliklari xudosi bo‘lgan xotini Ninmax bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. Loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol

bo‘lgan.

Birinchi insonning paydo bo‘lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilinishicha, Olimp cho‘qqisida yashagan xudolardan odamlar tug‘ilgan.



Nasroniylikning muqaddas kitobi «Injil»da aytilishicha, «…Yana Xudo: «O‘z suratimizga ko‘ra, O‘zimizga o‘xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko‘k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin», dedi … Xudovandi karim yerning tuprog‘idan odamni yasab, uning dimog‘iga hayot nafasini pufladi. Shu yo‘sinda odam tirik jon bo‘ldi»

Qur’oni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: «…Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. So‘ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. So‘ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go‘sht qilib yaratdik, bas, parcha go‘shtni uyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik».

Buddaviy dinida ta’kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan dxarma harakatidan iborat. Bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo‘lgan kuchlarning o‘tkinchi yig‘indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko‘ra va ularga bog‘liqlikda paydo bo‘lib, yana yo‘qolib turadi.

Ko‘rinib turibdiki, diniy nuqtayi nazarlarda ham javoblar xilma xil.

Shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan. Albatta, bunda tayanch nuqta bo‘lib asta-sekin to‘planib borgan ilmiy dalillar xizmat qilgan.
Tabiatshunoslik dalillari

Diniy ta’limotlarga muqobil ilgari surilgan nazariyalar o‘tmishda, ayniqsa,yangi zamonning boshlaridan Yevropada to‘plangan ma’lumotlar insonning paydo bo‘lishiga doir avvalgi diniy nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. Masalan, tasodifan yoki maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil suyaklarning, garchi ular boshqa biologik tur – hayvonlarga tegishli bo‘lsa-da, inson suyaklariga ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi.


Tadrijiylik ilmiy yo‘nalish nazariyasi

Bu nazariyaga ko’ra hayvonlar, o’simliklar o’zining tuzilishini mukammallashtirib boradi va bunga tashqi ta’sir ham ta’sir qiladi deyilgan.Shunda hayvonlar yildan yilga rivojlanib inson qiyofasiga kelgan deb hisoblanadi.

Inson kelib chiqishi to‘g‘risidagi ilmiy yo‘nalish organik olamdagi barcha mavjudotlarning rivojlanishi to‘g‘risida XIX asrda tabiatshunos olimlarning izlanishlari natijasi o‘laroq xiyla asoslab berilgan. Tadrijiylik nazariyasida qiyosiy anatomiya, fiziologiya va hozirgi mavjud turlarning rivojlanishi tarixiy ma’lumotlar, shuningdek, qirilib ketgan turlar haqidagi paleontologiya materiallari har tomonlama o‘rganilgan edi. Bu nazariya o‘z ichiga kishilik dunyosini qamrab olmasligi mumkin emasdi. Antropogenezning tadrijiylik nazariyasi ba’zi jihatlardan XVIII asrda Yevropada ilgari surilgan turli qarashlarning davomi sifatida maydonga kelgan.

Darvinizm nazariyasi

Tadrijiylik doirasidagi Darvin ta’limotiga ko‘ra insonning kelib chiqishi va mavjudligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi. Charlz Robert Darvin «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda maqbul zotlarning saqlanishi» (1859), «Madaniy o‘simliklarning va uy hayvonlarining o‘zgarishi» (1859), «Madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining o‘zgarishi» (2 jildlik, 1871), «Inson va hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» (1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. Biologiyaviy tushuntirish me’yorlari va ideallarini qayta qurdi. Darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to‘la shakllanib bo‘lmagan edi. Shuning uchun ham unda insonning biologiyaviy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari o‘z aksini topmagan.



Vernadskiy va Teyar de Sharden nazariyasi

Bu nazariyaga ko‘ra moddiy obyektlar harakati maqsadga yo‘naltirilgan tarzda kechadiki, inson bu jarayonga nafaqat tortilgan, balki o‘zida uni ifodalaydi. Bu nazariyaga ko‘ra, olamdagi butun mavjudot ruh uchqunlaridan tashkil topgan. Olam hodisalari oddiydan murakkabga tomon, pastdan yuqoriga qarab doimo o‘zgarishdadir. Bunda ular o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, miqdoriy yoki sifatiy tomonlari bir-biriga o‘tib turadi. «Barcha sohalarda, – ta’kidlaydi olim, – qandaydir miqdor yetarli darajada kuchaysa, ularning ko‘rinishi, holati yoki tabiati keskin o‘zgaradi: qiyshiqlik harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, tekislik nuqtaga aylanadi, barqarorlik yo‘qoladi, suyuqlik qaynaydi, butun bo‘laklarga ajraladi. Bu nazariyadagi, diniy asosda bo‘lsa-da, amal qiladigan qat’iy determinizm tadrijiylikda hech qanday tasodifga o‘rin qoldirmaydi



Mehnat nazariyasi

Mehnat nazariyasi tarafdorlari insonga tirik mavjudotlar ichida alohida maqom berib, uning kelib chiqishini sakrashlar, inqilobiy jarayonlar tarzida talqin etadi. Mehnat nazariyasiga ko‘ra insonning maymundan qanday kelib chiqqanligini asoslash muammoligicha qolmoqda. Bunda, ayniqsa, insonning maymundan uchta asosiy farqi – tik yurishi, qo‘llarining rivojlanganligi hamda katta hajm va vaznga ega bo‘lgan miyaga egaligi o‘z izohini talab qilmoqda.

Olimlar, jumladan, fransuz atropologi Buje da Pert qo‘yilgan

masalaning javobini inson ilk ajdodlarining mehnat qurollarini yasash

faoliyatidan topishga harakat qildi. Tik yurishni izohlashda esa yashash

muhitining o‘zgarishi, masalan, inson ajdodlarining o‘rmondan keng

tekislikka chiqishi yoki qoyali joyda hayot kechirishiga o‘tish va h. k.

bilan bog‘liq omillarni asos qilib oladi. Miyaning hajmi va og‘irligi hamda qo‘llarning rivojlanishi to‘g‘risida ham ko‘pdan ko‘p o‘zaro yaqin bo‘lgan qarashlar ilgari surildi.



Bextereva nazariyasi

Antropogenezning mehnat nazariyasi bilan tushuntirib bo‘lmaydigan jihatlari XX asrning ikkinchi yarmida koinotni o‘zlashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bog‘lab izohlanmoqda.

Rus fiziolog olimi, inson miyasi bo‘yicha katta mutaxassis

hisoblangan akademik N.P.Bextereva nuqtayi nazariga ko‘ra inson

koinotdan Yerga kelib ko‘payib ketgan. Haqiqatan ham, hozirgi

zamon fani inson miyasini o‘rganishda juda ilgarilab ketganligi

tufayli, uning beqiyos imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar

to‘plangan. Masalan, inson miyasida 1014 miqdordagi neyronlar

va ularning birikmalari bo‘lib, bular yordamida butun insoniyat

to‘plagan ma’lumotlarni unga singdirish mumkin. Lekin Yerda inson

miyasiga qo‘yiladigan talablar uning imkoniyatlari darajasidan ancha

past. Binobarin, uning miyasidagi beqiyos imkoniyatlar o‘z vaqtida

koinotdagi sayyora shart-sharoitlari va talablari bilan bog‘liq bo‘lib,

hozirgacha saqlanib qolgan.

Bu nazariya doirasida shveytsariyalik Erix Fon Denikenning

1968-yilda bosilib chiqqan «Kelajak haqida xotiralar» kitobida ilgari

surilgan qarashlar ham e’tiborga molikdir. Uning ta’kidlashicha,

Yerdan tashqaridagi sivilizatsiya vakillari o‘zlarining qaysidir

maqsadlari bilan sayyoramizga kelganidan so‘ng insonning gominid

ajdodlarida irsiy jihatdan muayyan o‘zgarishlar yuz bergan. Natijada

aql va nutqqa ega yangi mavjudotlar kelib chiqqan. Koinot vakillari

ma’rifiy maqsadlar bilan yana bir necha marta Yerga kelib ketgan.

Bunga misol tariqasida muallif Yerda (Iroq va Misrda) topilgan kristall

linzalarni, to‘qima materialdan tikilgan kiyim parchasini, galvanik

tamoyilda ishlaydigan elektr batareyasini va boshqa qator ashyolarni

keltiradi. Old Osiyoning Qo‘histon mintaqasidagi g‘orda topilgan

qoya suratlarida yulduzlarning 10 ming yil avvalgi joylashuvi

aks ettirilgan.Zuhra va Yer chiziqlar bilan tutashtirilgan. Bizning

madaniyatimizdan oldin juda yuqori madaniyat, texnikamizdan

oldin ham texnika mavjud bo‘lganligini tan olamizmi yoki yo‘q,

bundan qat’i nazar, aynan koinotdan safar qilib kelganlar to‘g‘risida

faraz mavjud.

Inson ajdodlariga boshqa sayyoralardan kelganlarning ta’siri

to‘g‘risida turli mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda ham xilma-xil

qarashlar ilgari surildi. Bir-birini takrorlamaydigan bu qarashlarga xos

umumiylik shundan iboratki, ularning hammasida Yerda Koinotdan

kelganlar qoldirib ketgan dalillarni topishga harakat qilishdir.

Hozirgi vaqtda Koinotning insoniyat ixtiyoridagi barcha vositalar

yordamida tekshirilgan qismida qandaydir sivilizatsiyalar bo‘lish

ehtimoli tasdiqlanmadi. Bunga astronomlarning Yerda hayotning

noyobligi, uning boshqa biron joyda bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi

qarashlari ham qo‘shilsa, koinotiy nazariyaning asosli emasligi ko‘zga

tashlanadi.

Anomal hodisalar nazariyasi

Insonning kelib chiqishi bilan bog‘liqbo‘lgan nuqtayi nazarlarning yuqorida qayd qilingan kamchiliklarini bartaraf qilish maqsadida keyingi yillarda antropogenezning ilk tabiiy zaminlariga e’tibor kuchaymoqda. Jumladan, bunda vulqonlarning tevarak-atrofga ko‘rsatadigan ta’siri, Yerda iqlimning o‘zgarishi, Quyosh va boshqa koinot obyektlaridan keladigan ta’sirlar, radia- tsiyaviy fon va hokazolar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Darhaqiqat, normal holatdagi o‘simlik yoki hayvon, shuningdek, inson ham anomal ta’sir ostida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarga uchrashi aniq.

Ma’lumki, Afrika qit’asining janubida Yer ostida jahondagi barcha

uranning 70 foizi mavjud. Fan ma’lumotlariga ko‘ra, ayni shu mintaqa

odamlarning ilk vatani – ularning kelib chiqqan joyidir. Radiatsiyaviy

fon Yer qobig‘ining yorilishi, vulqonlarning faollashuvi, geomagnit

anomaliyalar va hokazolar natijasida kuchayib, bu yerdagi odamsimon

mavjudotlar tanasida mutatsiya – jiddiy o‘zgarishlar hosil qilishi faraz

qilinadi. Mutatsiyalar tufayli primatlarda to‘la tarzda tik yurishga

o‘tish, bosh suyagi hajmining kattalashuvi, jinsiy instinkt tabiatining



o‘zgarishi va hokazolar ro‘y bergan. Inson kelib chiqishining anomal nazariyasida boshqa nuqtayi nazarlardan anchagina ustunlik mavjud. Bu nazariya ba’zi primatlarning insonga aylanishini, boshqalarining aylanmaslik sabablarini, dastlabki odamning ilk tosh qurollardan qadimiyroq ekanini va hokazolarni mantiqan izchil tushuntirib bera oladi. Faqat unda tadrijiylik tamoyillari va ushbu nazariyani tasdiqlovchi misollar hozircha yetarli emas.
Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling