478 ta qishloqda “Obod qishloq” dasturi amalga oshiriladi


Download 19.68 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi19.68 Kb.

478 ta qishloqda “Obod qishloq” dasturi amalga oshiriladi

2019-yilda har bir tumanda uchtadan qishloqda “Obod qishloq” dasturi amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarga 6 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

21 fevral 2019, 14:58   Jamiyat  

2019-yilda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishga 4,8 tlrn so‘m ajratiladi. O‘zbekiston prezidenti 20 fevraldagi qarori bilan dastur parametrlarini tasdiqladi.

Hujjatda qayd etilishicha, dastur doirasida har bir tumanda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirish va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratish maqsadida qabul qilinmoqda.

Dastur bilan 159 ta tumanida 1,6 million nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan 478 ta qishloqda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Qo‘shimcha ravishda 1,3 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan qishloqlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Joriy yilda dastur doirasida umumiy uzunligi 5476 kilometrdan iborat mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar) ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi. 36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2458 kilometr bo‘lgan tungi ko‘cha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimini yaxshilash belgilandi.

Aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, xususan 556 ta avtobekat qurish hamda umumiy qiymati 46,3 milliard so‘mlik 189 ta zamonaviy avtobus xarid qilish ko‘zda tutilmoqda.

Ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida 2219 kilometr yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshootini qurish, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

361 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar hisobidan elektr va gaz ta’minoti tizimini yaxshilash chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Shuningdek, 214,2 mingta yakka tartibdagi, 1182 ta ko‘p xonadonli uy-joylarni ta’mirlash, 378 ta ko‘p xonadonli uy-joylar hududlarini obodonlashtirish mo‘ljallangan.

280 ta maktabgacha ta’lim, 510 ta maktab, 237 ta sog‘liqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va ta’mirlash belgilandi. Shu bilan birga, jami 2532 ta bozor infratuzilmasi ob’ektlarini qurish va ta’mirlash belgilandi.



Irrigatsiya-melioratsiya sohasida, jumladan, 296 kilometr irrigatsiya va 1538 kilometr melioratsiya ob’ektlarini qurish va ta’mirlash, 584 kilometr irrigatsiya ob’ektlarini tozalash ko‘zda tutiloqda.
Download 19.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling