MAVZU: PSIXOLOGIK O’LCHOV METODLARI REJA - 1. Psixologik tajriba haqida tushuncha.
- 2. Psixologik tajriba turlari.
- 3. Psixologik tadqiqot natijalarini miqdoriy tahlil qilishning zarurligi.
- 4. Psixologiko`lchov shkalasi tiplari.
- 5. Eksprimental tadqiqot natijalarini tahlil qilish.
Tadqiqotchi o`zini qiziqtirgan psixik hodisalarni kuzatish orqali o`rganishi yoki zarur bo`lgan holatni ataylab vujudga keltirishi mumkin. Birinchi holatda oddiy kuzatish haqida, ikkinchi holatda tajriba yoki eksperiment haqida so`z bormoqda. - Tadqiqotchi o`zini qiziqtirgan psixik hodisalarni kuzatish orqali o`rganishi yoki zarur bo`lgan holatni ataylab vujudga keltirishi mumkin. Birinchi holatda oddiy kuzatish haqida, ikkinchi holatda tajriba yoki eksperiment haqida so`z bormoqda.
- Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha:
- a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish imkoniyati bor;
- b) o`rganilayotgan hodisa yoki uning ayrim qismlarini tashqi ta`sirlardan himoya qilish (izolyatsiya) imkoniyati mavjud;
- v) jarayonning borishini nazorat qilish mumkin.
- g) tadqiqot natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin.
Psixologik tadqiqot oldiga quyilgan vazifaning tabiatiga ko`ra psixologik tadqiqotlarni 3 guruhga ajratish mumkin: - Psixologik tadqiqot oldiga quyilgan vazifaning tabiatiga ko`ra psixologik tadqiqotlarni 3 guruhga ajratish mumkin:
- a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat qiluvchi tajribalar. Bunday tajribalarga tafakkur xususiyatlari, xotira tipini, sezgirlik darajasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni misol qilish mumkin.
- b) alohida psixik hodisani u yoki bu omil (faktor)ning ta`siriga bog`liqligini aniqlashga xizmat qiladigan tajribalar: masalan: esda qoldirishning materialning sifatiga bog`liqligini aniqlash va hokazo .
- v) ikki hodisa o`rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga qaratilgan tajriba, masalan, materialning hajmi bilan takrorlashlar soni o`rtasidagi funktsional aloqani o`rganish. Birinchi tipga kiradigan tajribalarni-sifat; ikkinchisini faktorli, uchinchisini-funksional tajribalar deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |