5-amaliy mashg’ulot: Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish. (Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylari). Reja


Download 70.22 Kb.
bet1/43
Sana06.02.2022
Hajmi70.22 Kb.
#566552
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
5-amaliy
amaliy, how is work, 1. Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha. Qo’shma gap turlari-azkurs.org, Mustaqil ish, Ona tili Fan oyligi ZiyoliPedagog, betlik, КАБР САВОЛ, 800 та саволга 800 та жавоб, 4-amaliy (2), UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA FANIDA TO’GARAKLAR TASHKIL QILISH USULLARI, ariza, Yuk va tijorat amaliyot, abyektivka namuna, Logolar

5-AMALIY MASHG’ULOT: Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish. (Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylari).
Reja:
1. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish.
2. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarni tashkil etish.
Tayanch iboralar: Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylar, tarixiy sana va
bayramlar, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, madaniyat, ma’rifat.
Hozirgi globallashuv davrida fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublari keng joriy etilmoqda. Binobarin, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini sifatida yosh avlod ta’lim-tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Yoshlarni ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalashda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ham ahamiyati katta.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqish, amalda joriy etish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish orqali namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda boshlang‘ich ta’limda o‘tkaziladigan ma’naviyma’rifiy tadbirlarning, turli tarixiy sanalarga bag‘ishlangan bayram kechalarining ahamiyatini alohida ta’kidlash mumkin. Shu bois mazkur metodik qo‘llanmada boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uch guruhga ajratib ko‘rsatishni joiz deb bildik:

  1. O‘zbekiston Respublikasi shonli tarixida muhim o‘rin tutuvchi tarixiy sana va bayramlarga oid tadbirlar.

  2. O‘zbek xalqi tarixi va adabiyotida alohida o‘rin tutuvchi buyuk allomalar tavallud sanalariga bag‘ishlangan tadbirlar.

  3. Ona-tabiat, jamiyat hayoti bilan bog‘liq turli mavzulardagi tadbirlar.

Yuqorida ko‘rsatilgan bayram va tadbirlar ssenariylari umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ish tajribasidan, ommaviy nashrlardan, xususan, “Boshlang‘ich ta’lim” jurnallaridan olib to‘plandi va buni barcha umumta’lim maktablarida tadbiq qilish mumkin.

Download 70.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling