5 kurs ishi 111700-boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi yo`nalishi


Yozuv tezligini oshirishning 1-sinf o’quvchilarida tajriba hosil qildirish bosqichlari


Download 316.95 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2022
Hajmi316.95 Kb.
#765087
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Butayeva Malika Muhitdinovna KURS ISHI
BrY10Jw4QYb20mEdJfnTpPoa1xXa6MRLw4BAbNp5, 14 bo`lim
2.2. Yozuv tezligini oshirishning 1-sinf o’quvchilarida tajriba hosil qildirish bosqichlari.

O‘qituvchining namunaviy yozuvi – bolalarda to‘g‘ri yozuvni shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Yozishga o‘rgatish ko‘pincha taqlid qilish orqali amalga oshadi. O‘qituvchining birinchi o‘quv yilida sinf taxtasi yoki o‘quvchi daftariga yozganlari asl nusxa sifatida ko‘riladi, chunki o‘quvchilar undan o‘z daftariga ko‘chirib oladilar. Shuning uchun o‘qituvchining husnixati to‘g‘ri va chiroyli bo‘lishi lozim. Sinf taxtasiga yozilgan yozuvi esa o‘quvchining daftaridagi harflarning joylashishiga mos holda bo‘lishi kerak. Amaliyotning ko‘satishicha, agar o‘qituvchi qatorning oxirigacha yozmasa (to‘ldirmasa), bolalar ha undan namuna olib qatorning oxirigacha yozishmaydi, qog‘ozni bekorga sarf etishadi va so‘zlarni keyingi qatorga to‘g‘ri ko‘chirish yo‘llarini o‘rgana olmaydilar, shubhali hollarda qator oxirigacha ko‘chirmaydigan bo‘lishadi. Orfografik - to‘g‘ri, aniq va tushunarli qilib yozishni talab etish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchining pala - partish yozuvini va bir parcha qog‘ozga yozilgan yozmfini ham nazorat qilib borishi lozim. Har bir o‘quvchining daftari tartibli bo‘lishiga erishish kerak. O‘rgatish jarayonida o‘qituvchining dastur materialini, o‘quvchini soddaroq shakily k’rinishga ega bo‘lgan harflardan, murakkabroq ko‘rinishga ega harflarga o‘tkazishga va yirik hamda sekin yozuvdan, mayda va tez yozuvga o‘tkazishda e’tibor beriladi. Shuni yodda tutishi kerakki, bolani sekin yozuvda harfni to‘g‘ri yozishni o‘rganib olmaguncha tez yozuvga o‘tkazish mumkin emas. Shuning uchun ham dasturda tez yozishga o‘tkazish maktabning kattaroq yoshdagi bolalariga o‘ragtish ko‘zda tutilgan. Dastlabki yozuvga o‘rgatish paytida yorqin individual ajralib turadigan tomoni bo‘lmaydi, bu holni faqatgina yuqori sinflarda oddiy va tez yozadigan paytda kuzatishimiz mumkin. Yozuvdagi individual o‘ziga xoslikni ajratish masalasi 4- sinflarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jarayonida aniq bo‘ladi, chunki bu davrda o‘quvchilar to‘g‘ri yozish qoidalari bilan tanishadigan dars soatlari tugagan va ularni mustaqil ravishda bir chiziqli daftarga yozishga o‘tgan paytlari bo‘ladi. O‘quvchida aniq individual yozuv hosil bo‘lishi ushun o‘qituvchi o‘quvchining butun diqqatini harfning chiroyli yozilishiga , o‘qiganda boshqa harf bilan qo‘shilib ketmasligiga, har biri bir - biridan o‘ziga ko‘rsatilgan o‘lchashga xos yozilgan va ajralib turishi lozim.


O‘quvchilar nazorat vaqtini oldindan bilganlari ma’qul, chunki bungacha ruchkadagi kamchilikni va daftarni tayyorlab qo‘yishga vaqt ajratadilar. O‘qituvchi to‘g‘ri, husnixat bilan yoziv taxtasiga 3,5 qator yozadi, bolalar esa bu materialni daftarlariga ko‘chirib oladilar, bunga 15 daqiqadan ortiq vaqt ketishi kerak emas. Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka bo’lib, xattaxtaga yozishda bo’rdan foydalaniladi. Savod o’rgatish davrida bolalarni yozuvga o’rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog’oz ishlatilgan bo’lsa, keyin quyuq yotiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan: Bunday daftarda yozuvga o’rgatilgan boladan boshlang’ich sinflarni bitirguncha besh xil daftarga yozishni o’rganish talab etilar edi. Hozirgi vaqtda yozuvga o’rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo’lishi talab qilinadi; 2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o’tiladi. Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to’g’ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o’rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Shuningdek, savod o’rgatish davrida o’quvchilarda o’z-o’zini tekshirishga oid malaka shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo’l qo’ygan xatolarini topadilar, ularni izohlashga o’rganadilar. Shu davrdanoq ko’chirib yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi. Gap va so’zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o’tkazib boriladigan o’z-o’zini tekshirish mashqlari, o’qilgan matnning imlosini kuzatish o’quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo’lgan orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, ularni yuqori sinflarda o’rganiladigan imlo qoidalarini puxta o’zlashtirishga tayyorlaydi.9 Yozuv darslarida ham o’quvchilar nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’quvchilar gap yoki hikoyani og’zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin ammo yozish uchun o’rganilmagan harf bo’lmagan so’zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o’qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim. Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o’tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o’quvchilarni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o’z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o’rgatadi. Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o’quvchilarning yozma nutqini og’zaki nutqi bilan bog’liq holda o’stirishni ta’minlaydi. Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishi, o’quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo’ymasligi kerak. Savod o’rgatish davridagi o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud: 1. Umumdidaktik talablar: A) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo’lib, unda bironta axloqiy sifat o’stirilishi lozim; B) darsning ta’limiy maqsadi, ya’ni o’quvchilar darsda qanday yangilikni bilishi, nimani o’rganishi, qanday ko’nikma va malakalar o’stirilishi, o’quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo’lishi aniq belgilab olinishi kerak;

Download 316.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling