5-mavuzu: ilmiy bilishning metodologik asoslari. Ilmiy bilishning nazariy pog’onasi. Nazariy tadqiqotlarning birinchi bosqichi


Download 28.13 Kb.
bet1/4
Sana13.11.2021
Hajmi28.13 Kb.
#445593
  1   2   3   4
Bog'liq
5-MAVUZU ILMIY BILIShNING METODOLOGIK ASOSLARI.
Tajriba 1, Doc1, Жорий назорат Qurambayev O, Жорий назорат Qurambayev O, 6-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-1 (1), 6-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-1 (1), 6-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-1 (1), 5-sinf-matematika-fanidan-barcha-choraklar-uchun-test-savollari-toplami, 5-sinf-matematika-fanidan-barcha-choraklar-uchun-test-savollari-toplami, жилд, 6-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-1 (1), Ishchi TARIX

5-MAVUZU: ILMIY BILIShNING METODOLOGIK ASOSLARI.
5.1.Ilmiy bilishning nazariy pog’onasi.

5.2.Nazariy tadqiqotlarning birinchi bosqichi.

5.3.Nazariy tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi.

5.4.Nazariy tadqiqotlarning uchinchi bosqichi.

Tayanch so’z va iboralar: Ilmiy bilish, umumiylik, abstraklik, konkretlashtirish, ilmiy tamoyil, ideallashtirish, ilmiy taxmin, nazariy tadqiqot, fikriy tajriba, tizimlilik, emperik bilish, generalizatsiya.
5.1. Ilmiy bilishning nazariy pog’onasi.

Ilmiy bilishning nazariy darajasi emperik bilish darajasi bilan dialektik o’zaro bog’lanishda bo’lib, u nisbiy mustaqillikka va faqat o’ziga tegishli bo’lgan bilish vositalariga egadir.

Uning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:


  1. Uning umumiyligi va abstraktligi. Agar emperik qonunlar ma’lum guruxni tashkil etgan ko’pgina alohidagi xodisalarni ta’riflab bersa, ilmiy nazariya bir qator ana shunday qonunlarni, ya’ni o’rganilayotgan xodisalarning ma’lum sohasini o’z ichiga oladi. O’zining umumiyligi bilan ilmiy bilimlar nafaqat ochilgan va kuzatilayotgan xodisalarga, balki hali ochilmagan va kuzatilmagan xodisalarga xam tegishlidir.

  2. Tizimlilik. Agar alohida olingan emperik dalillar emperik bilimlarni yig’indisini o’zgartirmagan xolda ham qabul qilinishi va rad etilishi mumkin bo’lsa, nazariy bilimlarning alohida elementlarini o’zgartirish tizimni bir yo’la o’zgartirishsiz amalga oshmaydi.

  3. Uning falsafa faniga yaqinligi. Lekin ilmiy nazariy bilim falsafadan farqli o’laroq ko’proq ilmiy konkrektlikka egadir.

  4. Nazariy bilim borliq haqida emperik bilimga qaraganda ko’proq tasvirni bera oladi.

  5. Nazariy bilim birlikdan umumiylikka tomon xarakatlanuvchi, emperik bilimdan farqli ravishda boshlang’ich va umumiy abstraklikdan xulosaviy konkretlikka va birlikka tomon xarakat qiladi, u deduktiv tuzilmaga egadir.

Ilmiy bilimning nazariy asosi ilmiy nazariyani deduktiv tarzda qurish uchun boshlang’ich xisoblangan umumiy bilimlardan tashkil topadi. Nazariyani qurish uchun avvalambor geometriyaning aktsiomalari kabi deduktsiyaning asosi bo’lib xizmat qiluvchi umumiy tushunchalar, ta’limlar va taxminlarni qidirib topish kerak.


Download 28.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling