5-mavzu. Adabiy ta’limda o’quvchilarni tanqidiy va ijodiy fikrlashga o`rgatish Reja


Download 81.6 Kb.
bet1/23
Sana13.11.2021
Hajmi81.6 Kb.
#445797
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-mavzu. ADABIY TA’LIMDA O’QUVCHILARNI TANQIDIY VA IJODIY FIKRLASHGA ORGATISH
Bog'liq
mikrobiologiyaa, Подарок за активность от администрации олх во вложении нажмите, mehnat salohiyatidan samarali fojdalanish va uni takomillashtirish jollari, mehnat salohiyatidan samarali fojdalanish va uni takomillashtirish jollari, chidamlilikni tarbiyalash mtodikasi, chidamlilikni tarbiyalash mtodikasi, mehnat salohiyatidan samarali fojdalanish va uni takomillashtirish jollari, jismoniy tarbiyaning mexnat va harbiy amaliet bilan bogliqligi printsipi, 101, 101, ATN, Холмирзаева, Холмирзаева, Alisher Navoiy, Тарас Бульба

5-mavzu. Adabiy ta’limda o’quvchilarni tanqidiy va ijodiy fikrlashga o`rgatish

Reja:



  1. Adabiyot o‘qitish metodikasi haqida nazariy ma’lumotlar.

  2. Metodika, texnologiya, usul va vositalar bilan ishlash.

  3. Kreativ fikrlashga o‘rgatish.

4. Dars mashg‘ulotlarini tanqidiy fikrlaydigan metodlar orqali tashkil etish.

6. “Badiiy tahlil” tushunchasining mohiyati, mazmun-mundarijasi

ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI HAQIDA NAZARIY MA’LUMOTLAR

«Adabiyot o‘qitish metodikasi» pedagogik fanlar tizimiga mansub o‘laroq, ilmning alohida turi bo‘lish uchun qo‘yiladigan uch talabning barchasiga javob bera oladi. Birinchidan, adabiyot o‘qitish metodikasi o‘rganadigan soha ilmdagi boshqa biror o‘quv fani tomonidan o‘rganilmaydi. Ikkinchidan, mazkur fan ishlaydigan soha, ya’ni adabiyot darslarida badiiy asarlar o‘qitilishining opti­mal va samarali yo‘llarini tadqiq etish, adabiy ta’limning nazariy asoslarini ishlab chiqish ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, adabiyot o‘qitish metodikasi fani o‘ziga xos ilmiy-tadqiqot usullariga ega.



Adabiyot o‘qitish metodikasi badiiy adabiyot o‘qitilish jarayoniga bog‘liq qonuniyatlami o‘rganadi. Unda adabiyotshunoslik bi­lan pedagogikaning ayrim xususiyatlari uyg‘unlashadi. Ya’ni ada­biyotshunoslik alohida fan sifatida adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy jarayon muammolari bilan shug‘ullansa, pedagogika bola tarbiyasi qonuniyatlari bilan mashg‘ulligi ma’lum. Ammo bu ikkala fan ham uzluksiz ta’lim jarayonida adabiyotdan nimani va qanday o‘qitilishi kerakligi masalasini hal qilib bera olmaydi. Shu ma’noda adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan sifatida filologik ta’lim uchun zarur hisoblanib, uning o‘z obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud. Bizgacha yaratilgan soha darsliklariga tayangan holda «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining obyektini uzluksiz ta’lim tizimidagi adabi­yot darslari, deya ko‘rsatish mumkin.


Download 81.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling