5-Mavzu: Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv Reja


Download 23.11 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi23.11 Kb.
#1099258
Bog'liq
5-mavzu


5-Mavzu: Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv
Reja:

  1. Ikki yoqlama yozuvning kelib chiqish tarixi.

  2. Ikki yoqlama yozuvning mohiyati.

  3. Buxgalteriya provodkasi to‘g‘risida tushuncha.

  4. Xo‘jalik jarayonlarini ikki yoqlama yozuv usullari bilan aks ettirish tartibi.




  1. Ikki yoqlama yozuvning kelib chiqish tarixi.

Ikki yoqlama yozuv buxgalteriya hisobining asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ikki yoqlama yozuv tizimi birinchi marotaba 1494 yilda paydo bo‘lgan. Uning asoschisi Italyan rohibi Luka Pacholi hisoblanadi. Ikki yoqlama yozuv ikki tomonlamalilik xususiyatiga ega bo‘lib, barcha iqtisodiy hodisalar bir-birini to‘ldiradigan ikki jihatga: ko‘paytirish yoki kamaytirish, paydo bo‘lish va yo‘qolish jihatlariga ega. Buning natijasida korxonada amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik muomalalari kamida ikkita hisobvaraqda: bir hisobvaraqning debeti va boshqa hisobvaraq krediti bo‘yicha ro‘yxatga olinishi kerak, toki debet bo‘yicha umumiy summa kredit bo‘yicha umumiy summani muvozanatlashtirsin va tizimda har doim balans ushlab turilsin.



  1. Ikki yoqlama yozuvning mohiyati.

Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozish deb, xo‘jalik muomalalari natijasida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni hisobvaraqlar orqali o‘zaro aloqador holda aks ettirish usuliga aytiladi.


Demak, barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida ikki yoqlama yozuv usuli bilan: bir hisobvaraq debetida va ayni vaqtda boshqa hisobvaraq kreditida teng summada aks ettiriladi. Ikki yoqlama yozuv tizimi nazorat ahamiyatiga ega, chunki hisobot davri uchun barcha hisobvaraqlar debeti bo‘yicha oborotlar summasi kredit bo‘yicha barcha hisobvaraqlar oborotlari summasiga teng. Har qanday xo‘jalik muomalasini ikki yoqlama yozuv bilan aks ettirish buxgalteriya balansi umumiy summasining tengligini saqlaydi.
Korxona xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashligidan qat’iy nazar, unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki xil yoki undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularining tashkil topish manbalari ishtirok etadi. Shuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schetlarida aks ettirishda 2 yoki undan ortiq schetlardan foydalaniladi.
Quyidagi misollar orqali ikki yoqlama yozuv va uni amaliyotda qo‘lanilishini tushuntirib beramiz:

  1. Misol. Mehnat haqi berish uchun hisoblashish schetidan kassaga pul olinadi. 70.000 so‘m Jarayonni taxlil qilib o‘rgansak, korxonaning bankdagi hisob-kitob schetidagi mablag‘i kamayib, korxonaning kassasida esa naqd pul ko‘paydi. Sxema ko‘rinishida jarayonni schetlarda aks ettirish qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi

D+ Kassa K- D+ Hisoblashish scheti K-

70,0 70,0


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ikki yoqlama yozuv-bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarni schetlar tizimi orqali ifodalanishidir.


Ikki yoqlama yozuv usulini ahamiyati shundaki, uni yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi.
Korxona xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashligidan qat’iy nazar, unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki xil yoki undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularining tashkil topish manbalari ishtirok etadi. Shuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schetlarida aks ettirishda 2 yoki undan ortiq schetlardan foydalaniladi.
Ikki yoqlama yozuv usulini ahamiyati shundaki, uni yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Ikki yoqlama yozuv buxgalteriya hisobining asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozish deb, xo‘jalik muomalalari natijasida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni hisobvaraqlar orqali o‘zaro aloqador holda aks ettirish usuliga aytiladi.
Demak, barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida ikki yoqlama yozuv usuli bilan: bir hisobvaraq debetida va ayni vaqtda boshqa hisobvaraq kreditida teng summada aks ettiriladi. Ikki yoqlama yozuv tizimi nazorat ahamiyatiga ega, chunki hisobot davri uchun barcha hisobvaraqlar debeti bo‘yicha oborotlar summasi kredit bo‘yicha barcha hisobvaraqlar oborotlari summasiga teng.
Har qanday xo‘jalik muomalasini ikki yoqlama yozuv bilan aks ettirish buxgalteriya balansi umumiy summasining tengligini saqlaydi.
Ikki yoqlama yozuv orqali hisobvaraqlar o‘rtasidagi o‘zaro baholanishni belgilash hisobvaraqlar korrespondensiyasi deyiladi.
Misol. Korxona xodimlariga mart oyi uchun 50000 so‘m ish haqi kassadan to‘landi.
Bu yerda 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» hamda 6710-«Ishchi va xizmatchilarga ish haqi yuzasidan qarzlar» hisobvaraqlari o‘zaro baholanishni, ya’ni hisobvaraqlar korrespondensiyasini hosil qilmoqda.
Debetlanuvchi va kreditlanuvchi hisobvaraq hamda muomala summasining ko‘rsatilishi buxgalteriya provodkasi deb ataladi. Buxgalteriya provodkasini tuzish o‘tkazilgan xo‘jalik muomalalari natijasida qanday hisobvaraqlar debetlanganligi, qaysilari kreditlanganligi va qancha summaga rasmiylashtirilganini ko‘rsatishni ifodalaydi. Buxgalteriya provodkalari birlamchi hujjatlar asosida tuziladi.


Nazorat savolllari:

  1. Ikki yoqlama yozuv qachon va kim tomonidan asos solingan?

  2. Ikki yoqlama yozuv deb nimaga aytiladi?

  3. Ikki yoqlama yozuv orqali hisobvaraqlar o‘rtasidagi o‘zaro baholanish nima deb ataladi?

  4. Buxgalteriya provodkasi deb nimaga aytiladi?

Download 23.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling