5-mavzu. Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari


Download 28.79 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi28.79 Kb.
#203796
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-MARUZA ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI


5-mavzu. ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI

5.1. Elektron jadvallar va oddiy grafiklar yasash.

5.2. Oddiy elektron jadval yaratish va undan foydalanish.

5.3. Ma'lumotlarni diagramma ko‘rinishida taqdim etish.

5.4. MS Excel elektron jadvalida kataklarga formulalar kiritish.

5.5. Matn kiritish va tahrir qilish.



Tayanch iboralar: Excel Workbook, Bar grafigi, Diagramma turlari, Office, Chart Wizard.
ANNOTATSIYA

Elektron jadvallar dunyoda keng tarqalgan amaliy dasturiy ta’minot hisoblanadi. Ular har yerda kichik biznesdan tortib to katta manafakturali ishlab chiqarishgacha bo`lgan joylarda ishlatiladi. Ular xo`jalik hisobotini yuritishda, inventerizatsiya, yo`lov varaqalarini boshqarishda, sotuv va bozorni tahlilqilishda ishlatiladi.bu dasturlar hujjatlarni yozish kabi maishiy ma’lumotlarni boshqarish uchun ham ishlatiladi. Elektron jadvallarda ishlashni o`rganish programmalash tilini o`rganishdan ancha ososn. Foydalanuvchi o`rtacha programmalash ko`nikmasi bilan ham ular bilan ishlay oladi. Microsoft Excel eng ommabop electron jadvallar to`plamidir1.

Microsoft Excel elektron jadvalida foydalanuvchi yangi hujjatni o‘zi mustaqil ravishda hosil qilishi yoki vaqtni tejash maqsadida tayyor hujjat shablonidan foydalanishi mumkin.

Tayyor hujjat shablonidan foydalanish uchun Fayl - Sozdat buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. Hosil bo‘lgan muloqot oynadan Na moyem kompyutere… qatori faollashtiriladi va kerakli hujjat shabloni tanlanib, OK tugmasi bosiladi.

Yangi bo‘sh ish kitobini hosil qilgandan so‘ng Microsoft Excel ish oynasida ustun va satrlardan iborat jadval ko‘rinishidagi bo‘sh ish varog‘i hosil

bo‘ladi. Ish oynasining yuqori qismida ish oyna sarlavha qismi joylashgan bo‘lib, unda hosil qilinayotgan hujjat va ish oyna nomi joylashgan.

Microsoft Excel ishga tushirilganda hujjatga Kniga1 nomi beriladi. Ish kitobi bir nechta ish varog‘idan tashkil topgan bo‘lib, boshlang‘ich holatda uchta (List1, List2, List3) ish varog‘i tavsiya etiladi. Foydalanuvchi ixtiyori bilan ish varoqlari soni oshirilishi va nomlanishi mumkin.

Sarlavha qatorining pastki qismida Microsoft Excel menyu qatori joylashgan bo‘lib, bu qator bir nechta bo‘limdan iborat (Fayl, Pravka, …). Menyu qatori faollashtirilishi uchun ixtiyoriy bo‘lim ko‘rsatkich yordamida tanlanadi va sichqoncha chap tugmasi bir marta bosiladi yoki klaviaturadagi F10 tugmasi bosiladi.

Menyu qatorining pastki qismida asboblar paneli joylashgan bo‘lib, bir qancha tugmachalardan tashkil topgan. Bu tugmachalarning har biriga ma'lum funksional vazifalar biriktirilgan bo‘lib, foydalanuvchi ish jarayonida bu tugmachalardan samarali foydalanishi mumkin.

Elektron jadvaldagi har bir satr va ustunlar o‘z nomlanishiga ega. Har bir katak esa o‘z adresiga ega (masalan, С3: bunda С - ustun va 3 - satr kesishishidan hosil bo‘lgan katak qaraladi, A6, …). Microsoft Excel elektron jadvalidagi kataklarning nomlanishi turli xil murakkab hisob-kitob ishlarini avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Ixtiyoriy katakda boshqa bir katak adresiga turli xil murojatlarni amalga oshirish natijasida ikkinchi katak qiymati birinchi katak qiymatiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Katak adresiga turli xil murojatlarni amalga oshirish keyingi bo‘limlarda batafsil ko‘rib chiqilgan.




Download 28.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling