5-mavzu. Elektron tijoratning b2B-(business to business) sektori reja


Download 65.32 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi65.32 Kb.

5-MAVZU. ELEKTRON TIJORATNING B2B-(BUSINESS TO BUSINESS) SEKTORI

REJA:

  1. Elektron tijorat B2B – (Business to business) sektori haqida tushuncha.

  2. Elektron tijorat B2B – (Business to business) jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli.

  3. O‘zbekistonda elektron tijoratni B2B sektorini rivojlantirish yo’llari. Internet orqali xaridlarni tashkil etish.

Bilib olasiz:
Elektron tijorat B2B – (Business to business) sektori haqida tushuncha. B2Bda elektron tijorat sektorlari: B2Byuridik shaxs, tashkilot; B2C – yuridik va jismoniy shaxs; B2G – yuridik shaxs va davlat tashkiloti. Elektron tijorat jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli turlari.


Nazariy qism.

Business-to-Business (B2B) modeli kompaniyalar o’rtasida tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida amaliy ishlarni tashkil qilishga yo’naltirilgan bo’limni o’zida aks ettiradi. Elektron savdoning bu bo’limi korporativ mijozlar o’rtasida xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun yordamchi mahsulotlar savdosi bilan birgalikda savdodagi sheriklarning zaruriy integratsiyasini ta’minlovchi ma’lumotlarni yig’ish va uzatishning maxsus tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan ham shug’ullanadilar.

Biznes-biznes ko’rinishidagi modellarda etkazib beruvchilarning hisob va to’lovlari buyurtmalar uchun tarmoqni qo’llovchi ikki firma (yoki kompaniya) biznes jarayoni to’liq avtomatlashtirilgan o’zaro aloqalar sxemasida amalga oshiriladi. Shlyuzlar yordamida biznes jarayonlarining Internet tizimi (tashqi muhit) bilan avtomatik aloqasi ta’minlanadi.

Biznes-biznes modelining ajralib turvchi belgilari quyidagilardan iborat:



  1. Internetning biznes tizimidan avtomatik ravishda ajralib chiqishini ta’minlovchi shlyuzning mavjudligi;

  2. Biznes jarayonida va firma (kopaniya)ning ish jarayonida kirish/chiqish ma’lumotlarining to’g’ridan-to’g’ri integratsiyasi;

  3. Berilayotgan ma’lumotlarning yagona standarti - EDI (Electronic Data InterExchange) dan foydalanish;

  4. Firmalar elektron biznes tizimidagi ishtirokchilarning teng huquqlilik xarakterga ega ekanligi (distrib’yutor-diler, ishlab chiqaruvchi – etkazib beruvchi kabi ierarxiyaning yo’qligi).

B2C biznes-modelining yaratilish xususiyatlari

B2C andozasidan korxona o‘z mahsulot va xizmatlarini bevosita yakuniy iste’molchiga sotayotganida foydalaniladi. Konseptual nuqtai nazardan bu andoza oldingiga nisbatan aniqroq va keng omma uchun tushunarliroq, shuning uchun ham hozirda u ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p tarqalgan. Bu andoza doirasida ishlaydigan yirik korxonalarga misol bo‘lib, Amazon.com hisoblanishi mumkin, u dunyo bo‘yicha 30 mln.dan ortiq mijozga ega bo‘lgan, kitoblarni ulgurji sotuvi bilan shug‘ullanuvchi amerika firmasi. O‘z faoliyatini kengaytirish jarayonida Amazon.com dunyoning istalgan mamlakatidagi iste’molchilarga mahsulot yetkazib berishni ta’minlaydigan sotuv tarmog‘ining yangi andozasini yaratdi.



B2B va B2S orasida prinsipial farq mavjud. Buni quyidagi jadvalda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Kriteriyalar

B2B

B2C

Xaridlar o‘rtacha summasi

$50 000 - $75 000

$50 - $100

Xarid narxlari va usullari

- Kelishilgan

- Uzoq muddatli shartnomalar

- Auksionlar

- Kataloglar bo‘yicha



- Asosan kataloglar bo‘yicha

- Belgilangan

- Bir qismi auksionlar


To‘lov

- Kredit kartalari

- Bank o‘tkazmalari (elektron o‘tkazmalar)



- Kredit kartalar

Qaror qabul qiluvchi shaxs

Tashkilotdagi mas’ul struktura

Individual qaror, ba’zida oila a’zolari ishtirokida


1-topshiriq. Elektron biznesning turlarini sanab bering.


2-topshiriq.Rasmda keltirilgan elektron biznes modelini tushintirib bering.

Berilayotgan ma’lumotlarning yagona standarti - EDI (ELECTRONIC DATA INTEREXCHANGE) dan foydalaniladi




EDI

INTERNET



3-topshiriq. Elektron tijoratning turlarini sanab bering

4-topshiriq.Rasmda keltirilgan elektron biznes modelini tushintirib bering.


EDI

INTERNET





5-topshiriq. Elektron biznesning turlarini sanab bering


6-topshiriq. Elektron tijorat bozorining setkorlarini tushintirib bering






  1. Bo’lim – bu davlat tomonidan amalga oshirildan shart sharoitlar. Bularga Government(Davlat)-Administration(Ma’muriyat organlari) nazarda tutiladi.

  2. Bo’lim – bu yuridik shaxslar nazarda tutilasi. Bularga Business(Biznes-korxona yoki firmalar)- Investors(Investorlar yoki sarmoya kiritadigan yuridik shaxlar) nazarda tutiladi.

  3. Bo’lim – bu jismoniya shaxslar. Bularga (Customet, Citizen – xoridorlar) nazarda tutiladi. Bu bo’lim elektron tijoratni eng ko’p tarkalgan turi bo’lib, birinchi ish olib borayotgan bo’limlardan biri hisoblanadi.


Nazorat savollari:

1.Elektron tijorat modellari haqida tushuncha.

2.Elektron tijorat tamoyillarini xususiyati va yaratilishi.

3.Elektron tijoratr sektorlaridagi modellarni ishlash jarayonlari.

4.B2B (Business to business). C2C (Consumer-to-consumer). G2C (Doverment to consumer). C2B (Consumer-to-business).

5. Elektron tijorat jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli: tijorat-tijoratga; tijorat-xoridorga; tijorat-davlatga; xoridor-tijoratga; xoridor-xoridorga; xoridor-davlatga; davlat-tijoratga; davlat-xoridorga; davlat-davlatga.

6.Elektron tijorat jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli turlari. B2B (Electronis Data Interchange-EDI, E-MARKETING, “E-TRADE”, E-CASH, ELECTRONIC FUNDS TRANSFER- EFT dasturining ishlash texnologiyasi.

7.Taskilotlarda va tadbirkorlikda elektron tijoratni B2B sektoridan foydalanishda samaradorlik omillari.



8.O‘zbekistonda elektron tijoratni B2B sektorini rivojlantirish munosabatlari.
Download 65.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling