5-mavzu: falsafaning qonun va kategoriyalari 2- topshiriq


Download 18.9 Kb.
Sana13.07.2020
Hajmi18.9 Kb.
#123686
Bog'liq
Falsafa 5.12-topshiriq


Chdpi

1-bosqich 19-7guruh talabasi

Axmedjanova Diloromning

“Falsafa” fanidan

Bajargan 1.2-topshirig’i

5-MAVZU: FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI

  1. 2- TOPSHIRIQ


1. O’zgаrish, rivojlаnish, tаrаqqiyot, hаrаkаt, yangilаnish, bog’lаnish tushunchаlаri ustidа fikr yuriting.

2. Nаrsа-hodisаlаrdа yuz berаdigаn o’zgаrishlаrning sаbаbi nimаdа?

3. O’zgаrish jаrаyonlаrini qаndаy sezish mumkin?

4. Qonun nimа?

5. Qonunlаrni o’rgаnishning аmаliy аhаmiyatigа oid misollаr keltirа olаsizmi?

Tasodiflar asli tasodif emas, inson Olamning bir parchasidir. Bizni ichki olamimiz va tashqi olamimiz chambarchas bog’liq. Tashqi olam bizning ichki olamimizning siymosini, insonlar esa bizning ko’zguyimiz . Biz Olamning qonun qoidalariga ishonsak ham, ishonmasak ham qonunlar bizning hayotimizda muhim rol o’ynaydi. Tortishish qonuni bor, ya’ni biz qanday inson bo’lsak o’zimiz singari insonlarni hayotimizga tortaveramiz. So’zlarimiz bilan esa bo’ladigan voqealarni tortamiz, bu so’zlardan kelib chiqadiki hayotimizdagi har oniga o’zimiz sababchi bo’lamiz, hayotimizni go’zal qilmoqchimizmi, demak biz birinchi o’zimizdan ya’ni ichki olamimizdan boshlashimiz kerak, biz dunyoga nima bersak xuddi shu narsani olamiz.

1) Har  qanday  o’zgarish  harakatdir,  lekin  har  qanday  harakat  o’zgarish  emas. 
Masalan, oddiy mexanik harakat narsa, xodisalarning fazodagi o’rin almashishidir. 
O’zgarishning  sababi  o’z  o’zgarishlari  emas.  O’zgarish  borliqdagi  narsa  – 
xodisalarning  o’zgarishi  o’zaro  aloqadorligi  va  ularning  o’zaro  ta’sirida  kechadi. 
O’zaro  aloqadorlik  olam  mavjudligining  eng  muxim  qonuniyati  va  bu  qonuniyat 
narsa,  xodisalarning  universal o’zaro ta’siri orqali amal  qiladi. O’zaro aloqadorlik 
bunday  o’zaro  ta’sirning  barcha  narsa,  xodisalarning  ichki  strukturaviy  birligi, 
ya’ni  muayyan  sistema  (tizim)  sifatida  mavjudligi  va  ularning  o’zaro 
munasobatlarini ifodalaydi. 
2) Har  qanday  o’zgarishlar  o’zaro  aloqadorliklar  asosida  yuz  beradi.  O’zaro 
aloqadorlik-borliq,  olam  mavjudligining  eng  umumiy  qonuniyati  bo’lib,  bu 
qonuniyat  barcha  narsa,  xodisalarning  universal  o’zaro  ta’sirining  natijasi  va  yuz 
berishidan  iborat.  U  har  bir  yaxlit  tizimdagi  barcha  narsalar  va  xodisalarning 
universal  o’zaro  ta’sirining  barcha  elementlar  va  hodisalarning  ichki  strukturaviy 
birligini,  shuningdek,  o’sha  tizimning  qurshab  turgan  boshqa  tizimlar  yoki 
xodisalar  bilan  benixoya  xilma-xil  aloqa  va  munosabatlarini  ifodaoaydi.  Narsa, 
xodisalarning,universal o’zaro aloqadorligi  mikro  va  makro  miqyosdagi obyektlar 
tarzida  mavjudligining sababidir. Masalan, atomning  mavjudligi  uning tarkibidagi 
yadro,  elementar  zarrachalarning  o’zaro  aloqadorligi,  ta’siri  bilan  shartlangandir. 
Yoki  bizning  Quyosh  sistemamiz  uning  tarkibiga  kiruvchi  planetalarning  o’zaro 
aloqadorligi  ,  o’zaro  ta’siri  natijasidir  o’laroq  mavjuddir. 

3) O’garish jarayonlarini inson tezda anglamaydi, sababi o’zgarishni kutadi, insonlarning katta kamchiliglaridan biri bu hamma narsani shartli ravishda qilish va intizorlik bilan kutish. Inson qachon o’zgarishni sezadi qachonki u qabul qilib voqelikni qo’yib yuborsa, ana shunda inson o’zgarishlarni kutilmagan tarzda seza va his qilishni boshlaydi.



4) Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muxim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog`lanishlari, o`zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo`lishidir. Endi qonunning belgilariga to`xtalamiz

5) Bunda oddiy misollarga murojaat qilamiz: yoz oylarida barcha odamlar issiq kiyimlar (etik, palto, qulkop va x. k.) sotib olishadi, utin yoki kumir Kamlab qo`yishadi va x. k. Nima uchun? Chunki ular tabiatning bitta qonunini, ya’ni fasllarning o`zgarishi, yozdan keyin ko`z, undan keyin kish kelishini juda yaxshi bilishadi. Yoki yana bir, junrok bo`lsa-da, misol: sizga birov uyning 5-kavatidan tashlasang, falon pul beraman desa, rozi bo`lmaysiz. Nima uchun? Chunki siz I. Nyuton kashf qilgan «Butun olam tortishish qonuni»ni yaxshi bilasiz. Balki bilmassiz ham, xavoning o`z jismingizdan zichligi kamligiga e’tibor qilmassiz ham, deylik. Ammo siz bu holda omon qolishingiz kiyinligini, mayib bo`lishingizni yaqqol tasavvur qilasiz. Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriylik, ya’ni ob’ektiv tarzda amalga oshish, o`z-o`zidan namoyon bo`lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish va unga amal qilishdan iborat faoliyatni anglatadi.

Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan holos qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonunlarni kancha yaxshi bilsangiz, o`zingizning faoliyatingizni shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin bo`lasiz. Bu holda siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, qonunga xilof kadamlar kuymaysiz.
Download 18.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling